Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi


Davlat soliq xizmati organlarining tashkiliy va huquqiy asoslari



Download 1,47 Mb.
bet3/17
Sana25.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#704739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdunazarov (2)

Davlat soliq xizmati organlarining tashkiliy va huquqiy asoslari

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va barqaror yig’ilishini ta’minlash, davlatning moliya tizimi mustahkamligining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda, mazkur masalaning echimi soliq ma’murchiligi bilan uzviy bog’liq bo’lib, mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirish xususiy biznes va davlat o’rtasidagi optimal munosabatlarni shakllantirish, soliq to’lovchilarning soliq ma’murchiligi sifatini yaxshilash ushbu jarayonning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.


Soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish davlatning asosiy ijtimoiy- iqtisodiy masalalaridan bo’lib, uning yo’nalishi mamlakatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini to’liq bajarilishini ta’minlashga qaratiladi.
Soliq ma’murchiligi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni hisoblash, davlat byudjetiga o’tkazish va soliq qonunchiligini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish bo’yicha soliq to’lovchilar va davlat organlari faoliyatini o’z ichiga oladi. Soliq ma’murchiligi davlat tomonidan soliq munosabatlarini boshqaruv tizimi sifatida qaralib, davlat tomonidan ushbu boshqarishni amalga oshirish uchun uning usullari va shakllari belgilab olinadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart- sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta’minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so‘ng faollasha boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217- sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq xizmatining quyi organlari hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish