Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019



Download 1,7 Mb.
bet15/23
Sana03.01.2022
Hajmi1,7 Mb.
#313533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
kimyo-2019

Elektroliz
1. 100 g 35,1 % li natriy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda inert elektrodlarda 4,48 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo‘lgan eritmada aluminiy eritilganda necha litr (n.sh.) gaz ajraladi?

A) 4,48 B) 13,44 C) 6,72 D) 20,16


2. 100 g 45 % li natriy yodid eritmasining ma’lum qismi elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmaga yetarli miqdorda kumush nitrat eritmasi quyilganda umumiy massasi 58,6 g cho‘kma ajraldi. Elektroliz uchun sarflangan faradey miqdorini aniqlang.

A) 0,05 B) 0,1 C) 0,2 D) 0,15


3. 100 g 45 % li natriy yodid eritmasi elektroliz qilinganda katodda 1,12 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo‘lgan eritmaga yetarli miqdorda kumush nitrat eritmasi quyilganda necha gramm cho‘kma(lar) ajraladi?

A) 58,6 B) 53,6 C) 46,7 D) 68


4. 100 g 35,1 % li natriy xlorid eritmasi to‘liq elektroliz qilindi. Anodda ajralgan gaz kaliy gidroksidning qaynoq eritmasiga yuttirildi. Bunda hosil bo‘lgan tuzlarning massasini (g) aniqlang.

A) 44,7 B) 99 C) 73,5 D) 49,5


5. 200 g 11,7 % li natriy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda 15,68 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Elektroliz jarayoni uchun sarflangan faraday miqdorini aniqlang.

A) 1 B) 0,7 C) 0,6 D) 0,8


6. 100 g 23,4 % li natriy xlorid eritmasi elektroliz qilindi. Anodda ajralgan gaz 100 g 30 % li natriy yodid eritmasiga yuttirilganda qanday massadagi (g) cho‘kma ajraladi?

A) 12,7 B) 63,5 C) 38,1 D) 25,4


7. 200 g 5% li natriy gidroksid eritmasi elektroliz qilinishi natijasida molyal konsentratsiyasi 2,5 mol/kg bo‘lgan eritma hosil bo’ldi. Elektroliz jarayoni uchun sarflangan faradey miqdorini aniqlang.

A) 2,5 B) 7,5 C) 5 D) 10


8. 200 g 5 % li natriy gidroksid eritmasi 10 F tok bilan elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmaning molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisoblang.

A) 2,5 B) 5 C) 0,25 D) 0,5


9. 200 g 14 % li ishqor eritmasi 8 F tok bilan elektroliz qilinishi natijasida molyal konsentratsiyasi 7 mol/kg bo‘lgan eritma hosil bo‘ldi. Ishqor formulasini aniqlang.

A) LiOH B) RbOH C) NaOH D) KOH


10. 392 g 20%li xrom (III) –sulfat eritmasi elektroliz qilinganda hosil bo‘lgan eritma massasi 373,2 g ni tashkil etdi va inert elektrodlarda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektroliz jarayonida hosil bo‘lgan kislota massasini (g) hisoblang.

A) 58,8 B) 39,2 C) 44,1 D) 29,4


11. Mis (II) –nitrat eritmasi misdan yasalgan, massalari 40 g dan bo‘lgan elektrodlar yordamida ma’lum vaqt elektroliz qilindi. Katod ajratib olinib, konsentrlangan sulfat kislotada eritildi. Ushbu eritmaga natriy gidroksid eritmasi quyilganda 78,4 g cho‘kma ajraldi. Elektroliz uchun necha faradey tok sarflanganligini aniqlang.

A) 0,5 B) 0,35 C) 1,6 D) 0,25


12. Har biri 10 g bo‘lgan mis elektrodlar mis (II) –xloridi eritmasiga tushirildi va o‘zgarmas tok o‘tkazildi. Bir necha vaqtdan so‘ng katod olindi va nitrat kislotada eritildi, keyin unga natriy ishqori qo‘shildi. Shunda 19,6 g massali cho‘kma ajraldi. Elektrolizdan so‘ng anodning massasini (g) aniqlang.

A) 8,4 B) 7,2 C) 12,8 D) 8


13. Mis (II) –sulfat eritmasi bir xil massali mis elektrodlar bilan elektroliz qilindi. Agar katod va anodning massalari farqi 76,8 g ga teng bo‘lsa, sarflangan faraday miqdorini toping.

A) 1,5 B) 2,4 C) 3 D) 1,2


14. 2 mol natriy bromid va 3 mol natriy yodid saqlagan eritmalar ketma–ket ulangan elektrolizyorlarga solinib, ular orqali o‘zgarmas tok o‘tkazilganda ikkinchi eritmadan 381 g yod ajraldi. Birinchi elektrolizyordagi katod va anodda hosil bo‘lgan moddalar massalari yig‘indisini (g) hisoblang.

A) 180 B) 171 C) 166,5 D) 162


15. 250 g 19,5%li simob (II) –nitrat eritmasi elektroliz qilinganda, eritma massasi 50,55 g ga kamaydi. Elektroliz jarayonida ishtirok etgan suv massasini (g) hisoblang.

A) 11,7 B) 12,6 C) 20,7 D) 19,8


16. 250 g mis (II) –sulfat eritmasi 0,5 F tok bilan elektroliz qilindi. Natijada anodda ajralgan moddalar massasi katodda ajralgan moddalar massasidan 1,675 marta kam bo‘lsa, necha foizli

eritma elektroliz jarayoniga uchragan?

A) 6,4 B) 9,6 C) 12,8 D) 16
17. Mis (II) –sulfat eritmasi tuz tugaguncha elektroliz qilinganda eritma massasi 2/29 qismga kamaydi. Daslabki eritma konsentratsiyasini (mol/kg) aniqlang.

A) 1,5 B) 2 С) 1 D) 2,5


18. NaCl ning 30% li suvli eritmasi tuz tugaguncha elektroliz qilinib, anodda ajralgan gaz kaliy bromid eritmasiga yuttirildi. Hosil bo‘lgan eritmani to‘liq rangsizlantirish uchun 12,8 g sulfit angidrid sarflansa, dastlabki natriy xlorid eritmasining massasini (g) hisoblang.

A) 78 B) 156 C) 117 D) 58,5


19. CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda 22,4 litr (n.sh.) vodorod va 16,8 litr (n.sh.) kislorod ajraldi. Hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasi 2 mol/kg bo‘lsa, dastlabki CuSO4 eritmasining massasini (g) aniqlang.

A) 357 B) 250 C) 339 D) 290


20. 400 ml (p = 1,2 g/ml) 0,75 M li Na2SO4 eritmasiga 147 ml suv qo‘shildi va 7,5 A tok kuchi bilan elektroliz qilinganda 7,l % li eritma hosil bo‘ldi. Eritma necha sekund davomida elektroliz qilingan?

A) 19300 B) 38600 C) 48250 D) 96500


21. KCl eritmasi elektroliz qilindi va hosil bo‘lgan eritmaga 0,75 mol/l li 400 ml sulfat kislota qo‘shilganda 1:1 nisbatda kaliy gidrosulfat va kaliy sulfat hosil bo‘ldi. Elektroliz uchun 7,5 A tok ishlatilgan bo‘lsa, sarflangan vaqtni (s) hisoblang.

A) 2895 B) 5790 C) 3860 D) 4825


22. 100 g 32 % li mis (II) –sulfat eritmasi massalari 15 g dan bo‘lgan elektrodlar (grafit) ishtirokida 2 F tok bilan elektroliz qilindi. Anodda ajralgan gazning 50% i elektrodni oksidlashga sarflandi. Anod ajratib olinib konsentrlangan nitrat kislota eritmasida eritilganda necha molitr (n.sh) gazlar ajraladi?

A) 5 B) 2 C) 3 D) 4


23. Cu2+ va Xn+ ionlari saqlagan suyuqlanmalar solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 57,6 g mis va ikkinchi idish katodida 33,6 g X ajralgan bo‘lsa, n–ning qiymatini aniqlang.

A) 3 В) 1 C) 2 D) 4


24. FeSO4 eritmasi inert elektrodlar bilan elektroliz qilinganda katod massasi 14 grammga ortib, eritma massasi 27 grammga kamaygan bo‘lsa, eritmadan necha farad (F) tok o‘tgan?

A) 2 B) 1,5 С) 1 D) 0,5


25. 200 g mis (II) –sulfat eritmasi 0,8 F tok bilan elektroliz qilinganda (DH2 = 8,5 ) bo‘lgan gazlar aralashmasi olindi. Dastlabki eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.

A) 8 B) 24 C) 32 D) 16


26. 1,5 M li mis (II) –nitrat eritmasi mo‘l miqdorda tok bilan elektroliz qilinganda 4 M li eritma hosil bo‘ldi. Agar dastlabki eritma massasi 40 g ga kamaygan bo‘lsa, elektrolizdan so‘ng qancha (g) eritma qolganligini aniqlang. (jarayonda eritma zichligi o‘zgarmagan deb hisoblang)

A) 80 B) 160 C) 40 D) 120


27. XBr2 va YBr3 suyuqlanmalari solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 3,6 mol X va ikkinchi idish katodida 134,4 g Y hosil bo‘ldi. Y elementning nisbiy atom massasini aniqlang.

A) 70 B) 84 C) 27 D) 56


28. XCl2 va YCl3 suyuqlanmalari solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 2,7 mol X va ikkinchi idish katodida 100,8 g Y hosil bo‘ldi. Y elementning nisbiy atom massasini aniqlang.

A) 70 B) 27 C) 56 D) 84


29. Mis (II) –xlorid va oltin (III) –xlorid eritmalari solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 38,4 g mis ajralgan bo‘lsa, ikkinchi idish katodida necha gramm oltin ajralgan?

A) 177,3 B) 78,8 C) 59,1 D) 118,2


30. Mis (II) –xlorid va temir (III) –xlorid suyuqlanmalari solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 19,2 g mis ajralgan bo‘lsa, ikkinchi idish katodida necha gramm temir ajralgan?

A) 5,6 B) 11,2 C) 22,4 D) 16,8


31. Cu2+ va Xn+ ionlari saqlagan eritmalar solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 38,4 g mis va ikkinchi idish katodida 129,6 g X ajralgan bo‘lsa, n ning qiymatini aniqlang.

A) 3 В) 1 C) 2 D) 4


32. Fe3+ va Xn+ ionlari saqlagan suyuqlanmalar solingan idishlar ketma – ket tok manbaiga ulangan. Birinchi idish katodida 16,8 g temir va ikkinchi idish katodida 50,4 g X ajralgan bo‘lsa, n ning qiymatini aniqlang.

A) 1 B) 3 C) 2 D) 4


33. Mis (II) –xlorid va temir (III) –xlorid eritmalari solingan idishlar ketma–ket tok manbaiga ulangan. Anodlarda jami 1,8 mol xlor ajralib chiqqan bo‘lsa, birinchi idish katodida necha gramm mis ajralgan?

A) 14,4 B) 57,6 C) 28,8 D) 38,4


34. 300 ml 1 M li CuSO4 eritmasi grafit elektrodlar yordamida Сu2+ ionlari to‘liq chiqib ketgunga qadar elektroliz qilindi. Ajratib olingan katodni to‘liq eritish uchun 235,2 g sulfat kislota tutgan (konsentrlangan) eritma sarf bo‘ldi. Bunda 67,2 litr (n.sh) gaz ajralgan bo‘lsa, dastlabki katod massasi necha gramm bo‘lgan?

A) 9,6 B) 12 C) 8,4 D) 10,8


35. 400 g 16% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda anodda (inert elektrod) 17,92 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektroliz uchun sarflangan tok miqdorini (F) aniqlang.

A) 3,2 B) 3 C) 1,6 D) 1,5


36. Tarkibida mis (II) –nitrat va kumush nitrat bo‘lgan 400 ml eritma orqali 3860 Q elektr zaryadi o‘tkazildi. Katodda har ikki metaldan hammasi bo‘lib 2,8 g ajralib chiqdi. Boshlang‘ich eritmadagi mis (II) –nitratning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.

A) 0,01 B) 0,05 C) 0,02 D) 0,025


37. 500 ml 0,1 molyarli Cu(NO3) 2 va 400 ml 0,2 molyarli AgNO3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada 7,52 g tuz qolgan bo‘lsa, sarflangan vaqtni (s) hisoblang.

A) 1930 B) 3860 C) 965 D) 2895


38. 480 g x% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda tarkibida 20 % sulfat ionini saqlovchi eritma hosil bo‘ldi. Agar hosil bo‘lgan eritmada SO42– va Cu2+ ionlari soni nisbati 3:1 bo‘lsa, eritmadan necha faradey tok o‘tganini aniqlang.

A) 1,6 B) 1,2 C) 0,6 D) 0,8


39. 588 g 15% li xrom (III) –sulfat eritmasi elektroliz qilinganda inert elektrodlarda 10,08 litr (n.sh.) gaz ajraldi va 569,2 g eritma olindi. Elektrolizdan so‘ng eritmada necha gramm tuz mavjud?

A) 39,2 B) 24,5 C) 19,6 D) 49




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish