SO’Z YASOVCHI QO’SHIMCHALAR
Yetakchi morfemaga qo’shilib, yangi lug’aviy ma’noni ifodalovchi va yangi atash ma’noli so’zni hosil qiluvchi qo’shimchalarga so’z yasovchi qo’shimchalardir. Yetakchi morfemaga qo’shilib ,grammatik ma’noni ifodalovchi qo’shimchalar shakl yasovchi qo’shimchalardir.
So’z yasovchi qo’shimchalar so’z yasalishida yasovchi qism vazifasini o’taydi. O’zbek tilida ot, sifat ,fe’l ,ravish so’z turkumlarining so’z yasovchi qo’shimchalari mavjud. M : O’zbekiston -o’zbek xalqi yashaydigan mamlakat. Tilshunos -til fani bilan shug’ullanuvchi shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |