7-modda. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa
boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar
bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka
rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga
qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar
soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish
yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha
aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik
qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni
bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
nazoratni ta’minlash maqsadida banklar:
(7-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1) xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganliklarini
tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari
ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan
kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
Oldingi
tahrirga qarang.
2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda,
bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan
yopadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi mijozlardan belgilangan muddatda
to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso
topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish
haqidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga doir, shuningdek hayot va sog‘liqqa
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul
mablag‘lari o‘tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda
bajaradilar;
(7-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
4) soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvarag‘idan
mablag‘larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini
budjet daromadiga o‘tkazadilar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi beshinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi
447–II-son
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari
berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati
organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha
operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi
qismining
8-bandida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(7-modda to‘rtinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-242-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 557-modda)
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
Oldingi
tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan
operatsiyalarni tekshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadilar;
(7-modda to‘rtinchi qismi 7-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
8) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra ularga so‘ralayotgan davr
mobaynida soliq to‘lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga
oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag‘larining bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni taqdim etadilar;
Oldingi
tahrirga qarang.
9) davlat soliq xizmati organlarining so‘rovnomasiga ko‘ra eksport-import kontraktlarining
ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonunchilikda belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
(7-modda to‘rtinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank
hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalari o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran
ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan
tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga
uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son
Qonuniga
asosan o‘ninchi band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlariga boshqa axborotni ham
taqdim etadilar.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli
Qonuni
asosida 11-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Banklar soliq to‘lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o‘tkazish
haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank aybi bilan soliq to‘lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni
o‘tkazish haqidagi topshirig‘i bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa
moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o‘tkazilmagan soliqlar summasining
0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
(7-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi
O‘RQ-138-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |