Davlat talablari ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar



Download 84,45 Kb.
bet1/11
Sana26.06.2023
Hajmi84,45 Kb.
#953415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TARBIYACHI HUJJATLARI


05.01
Davlat talablari - ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar. Davlat talablari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, malaka oshirish institutlarida,maktabdan tashqari ta’limda qo‘llaniladi
Davlat ta’lim standarti -ta’lim olayotganlar va bitiruvchilarni tayyorlashning mazmun-mohiyati, ko‘lami va darajasiga nisbatan davlat tomonidan qo‘yiladigan talablarning majburiy darajasi, shuningdek o‘quv yuklamalrining zaruriy xajmi. Standart maktablarda, o‘rta ta’lim kasb hunar kollejlarida, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limlarda qo‘llaniladi.
Ularning o‘rtasidagi farq ta’limning majburiy ekanligida. Maktab, o‘rta maxsus,kasb xunar ta’limi, oliy ta’limda o‘qayotganlar ma’lum standartni egalashi lozim. MTT da esa majburiy ta’lim yo‘q. Ota-ona xoxlasa bogchaga beradi, xoxlamasa uyda olib o‘tiradi. Demak Respublikada barcha bolalar bogchaga qamrab olinmaganligi uchun standart qo‘yib bo‘lmaydi. Xuddi shunday malaka oshirish, qayta tayyorlash va maktabdan tashqari ta’limda ham majburiylik yo‘q.

05.02
https://www.youtube.com/watch?v=IQAOuMnyWGQ



1.Uzr ish rejangizga javob yozmagan kanman. Xozir ko‘rib qoldim. Rejaning ertalabki qabul qismiga davomat, filtr. mehnat turlari, faoliyat turlaridan nimalarni amalga oshirasiz, shularni yozing. Masalan o‘z-o‘ziga xizmat,yoki tabiat burchagida mehnat, kitob burchagiga taklif etish, chorraxa burchagida ishlash, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish, qaychi bilan ishlash,
2. Suxbatlar xafta mavzusdan kelib chiqqani ayni muddao. 5 kun davomida xafta mavzusi asosida suxbatlar tashkil etsangiz mavzuni bolalar mustaxkam egallaydi.
3.O‘yinlar. Siz bolalarga kelishlari bilan turli o‘yinlarni tavsiya etasiz, kimlardir "Mexmon -mexmon" s/r. o‘yinni, kimlardir "Rangidan top", "Shaklidan top"kabi ta’limiy o‘yinlarni va boshqa o‘yinlarni o‘ynaydilar. Siz ularga o‘ynashlari uchun ruxsat berasiz. Lekin rejaga tarbiyachilar asosan 1 ta o‘yin rejalashtiradilar. Siz esa xatto o‘yinni nomini ham yozmayapsiz. Bu joyga bugun masalan S/r. "Oshxona", t/o‘ "Uy xayvonlarini ajrat", r/o‘ "Domino" deb yozib qo‘ying.
4. Badan tarbiya bajarish deb yozish shart emas. Sizga rejaga qulaylik tug‘dirish maqsadida va kun davomida qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni yoddan chiqarmasligingiz uchun badan tarbiya deb yozganmiz. Bu yerga siz ertalabki badan tarbiya komplekslarini yozib olgan bo‘lsangiz ularni 1 oyga 2 tadan qilib raqamlab oling. Masalan sentabr oyida 1 va 2 kortotekalar, ya’ni 15 kun predmetsiz, 15 predmet bilan tashkil etiladigan komplekslarni qo‘ying. ( badan tarbiya predmetsiz 2 - korteteka deb yozib qo‘ying, may oyiga kelib kartotekalaringizni soni 18 ga boradi. yoz oylarini qo‘shsangiz 24 ta kartoteka qilib qo‘yishingiz kerak yosh guruxingiz uchun)
5. Markazlardagi faoliyatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar qismiga siz xafta davomidagi markazlarga o‘zgartirish kiritsangiz yozing .Agar siz "Mavzuli rejalashtirish"qo‘llanmasi asosida markazlardagi faoliyatlarni tashkil etgan bo‘lsangiz xech narsa yozmaysiz. Bu qism ochiq qoladi.
6 . Bu jarayon umumiy gurux bilan ishlash bo‘lib, ya’ni frontal mashg‘ulotlar yoziladigan qism. Yoz oylarida xaftaning 2 kunida frontal mashg‘ulotlar o‘tamiz, 3 kunida esa markazlarda ishlaymiz. Seshanba va payshanba kunlaridagi frontal mashg‘ulotlar nutq o‘stirish, matematika, savodga o‘rgatish, jismoniy tarbiya, musiqa, xoreografiya, ikkinchi til . Ushbu mashg‘ulotlardan 3 tasini ya’ni nutq o‘stirish, matematika, savodga o‘rgatish mashg‘ulotlarini siz tarbiyachi sifatida o‘tasiz. Va rejangizga ushbu mashgulotlarni yozasiz. Qolgan mashg‘ulotlarni mutaxassislar o‘tkazishadi. Siz faqat ularni esdan chiqarmaslik uchun ketma-ketlikda yozib qo‘yasiz. Har bir mutaxassis o‘z ish rejasiga javob beradi. Ular uchun siz rejalarni daftaringizga yozib qo‘yishga majbur emassiz
Bolalarni o’yinga chorlang, [29.01.22 13:14]
[Forwarded from Xusniya Ubaevna]
ERTALABKI SAYR(namuna)
YaNVAR. OY MAVZUSI: «BOLALAR BOG‘ChASI»
1 xafta: « Qishgi o‘yin- kulgular»
Maktabga tayyorlov guruxi
( Sayrning davomiyligi 1soat )
Maqsad: bolalar qish va qishki o‘yinlar haqida tushunchaga ega. O‘yinlar orqali bolalar kayfiyati ko‘tariladi.
Vazifalar:

yugurish, chana uchish, qor odam yasash orqali qish faslining o‘ziga xosligi haqidagi tushunchalarini mustaxkamlash;


hayot xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rgatish;
harakatli o‘yin orqali hayvonlarning nomlarini mustaxkamlash;
topishmoqlar orqali xalq og‘zaki ijodini o‘rgatishda davom etish;
she’rlarni yod olish orqali xotirani mustaxkamlash;

1-qism . Kuzatish: ,, Bolalarining qishki o‘yinlarini kuzatamiz”


Tarbiyachi: Bolajonlar bugun biz sizlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotimiz bo‘ylab sayr qilamiz. Sababini bilasizlarmi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Yo‘q bolajonlar topa olmadingiz, bugun sayrimizning maqsadi boshqa gurux bolalarining o‘yinlarini tomosha qilib, ularning quvonchlariga sherik bo‘lishdir. Qani ketdik issiq kiyimlarimizni, qalpoqlarimizni, oyoqlarimizga etiklarimizni kiyib olib sayrni boshlaymiz. Bolajonlar mana bir necha kundan beri maydonchalarimizdagi qor erib ketgani yo‘q. Nima uchun qor tez erib ketmayapti?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: to‘g‘ri havo sovuq bo‘lganligi uchun qor erib ketmayapti. Lekin bizning katta gurux bolalari sovuqdan qo‘rqmay mazza qilib qorbo‘ron o‘ynashmoqda. Qor odam ham yasashmoqda. Bilasizlarmi bu o‘yinlar qish faslining eng sevimli o‘yinlaridan hisoblanadi. Yana qanday qishki o‘yinlarni bilasizlar?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: to‘g‘ri bolajonlar yana qorbola yasash, qorbo‘ron, chanada uchish, qordan turli qasrlar qurish, turli peche’nelar tayyorlash, qorda rasm chizish, qorda iz qoldirish mumkin.
Bu gurux bolajonlari qordan katta qorbola yasashmoqda. Kelinglar biz ham ularga qarashib yuboramiz. Qorbola 3 ta dumaloqdan hosil bo‘ladi, biz bitta dumalog‘ini yasashda yordam beramiz.
Bolalarning ish jarayonlari.
Tarbiyachi: bolajonlar ko‘rdingizmi qorni yopishqoqlik xususiyati bor degandik, shuning uchun kichkina dumaloqcha yumalatgan sari katta qor dumalog‘iga aylandi bir biriga yopishib. Mana qorbolaning ham bitta dumalog‘ini ham yasab berdingiz. Kelinglar do‘stlaringizga “Qor parchalar” she’rini birgalikda aytib beramiz:
Qor parchalar,parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir adirlar, daraxtlar
Oq kiyimga o‘ralar.
Bolalar katta gurux bolalari bilan xayrlashadilar.
Tarbiyachi: barakalla bolajonlarim siz meni uyaltirmay katta gurux bolalariga yordam berdingiz.Ular ham sizning yordamingizdan xursand bo‘lishdi. Bolajonlar bog‘chamizda bolajonlarning sho‘x kulgilarini eshitishingiz, xursandchiliklarini ko‘rishingiz mumkin. Qish fasli barcha bolalarning sevimli fasli bo‘lsa kerak ,chunki ular qorni yaxshi ko‘rishadi, qor esa qish faslida bo‘ladi.
Voy qaranglar bolajonlar, ana yana bir gurux bolajonlari chana uchishmoqda, Ular axillik bilan galma galdan bir birlarini uchirishmoqda. Men sizlarga topishmoqlar aytaman. Topishmoqni javobini topsangiz biz ham sayr so‘ngida chana uchamiz:
Toyim bor kishnamaydi,
Yoz chog‘i ishlamaydi.
(chana)
Yanvar bobo novvot sotdi,
Olgan edim, qo‘lim qotdi.
(muz)
Katta oppoq dasturxon,
Xammayoqni qoplagon.
(qor)
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar topishmoqlarni javoblarini to‘g‘ri topdingiz ,bu topishmoqlarning javobi qishga oid ekan . Mana bolajonlar o‘z gurux maydonchamizga ham kelib oldik.
2-qism. Mehnat.
Tarbiyachi: Bolalar kechagi qor yog‘ganida ba’zi bir daraxtlarning shoxlari egilib sinibdi. Ular nega singanligini bilasizmi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: barakalla qor og‘irlik qilganligi uchun shoxchalar sinib ketgan. Kelinglar shox shabbalarni, yig‘ib olamiz, faqat juda extiyotkorlik bilan. Ularni mana bu katta qopga solamiz. Qani bolalar qopni atrofidan ushlab ochib turinglar( mehnat jarayoni boshlanadi, mayda shoxlar barglar qopga solinadi).Bolalar mayda shoxchalarni olib kelib qopga soladilar.
Bolalarning mehnat jarayoni.
Tarbiyachi: Mana bolajonlar, biz birgalikda axillik bilan mehnat jarayonni boshlagan edik tezda ishimizni yakunlab oldik. Dono xalqimiz

Bolalarni o’yinga chorlang, [29.01.22 13:14]


[Forwarded from Xusniya Ubaevna]
,,Ko‘z qo‘roq, qo‘l botir” degan maqolni bekorga aytishmagan, qo‘llarimiz chaqqon ishlagani, birga harakat qilganligimiz uchun tezda maydonchani yig‘ib oldik.
3-qism. Harakatli o‘yin.
Bolajonlar mana mehnat ham qildik, endi sizlar bilan haraktli o‘yin o‘ynasak ham bo‘ladi. Bugun biz sizlar bilan ,,Ovchilar va hayvonchalar” o‘yinini o‘ynaymiz.
O‘yinnig borishi: bolalar ikki guruxga bo‘linib oladilar. Bitta guruxga ovchilar, ikkinchi guruxga esa hayvonlar. O‘g‘il bolalar ovchilar, qizlar esa hayvonchalar obraziga kirsalar ham bo‘ladi.
Ovchilar hayvonchalarni tutib olishlari kerak bo‘ladi, o‘yinni boshlashdan oldin hayvonchalar uchun uycha chizib olinadi, hayvonchalar o‘sha uychada yashaydilar u yerga ovchilar kira olmaydilar, qachonki hayvonchalar o‘z uychalaridan chiqqanlarida ovchilar tez harakat qilib, ularni tutib olishlari kerak. Shunday qilib hayvonchalar uychadan tashqariga o‘ynagani chiqadilar, ovchilar esa ularni tutib olishga harakat qiladilar. Ovchilar tutib olgan hayvonchalar o‘yindan chiqadilar, oxirgi qolgan hayvoncha esa o‘yin g‘olibiga aylanadi. (Tarbiyachi tomonidan turli hayvonchalarning niqoblari sayrga olib chiqiladi. )
4qism.Ixtiyoriy o‘yinlar: ixtiyoriy o‘yinda bolalar tarbiyachi tomonidan olib chiqilgan anjomlardan foydalanib o‘ynaydilar , ya’ni bunda xoxlagan o‘yinlarini tanlashlari yoki biror o‘yin o‘ylab topib o‘ynashlari mumkin. Va’da qilinganidek bolalarga chanada uchishga ruhsat beriladi. Ehtiyot choralari ko‘riladi.
Asosiy harakat turlarini mustahkamlash deganda - bogchada jismoniy tarbiya mashg‘uloti o‘tilayaptimi?. SIz shu mashg‘ulotda ishtirok etayapsizmi?. Jis. tarbiya yo‘riqchisi bolalarga yurish, yugurish, sakra, irg‘itish, uloqtirish, emaklash, tirmashib chiqish harakatlarini o‘rgatayaptimi? Yuqoridagilar asosiy harakat turlari deb ataladi. Shu harakatlarni turli usullarda bajarishni ham o‘rgatilmoqda. To‘g‘rimi? ya’ni sakrashning quyidagi turlari mavjud- balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, turgan joyidan sakrash, yugurib kelib sakrash, bir oyoqda sakrash, ikki oyoqda sakrash, arqonda sakrash, juft bo‘lib sakrash, predmetni aylanib sakrash, predmetni ustidan sakrash va boshqalar. Ana endi siz tarbiyachi sifatida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi o‘tayotgan mashg‘ulotni diqqat bilan kuzzating, o‘zingiz unga yordam bering va bolalarni nazorat qiling qaysi bolangiz qaysi harakatni bajara olmayapti . Shu bola bilan sayrdagi "ASOSIY HARAKAT TURLARINI MUSTAXKAMLASh" -degan joyiga yozasiz. quyidagicha : Farrux va Kamolalar bilan turgan joyidan uzunlikka sakrash harakati- deb. mustaxkamlash deb yozib o‘tirishingiz shart emas, chunki aynan shu grafaga yozdingiz, ikkinchi bor takrorlash shart emas.
Bolalarni o’yinga chorlang, [10.09.21 14:00]
[Forwarded from Xusniya Ubaevna]
Asosiy harakat turlari 5ta bo‘ladi. Yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish-uloqtirish, emaklash-tirmashib chiqish.
Mana shu asosiy harakat turlari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatiladi. O‘rgatish jarayonida bajarolmagan bolalar bo‘ladi. Aynan shu bolalar bilan sayrdagi asosiy harakat turlarini mustahkamlash qismida ishlaysiz. Sayrda yana shunday qism bor ya’ni IXTIYoRIY o‘yinlar. shu jarayonni bolalarga taklif etasiz, bolalar o‘zlari yoqtirgan o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Sayrga siz koptok, arqon, lentachalar, bayroqlar, xalqalar, keglilar olib chiqsangiz bolalar o‘zlari uchun o‘yinlar tanlab oladilar.Bolalar turli o‘yinlarni o‘ynayotgan vaqtda siz jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakat turlaridan qaysi birinidir bajaraolmayotgan bola bilan ishlashingiz kerak bo‘ladi. Demak sayrning bu qismida bolalarda bajarilmayotgan harakatlarni bajarishga yordam beriladi, o‘rgatiladi. Masalan arqonda sakrash, uzunlika sakrash, balandlikka sakrash, narvonchaga tirmashib chiqish, ilon iz bo‘lib yugurish, yonlamasiga yugurish, tez yurish, katta qadamlar bilan yurish, sakrab yurish, qopda sakrash, to‘siqlar tagidan o‘tish va boshqalar.

Bolalarni o’yinga chorlang, [10.09.21 21:37]


[Forwarded from Xusniya Ubaevna]
O‘zim o‘rgilay sizdan. Balki bir nafar bolangiz arqonda sakrashni bilmas, balki beshtasi bilmas.5nafar bola bilan arqonda sakrashni mashq qilasiz. Bu bilan Siz tomonizdan to‘ldiriladigan rivojlanish xaritasidagi indikatorlarni bajarilishiniyam ta’minlaysiz
5-qism. Aloxida bolalar bilan asosiy harakat turlarini mustaxkamlash.
5-qism 4 qism bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.Bunda tarbiyachi asosiy harakat turlarini bajara olmayotgan bolalar bilan yakka tartibda ish olib boradi.
Yakuniy qism:
Tarbiyachi: Bolalar bugungi sayrimiz sizlarga yoqdi degan umiddaman?
Bolalar javobi:
Mustaxkamlovchi savollar:
- biz bugun kimlarni va nimalarni kuzatdik?
- qanday qishgi o‘yinlarni bilasiz?
- nima uchun daraxtlarning shoxlari qor yog‘ganda egilib ketadi?
- harakatli o‘yin sizlarga yoqdimi, siz qanday hayvonchani ifodaladingiz?
kunning ikkinchi yarmida yakka ishlash degan qism bor- Bu yerga guruxingizdagi bolalarni ro‘yxat bo‘yicha ketma-ket olmaysiz. Hurmatli tarbiyachi guruxingizda 30 nafar bola bo‘lsa shu bolalarning 3 yoki 4 nafari o‘zlashtirishdan orqada qolmoqda. Bugun markazda ishlamagan bola xech narsani bilmaydi bu bilan yakka ishlashim kerak degani emas. Yakka ishlash - bu gurxingizda nutqida qisman kamchiligi bo‘lgan bola bilanishlash, bolalarga qo‘shilaolmaydigan tortinchoq bolalar bilan, to‘polonchi va urushqoq bolalar bilan, davomati past , juda ko‘p mashg‘ulotlarni qoldirgan bolalar bilan, mayda motorikas rivojlanishi past bo‘lgan bolalar bilan , rasm chizish malakasi bo‘lmagan bolalar bilan , mantiqiy fikrlash doiras tor bo‘lgan bolalar bilan bogchaga bormagan sizni guruxingizga yangi kelgan bolalar bilan moslashishi uchun yordam berish maqsadida yakka ishlanadi. Har kuni MTT gk kelayotgan , mashg‘ulotlarda qatnashayotgan, me’yor darajasida bilim olayotgan bolalar bilan ishlash shart emas.
Agar guruxingizda iqtidorli bolalar bo‘lsa ular bilan ham yakka ishlash mumkin.
Kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan asosan talimiy va syujetli-rolli uyinlarni uynash taklif etiladi badiiy adabiyot vaktida bolalarga kun mavzusiga doir sherlarni yod oldirish topishmok tez aytish makollar turli millatlarning ertaklari matallariyu xikoyalarini ukib berishingiz yoki ertaklarni bolalar ijrosida namoish kilishingiz xam mumkin buladi bundan tashkari badiiy adabiyot bilan shugillanayotgan vaktingizda bironbir bayram ertaligi uchun sherlarni xam yod oldirish imkoniga egasiz
Faoliyatlar deganda kitob burchagidagi , tabiat burchagidagi, tasviriy faoliyat, to‘garaklar, turli xil ko‘ngil ochar soatlarni ham tashkil etish mumkin.
05.03

05.04


05.05
Hamkorlik rejangiz hamma mutaxassis bilan ketma ket yozilaveradi. Uni har birini alohida betga yozish shart emas. Bu oyda psixolog, defektolog bilan ishlagan bo‘lsangiz keyingi oyda musiqa rahbari bilan 2-3 ishni qilishingiz mumkin. Faqatgina rejada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ishlarni kiritmang , masalan bayram ertaliklarini o‘tkazish, tadbirlarga tayyorgarlik kabilar. Hamkorlik rejasiga bolalarni rivojlanishidan, o‘zingizni kasbiy mahoratingizni oshirishdan kelib chiqing.

Download 84,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish