Hurmatli pedagoglar!
Pedagoglarning o‘zaro hamkorlik ishlari maktabgacha ta’lim tashkilotining qaysi faoliyatlarda ko‘riladi? Qachon pedagoglarimiz hamkorlikda ishlaydi? Nazdimizda mana shu hamkorlik bir oz chetda qolgandek.
Bunga javoban shunday deyishimiz mumkin. Siz kun bo‘yi bola bilan birgasiz. Boladagi yaxshi va yomon tomonga o‘zgarishlar sizga ko‘proq ko‘rinadi. Agar har bir bolani o‘z farzandimizdek ko‘rsak, ulardagi nuqsonlarga befarq bo‘lmaymiz. Nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlasak, unga yordam bersak kelajak uchun sog‘lom fikrlaydigan, sog‘lom bolalarni tarbiyalab beramiz .
Izoh: Hamkorlik ish rejasiga har oyda ta’lim jarayonini tashkil etishda guruh tarbiyalanuvchilarining aniqlangan bo‘shliqlari asosida qo‘shimcha rejalar kiritish mumkin.
Assalomu alaykum. Pedagoglar bilan hamkorlik rejasini yuritishda haqiqatdan ham pedagoglar qiynalishmoqda. Ushbu reja kim uchun va nima uchun kerak degan savolga javob beraman. MTT larda tarbiyachilardan tashqari , defektolog, musiqa rahbari, xoreograf , psixolog, til o‘qituvchisi va jismoniy tarbiya yo‘riqchilar ham faoliyat yuritadilar. Lekin ularning ish soatlari turlicha, tarbiyachiga kabi 9.30-10.30 soat ishlamaydilar. Ularga shtatga ko‘ra kam soat berilgan. Ular aynan mana shu soatlarida o‘zlariga belgilangan bolalar bilan mavzularini o‘tadilaru, uylariga qaytadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qolgan ta’limiy jarayonlar ko‘p xollarda ularni qiziqtirmaydi. To‘g‘ri kimlardadir soatlari ko‘p bo‘lsa ular soat 15, 16 gacha ishlashlari mumkin. Bunday xolatlar aksariyat bog‘chalarda bo‘lmaydi. Keling to‘g‘risini aytaylik, kunning ikkinchi yarmida psixologlar xodimlar, ota-onalar bilan to‘lakonli ishlayaptilarmi, musiqa rahbarlari kunning ikkinchi yarmida yakka tartibdagi ishlarni amalga oshirayaptilarmi, defektologlarimiz kun ikkinchi yarmida bo‘lishmaydi. chunki ularning ish soati 4 soat, soat 13 da ularning ish vaqtlari tugaydi. Demak tashkilotlarimizda tarbiyachilar va pedagoglar o‘rtasida hamkorlik qilish uchun vaqt yetarli emas. Shu sababli ular bilan reja asosida ishlash yo‘lga qo‘yildi. Sizni qiziqtirgan savollarni mutaxassis pedagoglarga berasiz, ular sizga javob beradilar, tavsiyalar, maslaxatlar, amaliy jarayonlar ko‘rsatishga harakat qiladilar.
Endi qarang, sizning rejangiz bolalarning holatidan, uning ta’lim -tarbiyaviy jarayonlardagi kamchiliklaridan kelib chiqadi. Masalan gurux yoshi 4 yosh. Bu bolalar bilan defektolog deyarli ishlamaydi, chunki katta va maktabga tayyorlov guruxlaridagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar soni me’yordan oshiq. Ular defektolog xizmatiga muxtoj bo‘lgan , xademay maktabga ketadigan bolalar bilan ishlashadi. Sizning guruxingizdagi bolaga defektologning yordami kerak. Aynan mana shunday paytda tarbiyachi defektologga murojaat qiladi va defektolog, tarbiyachiga bola nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishning eng sodda yo‘llarini ko‘rsatadi. Mana bu defektolog va tarbiyachining o‘rtasidagi hamkorlik bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa shu yoshdagi guruxda bola she’ni ayta olmaydi, o‘z nutqidan uyaladi. Ona esa bolasini bayram ertaligida she’r aytishini xoxlaydi. Bu xolatda defektolog aynan shu bola bilan birgalikda bayram ertaligida she’r aytishi ,psixolog esa onasini mana shu she’rni birgalikda aytishga rag‘batlantirishi lozim. Gurux tarbiyalanuvchisining oilasida janjal bo‘lishi oqibatida bolada stres holati vujudga kligan bo‘lishi mumkin. Psixolog bolani shu stesdan olib chiqish yo‘llarini tarbiyachi bilan birgalikda xal qiladi va bola bilan ishlanadi. Ushbu reja yillik qilib tuzib olinishi menimcha shart emas, Bu reja tarbiyachining va boshqa pedagoglarning saloxiyatidan kelib chiqadi va yil davomida bolalar, ota-onalar va o‘zlariga muammo bo‘lgan masalalarni yechishga qaratilishi lozim.
Rejada musiqa raxbari bilan bayram ertaligiga tayyorgarlik ko‘rish, defektologning mashgulotida o‘tirish kabilar yillik rejadagi vazifalar bo‘lib, ular uchun alohida vaqt belgilangan. pedagoglar bilan hamkorlik rejasiga qo‘shmaysiz.
SEMINAR
Seminarlar 2 xil bo‘ladi. Nazariy seminarlar, amaliy seminarlar.
Seminar - o‘zi nima? Seminar lotincha so‘z bo‘lib - uni bilimlar maydoni deyish mumkin. Seminar bilim olish, bor bilimini mustahkamlash, yangiliklardan bohabar bo‘lish, o‘zidagi bor bilimlarini o‘zgalar bilan baham ko‘rish demakdir.
Seminarlarga mavzular qaerdan olinadi? Mavzular me’yoriy xujjatlarni o‘rganishdan kelib chiqishi mumkin, maktabgacha ta’lim tashkilotida oqsayotgan yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin., yangi loyixalar asosida bo‘lishi mumkin, Tajriba -sinov maydonchasidagi faoliyatlar asosida bo‘lishi mumkin.
Seminarlar pedagoglarning ijodiy qobiliyatlarini, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stiradi. Seminar biron mavzuni chuqur o‘zlashtirishga qartilgan bo‘ladi. Masalan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin mavzusi oqsaydi. Tarbiyachilaringiz ish faoliyatida o‘yindan deyarli foydalanmaydi. Demak seminar mavzusi sifatida olishingiz mumkin. Eng avvalo o‘yin faoliyatidan foydalanmaslikning omilini qidiring. Omillar nima bo‘lishi mumkin? ular - tarbiyachilarda o‘yin haqida to‘liq tushunchaning yo‘qligi, gurux xonasida o‘yindan foydalanish uchun sharoitning yo‘qligi, o‘yinlarni qo‘yish uchun shkaflar muammosi, o‘yin sotib olish uchun mablag‘ning yo‘qligi va xakazolar.
Mana shu muammolarni xal etish yo‘llarini seminar jarayonida axtaramiz va nazariy bilimlar beramiz. Ya’ni o‘yinning o‘zi nima ekanligi, uning turlari, maqsad va mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati , o‘yinlar tayyorlangan materiallari haqida ma’lumot berish lozim.
Aqliy xujujmlar orqali o‘yin turlarini bilib olish, maqsad va mohiyatini guruxlarda ishlash orqali aniqlashtirish, qisqa muddat ichida o‘yin yaratish oqali ularni o‘yinga oshno qilish kerak. Nazariy seminarda olganlarini 1 oy ichida chuqur o‘zlashtirish uchun tavsiyalar berish.
Va keyingi amaliy seminarga qurra tashlash yo‘li bilan tayyorlanadigan o‘yinlarni tanlash jarayoninitashkil etish. Qurrada ta’limiy o‘yinlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, kam harakatli o‘yinlar, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar, syujetli rolli o‘yinlarni kirgazing
Amaliy seminar kunini belgilang va pedagoglar tomonidan tayyorlangan o‘yinlar taqdimotini o‘tkazing. Har bir pedagog o‘zi tayyorlagan o‘yinlarning maqsadi, borishini tushuntirib bersin , kerak bo‘lsa o‘ynab bersin. Taqdimotlar jarayonida tarbiyachilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinning qadrini biladilar va ularda o‘yinlar yaratishga qiziqish payo bo‘ladi
Qiziqishlarni tanlovlarga aylantiring. Har 3 oyda bitta o‘yin tanlovini o‘tkazing, endigi gal ota-onalarga keladi. Ularni ham qiziqtiring va o‘yinlar tanlovini o‘tkazing. Kuzatuv kengashi bilan sovg‘alar tayyorlang. Qarabsizki yil davomida ota-onalar, pedagoglar tomonidan o‘yinlar majmuasi ko‘payadi, Mavzuli nazorat oling unda guruxlardagi o‘yin burchaklari hamda markazlarni o‘yinlar bilan boyitilganini va ulardan foydalanish ahvolini o‘rganing, o‘rganish natijalarini pedagogik kengashga muxokamaga olib chiqing. Kengash qarori bilan kimlarnidir jazolash , kimlarnidir mukofotlash kerakligini aniqlang va bajaring.
Shunday qilib o‘quv yili davomida O‘yin mavzusida nazariy seminar berdingiz, amaliy seminar tashkil etdingiz, pedagoglar tomonidan o‘yinlar yaratdingiz, markazlarda o‘yinlar ko‘paydi, bolalar o‘yinlarni o‘ynashni boshlashdi, ota-onalarda o‘yinlar haqidagi tushunchalar kengaydi, ta’lim jarayoniga olib kirildi ota-onalar, mavzuli nazorat orqali markazlardagi faoliyatlar yaxshilandi, pedagogik kengashga mavzu bo‘ldi, kimlardir rag‘batlantirildi, kimlar jazolandi. O‘yin jarayoning keyingi yillarda ham shunday nazorat qilib borasiz. Ilg‘or ish tajribalar aniqlansa o‘rganasiz.
Kaskad usulida o‘tkaziladigan seminarlar quyidagicha bo‘ladi:
1. Mavzu masalan: "Rivojlanish markazlarining faoliyatini tashkil etish". Shu mavzuda Maktabgacha ta’lim vazirligi har bir viloyatdan 2-3 nafar amaliyotchi tajribali mutaxassislarni yig‘ib ularga seminar o‘tib beradi. Demak vazirlik seminar o‘tishni viloyatlarga topshiradi. 2.bosqich: Viloyat boshqarmasi har bir tumandan 2-4 nafar mutaxassisni yig‘adi va Respublikada o‘rganib kelgan trenerlar tumandan kelgan mutaxassislarni o‘rgatadi.Yuqoridagi mavzuni ularga yetkazadi.
3-bosqich: Tumandan viloyatga borib o‘rganib kelgan trenerlar o‘z tumanlaridagi barcha MTT lardan 1-2 nafar mutaxassislaridan tashkil topgan jamoaga seminar o‘tkazib beradilar va viloyat seminarida olgan bilimlarini yetkazadilar.
4-bosqich: MTT vakillariga olgan bilimlarini o‘z maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglariga xuddi yuqoridagilar kabi seminar o‘tkazadilar va olgan bilimlarini yetkazadilar.
Mana shunday usul kaskad usulidagi seminar deyu ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |