rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
14) soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq sir tutilishiga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15) o‘z bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
16) soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq
majburiyatlarining ijro
etilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
17) soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma
dalolatnomasini va
kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda
yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborishi;
(6-modda birinchi qismining 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
18) ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish
hisobiga soliq to‘lovchining arizasisiz mustaqil ravishda hisobga olishi
hamda bu haqda hisobga
olish amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida soliq to‘lovchini yozma shaklda, shu
jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etishi;
(6-modda birinchi qismining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
19) qonunchilikka muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi;
(6-modda birinchi qismining 19-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20) undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga
qaratishi;
21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarini,
yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qo‘yishi, shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalariga
ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovchilari
bo‘lgan subyektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR)
berishi hamda bu raqamni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qilishi;
22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq to‘lovchilar aniqlangan
taqdirda,
ularga belgilangan tartibda hisobga turish to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi;
23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, mazkur soliq to‘lovchiga
taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;
24) soliq to‘lovchining talabi bo‘yicha mazkur soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini
tasdiqlovchi ma’lumotnomani, shu jumladan o‘zgarishlar kiritilgan hisob ma’lumotlari ham
ko‘rsatilgan holdagi ma’lumotnomani berishi;
25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq
to‘lovchining talabiga binoan soliq hisobotining ko‘chirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan
sana to‘g‘risida belgi qo‘yishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari
orqali elektron hujjat
tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq to‘lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi
to‘g‘risida tasdiqnoma yuborishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
26) soliq to‘lovchilarni hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari
to‘g‘risidagi axborotni kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli
Qonuniga
muvofiq 26-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
27) soliq qarzi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo‘yilgan
va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning
merosxo‘ri (merosxo‘rlari) to‘g‘risida axborot olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz
kun ichida
merosxo‘rga (merosxo‘rlarga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi 26-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-
sonli
Qonuniga
muvofiq yigirma yettinchi band bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘ladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: