[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini so‘zsiz bajarish bo‘yicha Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil tashkil etish,
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning qonun loyihalariga doir ishi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar talablariga muvofiq bo‘lgan qonunlar loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “2011-yilda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi to‘g‘risida” 2011-yil 10-martdagi 68-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga mo‘ljallanayotgan qonunlar loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi;
b) qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarida va takliflarida nazarda tutilgan qonunlar loyihalari kiritiladi;
v) davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari bo‘yicha qonunlar loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish mufassal konsepsiyalar va ularni qabul qilishni asoslovchi zarur tahliliy materiallar asosida amalga oshiriladi;
g) qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasinlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda amaldagi qonun hujjatlariga faqat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan cheklanib qolmay, mustaqil va yaxlit qonunlar loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratsinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilayotgan takliflarning sifati, asoslanganligi va o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonunlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va
kiritishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishi amalda muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoring o‘rnatsin, qonunlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga zarur yordam ko‘rsatsin;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari loyihalari o‘z vaqtida kiritilmasligi sabablari va shartlari, ularning past sifati ko‘rsatilgan, shuningdek qonunlar loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari mudirlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli kotibiyatlarga biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun asosli takliflar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan qonun loyihasi ishlari dasturlariga muvofiq qonunlar loyihalarini ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
(5-banding uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
qonun hujjatlari loyihalari konsepsiyasi va tushuntirish xatlariga, tuzilmasiga va mazmuniga, ularga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi vakillarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun hujjatlari loyihalarini muhokama etishda ishtirok etish tartibiga qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflar tayyorlashni tashkil etish, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazsin. Keyinchalik bunday seminarlarni tizimli asosda o‘tkazsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-avgust,
227-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risida
Nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanayotgan qonun loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga quyidagilarda:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va topshiriqlarida;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va topshiriqlarida;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarida va takliflarida nazarda tutilgan qonunlar loyihalari kiritiladi.
4. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida normativ-huquqiy hujjatlarning kompleksliligini va o‘zaro bir-birini to‘ldirishini
hisobga olgan holda, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalardagi demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlar loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
(3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha hujjatlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha takliflarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va ularni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z faoliyatini ular bilan muvofiqlashtiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
II. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini tayyorlash va qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining loyihalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda manfaatdor tashkilotlar deb ataladi) takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining loyihalarida quyidagilar nazarda tutiladi:
qonun loyihasining ishchi nomi;
qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar;
qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar;
qonun loyihasi muhokamasini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar (zaruriyat bo‘lganda);
qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi apparatining qonun loyihasi ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining loyihalarida boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni (keyingi o‘rinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlashda, faqat amaldagi qonunlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bilangina cheklanib qolmay, mustaqil va yaxlit qonunlar loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
8. Kelgusi yil uchun takliflar manfaatdor tashkilotlar tomonidan, ularning birinchi rahbarlari (istisno holatlarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan joriy yilning 1-oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
9. Takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha jadval tarzida taqdim etiladi, jadvalga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qonun loyihasi qabul qilish zaruriyati asoslari va kutiladigan natijalar nazarda tutilgan qonun loyihasining konsepsiyasi;
qonun loyihasiga tushuntirish xati — agar qonun loyihasi matni tayyorlangan bo‘lsa;
qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki qo‘shimchalar kiritilishi, qonun loyihasi qabul qilinganligi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilishi lozim bo‘lgan qonun va qonun osti hujjatlarining ro‘yxati — agar qonun loyihasi matni tayyorlangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro hujjatlarni va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy axborot;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonun loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasini o‘tkazishning taxmin qilinayotgan sanasi to‘g‘risidagi axborot (zaruriyat bo‘lganda).
(7 — 9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Manfaatdor tashkilotlar rahbarlari takliflarning sifati, asoslanganligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlarning takliflarini tizimli, puxta va tanqidiy ko‘rib chiqadi, ishlab chiqish taklif etilayotgan qonunlar loyihalarining ustuvorligini, asoslanganligini va dolzarbligini, shuningdek ularning qonunchilik normalariga muvofiqligini o‘rganadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Takliflarni o‘rganish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
takliflar ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ularni manfaatdor tashkilotlarga qaytarish;
qonun loyihalari bo‘yicha qo‘shimcha tahliliy materiallarni so‘rab olish, shuningdek qonun loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihalariga kiritish uchun chuqur va har tomonlama tahlil qilish va yetarlicha asosni ishlab chiqish uchun manfaatdor tashkilotlarning xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tashkil etish huquqiga ega.
Manfaatdor tashkilotlarning takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi navbatdagi yil uchun qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini shakllantiradi.
12. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasida, qoidaga ko‘ra, qonunlar loyihalari quyidagi guruhlar bo‘yicha joylashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida nazarda tutilgan qonunlar loyihalari;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olingan holda manfaatdor tashkilotlarning tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqilgan qonunlar loyihalari.
(11 va 12-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12
1. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor va boshqa tashkilotlar bilan oldindan kelishiladi.
12
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oldindan kelishuv natijalarini hisobga olgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini qayta ishlab chiqadi va uni muhokama qilishni tashkil etadi.
12
3. Muhokama qilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining (majburiy tartibda), shuningdek manfaatdor va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashadilar.
Muhokama qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari ham qatnashishi mumkin.
12
4. Muhokama yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, zaruriyat bo‘lganda, qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini qayta ishlab chiqadi hamda uni kelishish (viza qo‘yish) uchun manfaatdor va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda yuboradi.
(12
1 — 12
4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini tayyorlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishining qonunchilik asoslarini, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha kengash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tuzilgan qonunlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha komissiyalar
va ishchi guruhlar, ta’lim va ilmiy muassasalar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
14. Kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalariga oid ishlar dasturi sifatli tayyorlanishi va o‘z vaqtida kiritilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishi va axborot berilishi uchun javob beradi.
(14
1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan kelishiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan kelishilgandan keyin qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun kiritiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
16. Qabul qilingan qonun loyihalariga doir ishlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16
1. Qonun loyihasining asosiy ijrochisi bo‘lgan manfaatdor va boshqa tashkilotlar navbatdagi yil uchun qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida qonun loyihasini ishlab chiqish reja-jadvalini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
(16
1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasini ishlab chiqish reja-jadvali manfaatdor va boshqa tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(16
1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasini ishlab chiqish reja-jadvalining nusxasi u tasdiqlangan paytdan ikki kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi, unga quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlar ilova qilinadi:
(16
1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha asosiy ijrochi bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaning nomi;
qonun loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar, ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari.
(16
1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
17. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek ushbu Nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining takliflariga ko‘ra amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflari uning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki manfaatdor tashkilotlarning ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha kiritiladi.
III. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini tayyorlash va ijro etish jarayoni monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va kiritishda manfaatdor tashkilotlar ishining amalda muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
manfaatdor tashkilotlar ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashni tashkil etish, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari bo‘yicha tizimli asosda seminarlar o‘tkazadi;
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoringni amalga oshiradi, qonun loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda manfaatdor tashkilotlarga zarur yordam beradi;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihalari o‘z vaqtida kiritilmasligini sabablari va shartlari, ularning past sifati ko‘rsatilgan, shuningdek qonun loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Manfaatdor tashkilotlarning rahbarlari tayyorlanadigan qonun loyihalarining sifati, asoslanganligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qonun loyihasi tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan manfaatdor tashkilot:
qonun hujjati loyihasi ishlab
chiqilishini tashkil etadi, hamijrochilar ishini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etadi;
qonun loyihasi bilan tartibga solinadigan predmet va uni qo‘llash amaliyoti doirasida qonunchilikni o‘rganadi;
muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘shliqlar va nomuvofiqliklarni, shuningdek ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini belgilaydi;
qonun loyihasini qabul qilish natijasida qonunchilikning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan sabablar va shartlarni o‘rganadi;
yetakchi xorijiy mamlakatlarda tegishli huquqiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasini o‘rganadi;
tayyorlangan qonun hujjati loyihasining belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining tegishli bandlari bajarilishi, shuningdek qonun hujjatlari kuchga kirgunga qadar ular loyihalarining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilib, o‘z ichiga manfaatdor tashkilotlar tomonidan qonun loyihalarining sifati va ularni ishlab chiqishning belgilangan muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek ularning amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha talablarga, xalqaro normalar va standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini baholashni oladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har oyda qonun loyihasi ishlari dasturlari bajarilishining borishini ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihalarini ishlab chiqishda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan muddatlardan orqada qolingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bu haqda manfaatdor tashkilotlarni yozma shaklda xabardor qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish uchun qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar masalalari bo‘yicha manfaatdor tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish va yozma tushuntirish berishni talab qilish, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha ular faoliyati monitoringini olib borish huquqiga ega.
So‘raladigan ma’lumotlar va yozma tushuntirishlar manfaatdor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 10 kun muddatda yetkaziladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish muddatlari buzilgan yoki ular sifatsiz tayyorlangan hollarda adliya vaziri bu haqdagi masalani manfaatdor tashkilotlar rahbarlarini tegishli javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumiga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har yilning yakunlari bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarning qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalarini umumlashtiradi va baholaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalariga oid ishlar dasturlari ijrosining monitoringini olib boradi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning qonun loyihalariga oid ishlar dasturini o‘z vaqtida va sifatli ijro etishlariga doir ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.
(26
1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining majlislarida, shuningdek prezidiumlarida manfaatdor tashkilotlar rahbarlarining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritilgan qonun loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish to‘g‘risidagi hisobotlari tizimli asosda eshitilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 484-modda)
IV. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
20__ yilda qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasiga
TAKLIFLAR