O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori bo‘lishi ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. CHunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlikni, uquvsizlikni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi (masalan, «xalaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). YA’ni, nimaiki bo‘lmasin aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real, samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun ibratli hisoblangan insonlar guruhi — referent guruhning roli katta bo‘ladi. CHunki, biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahat- lari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. SHuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga mu- vofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
SHunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat norma- lariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyat- larga bog‘liq bo‘ladi. Demak, o‘z-o‘zini baholash o‘z-o‘zini tarbi- yalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa quyidagilar kiradi:
o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya obyekti sifati- da idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);
o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);
o‘z-o‘ziga ta’sir (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul normalarni shakllantirish);
ichki intizom — o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda tuzatib borish.
SHaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. SHuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialog- ning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
SHaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
SHaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati, mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. SHaxsning shakl- lanishi jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. SHaxsning shakllanishi ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:
SHaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakllanishiga psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan) va nimalar bo‘lishi mumkin- ligini aniqlashdan iboratdir. Psixologiya ma’lum jamoadagi konk- ret insonlarda shaxsiy fazilatlar shakllanganligining boshlang‘ich darajasini, ma’lum ta’sirlarning natijasini, nimalar shakllandi-yu, nimalar vazifa bo‘lib qolganini, qaysi o‘zgarish bola shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir etdi yoki samarasiz bo‘lganini, qanday qiyinchiliklarga duch keldi-yu, qanday yutuqlar bo‘lgani va boshqalarni aniqlaydi.
SHaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatida shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyiha- lash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jamiyat ta- lablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish va qanday qilib shakllantirish kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Pe- dagogika tarbiya jarayonida nima shakllantirilgan bo‘lishi kerak- ligini aniqlaydi va o‘z usul va vositalarini tavsiya qiladi. SHaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik yondashuvini aralash- tirib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat dasturlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bolajon» davlat dasturida belgilan- gan vazifalar o‘qituvchi-murabbiylar e’tiborini bolalarda mavjud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ikki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi.
Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odamlar orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom etadigan bu muno- sabatlarning hammasi shaxsning xulq-atvoriga ta’sir etadi. YOsh- lik chog‘idanoq atrofidagi odamlarning fazilatlarini (mehnatse- varlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi) o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.
Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga tash- qi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisasi nazarda tu- tiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkutta shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shaharchasi yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib qoladi. Odam bolalari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni olib keladi. Ularning ikki- si ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yetti-sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi. U bolalarning biriga Amala, ik- kinchisiga Kamala deb nom beradi. Bu nodir hodisada shu nar- sa juda xarakterliki, bolalar yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufayli tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l-atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la tasdiqlaydi.
Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tar- biya jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasala- ri ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga, unda shax- siy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay qolmay- di. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravishda uzluksiz beri- ladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ru- hida tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jamiyat manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi lozim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malakasi, qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar inson shaxsining tarkib topishiga yordamchi manba sifatida ta’sir etadi. Ular imkoniyatlar tarzida beriladi. Bu layoqatlar qulay sharoitdagina ro‘yobga chiqishi mumkin. Bunday nasliy imkoni- yatlarning amalga oshishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albat- ta ma’lum sharoit kerak. Agar tegishli qulay sharoit bo‘lmasa, imkoniyat tarzidagi nasliy xususiyatlar sekin-asta so‘nib, oqibat natij ada yo‘q bo‘lib ketadi.
Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi. (1-3 yosh)
Do'stlaringiz bilan baham: |