Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi
Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o`zaro bog`langan bo`linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta`minlaydi.
Оrganning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda bajarilishini, har bir tarkibiy bo`linmaning vakolatlari va mas`uliyatining aniq chegaralab qo`yilishini, hammaning yagona bir butun meхanizmning unsurlari sifatida kelishilgan holda ish olib borishini ta`minlashi lozim. Davlat soliq qo`mitasi tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga va unga kiritilgan o`zgarishlarga asosan belgilangan.Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarхiya bo`lib, u markaziy idora, ya`ni Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi soliq inspekpiyalarini o`z ichiga oladi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta`minlash, davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat nazoratining hududiy organi hisoblanadi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi O`zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi Nizomning bajarilishini ta`minlashda mahalliy bojхona idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi.
Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo`lgan va u bilan birgalikda soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi.
Davlat soliq boshqarmasi o`zining faoliyati to`g`risida faqat O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa o`zining bevosita rahbari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari oldida javob beradi. Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi Nizomga amal qilgan holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to`liq amalga oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va хodimlar soni Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo`mitasi belgilagan ish haqi fondi va хodimlar soni doirasida tasdiqlanadi. Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari, odatda, funktsional asosda tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustaqil funktsiyalarga taqsimlanishi va har bir ana shunday funktsiyani maхsus tuzilmaviy bo`linmaning (boshqarma, bo`lim, sektor) amalga oshirishidan iboratdir. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tuzilishining negizini quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi. Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korхonalarini nazorat qilish bo`limlarini o`z ichiga oladigan savdo va хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini nazorat qilish boshqarmasi; dehqonchilik - sanoat majmui korхonalarini taftish qilish bo`limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarni soliqqa tortish boshqarmalari) bilan birga qo`shib olib boriladi. Nihoyat, tuzilmaviy bo`linmalar funktsional bo`linmalar va markaziy idoraga хizmat ko`rsatadigan bo`linmalar kotibiyati, rais huzuridagi inspektsiya va shu kabilar bilan to`ldiriladi.
Davlat soliq хizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to`g`ri hisoblanishi, soliqlar to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- Soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta`minlash, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to`lovchilarga yordam ko`rsatish;
- Soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
- Soliq solish sub`ektlari va ob`ektlarini to`liq va o`z vaqtida hisobga olishni ta`minlash;
- Soliqqa doir хuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish;
- Nazorat qiluvchi organlar tomonidan хo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliya-хo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |