Davlat talablari ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar


Savolim quydagicha tashkilotda ta’lim sifatini oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak



Download 84,45 Kb.
bet4/11
Sana26.06.2023
Hajmi84,45 Kb.
#953415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TARBIYACHI HUJJATLARI

Savolim quydagicha tashkilotda ta’lim sifatini oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak
1.ota-onalarning pedagogdan qoniqishi.
2. o‘z tashkilotingizda metodik yordamni kuchaytirish.
3. Tuman shahar, viloyat miqyosidagi tadbirlarni tashkilotda tez-tez o‘tishi.
4. Pedagoglar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish va ilg‘orlarni doimiy rag‘batlantirib borish.
5. Pedagoglar standartidan kelib chiqib so‘rovnomalarni o‘tkazish va bilimlarini mustahkamlab borish
6. Xodimlar o‘rtasida musobaqalar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlarni ko‘paytirish.
7. Har bir kichik yutuq uchun ham pedagogga motivatsiya berish.
8. vaqtida malaka oshirish kurslariga yuborish.
9. Pedagoglardagi bo‘shliqlar asosida mahorat maktablari tashkil etish orqali metodik yordam ko‘rsatish.
10. ma’naviy ongini oshirishga qaratilgan kitobxonlik kechalarini, chiroyli nutq kechalarini o‘tkazish.
11. Xalq og‘zaki ijodini pedagoglar orasida targ‘ib qilish.
Bolalarni o’yinga chorlang, [25.06.22 10:54]
Hamkorlikdagi ishlar rejasini bajarish yuzasidan tavsiyalar
Hamkorlik ish rejangizni ko‘rdim. Har bitta bandi bo‘yicha nima qilishingizga tavsiyalar beraman.
1. Mahalla oqsoqoli oldiga chiqasiz siz tuzgan reja loyihasi bilan tanishtirasiz, ularning takliflarini olasiz va rejangizga kiritasiz. Reja MFY ga va sizning rahbariyatingizga ma’qul kelsa har ikkala tomon rejani imzolaydilar, muhr qo‘yadilar.
2.MFY ning xududini mahalladan aniq bilasiz, ko‘chalarni nomini, ko‘p qavatli uylar bo‘lsa ularni sonini xaritasini tuzasiz. MTT tashkiloti xodimlari bilan ushbu xaritani o‘rganasiz. Har bitta ko‘chaga tashkilot xodimlaridan vakil biriktirasiz. Vakillarni qo‘liga MFY xududida qamrab olinmagan bolalarni aniqlash bo‘yicha xatlov o‘tkazayotganliklari yuzasidan MTTning ichki buyrug‘idan ko‘chirma berib , ularning vaqtlarini inobatga olgan holda xatlovni boshlaysiz. Xatlov sizga kelasi yillarda ham asqotishi uchun 0yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni barchasini ro‘yhatga kiritasiz. Ro‘yhatda qamrab olinmagan bolalarga alohida e’tibor berasiz. Ya’ni tug‘ilgan yili, manzili, ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritasiz. Mana shu xatlov orqali MTTda tashkil etiladigan qisqa muddatli guruxlarni tashkil etsangiz bo‘ladi. Albatta tashkil etish uchun tuman MTBsining buyrug‘i bo‘lishi kerak.
3.Har bir mahallada kam ta’minlangan, kasalmand farzandlari bor bo‘lgan oilalar mavjud. Ularga ma’naviy yordam ko‘rsatish yo‘llari : MTT rahbariyati, Kuzatuv kengashi va MFY faollari bilan hamkorlikda MTT dagi tadbirlarga taklif etish; maktabga tayyorlov gurux bolalari bilan borib oiladagi farzandlar bilan turli o‘yinlarni tashkil etish; qo‘l ishlaridan bo‘lgan sovg‘alarni taqdim etish; Kutilmagan mehmonlarni taklif etish ushbu oilaga; homiylar izlash va ularni shu oiladagi bolajonlarni MTT qamrab olish choralarini ko‘rish va boshqa imkoniyatlarni ishga solish lozim.
4.MTT da tashkil etilgan Kuzatuv kengashi a’zolaridan 1 nafari mahalla faollaridan biri bo‘lishi lozim. Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida albatta MFYning raisini taklif etish orqali mahalladagi MTT da olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon hamda tashkilotning moddiy -texnika bazasini boyitishga qaratilgan masalalarni ko‘tarish. Kam ta’minlangan oilalarni , kasalmand bolalarni ijtimoiy himoyalash masalalarini ko‘tarish, xashar uyushtirish va boshqa sizning faoliyatingizga foydasi tegadigan mavzularni olib chiqishingiz mumkin.
5.MTT da tashkil etiladigan bayram ertaliklariga har doim ota-onalarni taklif etamiz. Sizga maslahatim ota-onalar bayramga kelib tomoshabin bo‘lmasinlar , balki shu bayramlarda kostyumer, pardozchi, ertak qaxramoni, turli o‘yinlarni tashkillashtiruvchi sifatida va boshqa vazifalarda hamkorlik qilsinlar. MFY faollarini bayramga taklif etish esa xodimlar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni ko‘rsatishdan, bolalarni erkinligi, ularni bilim darajalarini namoyish etishdan iborat bo‘ladi. O‘z o‘rnida MFY faollari MTT ning faoliyatini mahallada reklama qiluvchilardir.
6.Bugungi kunda MFY idoralari yangi qurilib imkoniyatlari ancha kengaygan. Mahalladagi 3-7 yoshli bolalar o‘rtasida turli mavzularda (Navro‘z, Vatan himoyachilari, bolalar kuni, mustaqillik,)bolalarni ijodlarini namoyish etishdan iborat. Mahalla qamrab olinmagan bolalar ijodidan namunalar ko‘rsatsa, MTT o‘z iqtidorli tarbiyalanuvchilari bilan qatnashadi. Bolalar ijodi doskalarga, devorlarga, oynalarga yopishtiriladi . Unga tuman mutasadilaridan taklif etiladi. Eng iqtidorli bolalar MTT kuzatuv kengashi va MFY fondidan rag‘batlantiriladi.
7. 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan albatta MTT da tayyorgarlik ko‘riladi. Katta va maktabga tayyorlov gurux bolalari bilan mahallla xududida yashaydigan kariyalarning uylariga konsert nomerlari bilan tashrif buyurish, chizgan rasm, yasagan applikatsiya ishlaridan sovg‘alar tashkil etish mumkin. Rasmlarga olinadi . Siz boradigan xonadondagi inson qaysi ishlari bilan xurmatga savzovor bo‘lgan. Nima uchun ularni xalq qadrlashini bolalarga hikoya qili berish joizdir.


Download 84,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish