Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi


Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi



Download 1,47 Mb.
bet16/17
Sana25.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#704739
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdunazarov (2)

Soliq auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

  • Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:

  • Soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;

  • Kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;

  • Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno);

  • Soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishi doirasida;

Faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, qat’iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘laydiganlardan tashqari.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • Soliq auditi o‘tkazish uchun asoslar.

  • Soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;

  • Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;

  • Soliq auditining maqsadi (tekshiriladigan bitta yoki bir nechta soliq turlari);

  • Soliq auditini o‘tkazish muddati;

  • Soliq auditi o‘tkazish davri;

  • Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami.

Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘tkazilgan soliq auditi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi. Soliq auditida ikki va undan ortiq tekshiruvchilar qatnashganda tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirish maqsadida buyruqda birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi guruh rahbari hisoblanadi. Soliq auditini o‘tkazish jarayonida soliq auditida qatnashish uchun qo‘shimcha ravishda tekshiruvchi xodimlar jalb etilishi, tekshiruvchilar almashtirilishi, shuningdek, tekshiruvchini buyruqdan chiqarish zarurati tug‘ilganda oldingi buyruqning ro‘yxatga olish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.Soliq to‘lovchi soliq auditi boshlangunga qadar xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yishga majburdir. Soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
Quyidagi hollarda soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oydan olti oygacha uzaytirilishi mumkin:

  • Soliq auditi jarayonida tekshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hajmining ko‘pligi sababli soliq auditini o‘tkazish uchun buyruqda ko‘rsatilgan muddatning yetarli emasligi;

  • Yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning hamda soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq elektron axborotni saqlovchi jismlar qayta tiklanishi;

  • Mutaxassis fikri olinishi;

  • Ekspert jalb qilinishi;

  • Tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar.

Soliq auditi natijasiga ko‘ra soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs tomonidan ushbu Nizomga 24-ilovaga muvofiq shaklda uch nusxada soliq auditi dalolatnomasi tuziladi.Soliq auditi dalolatnomasiga tekshirish davomida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.Agar soliq auditi natijasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari aniqlanmagan bo‘lsa, bu haqida soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi.Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga soliq auditi tugaganidan keyin uch ish kun ichida topshiriladi.
Soliq to‘lovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi natijalariga roziligini bildirmaydi.Soliq to‘lovchi soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuvni kiritadi.Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Soliq auditi o‘tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasida bayon etilgan holatlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi bo‘lmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma bo‘yicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma e’tirozlarini taqdim etishga haqli.


Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, men amaliyot davrimda quyidagilarni o‘rgandim. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimi mamlakatdagi nazorat tiziminining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi va shu sababli soliq qonunlariga rioya etilishiga erishishni ta'minlash qonunchilikni mustahkamlash, huquq tartibotga rioya etilishiga erishishni amalga oshiradi. Soliq nazoratini takomillashtirish, uni to‘lash intizomiga qattiq rioya qilish, soliq qonunbuzarligiga yo‘l qo‘ymaslik, soliq to‘lovchilar va soliq organlari xodimlarining ma'naviyatini yuksaltirish korxonalarning iqtisodiy faoliyatini ta'minlashda muhim omillardan sanaladi. Hozirgi kunda soliqqa oid qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan korxonalardan undirilgan soliq summasining umumiy soliq summasidagi ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Bularning saqlanib qolayotgani, hali soliq to‘lovchilarimizning davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyati, ularning ma'naviy saviyasi talab darajasida yetarli emasligidan darak beradi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida har kuni o‘nlab qonunbuzarliklar aniqlanmoqda. Ularning mavjudligi ijobiy holat hisoblanmaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu esa o‘z navbatida soliq nazoratini takomillashuviga olib keladi. Bu borada quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
- ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida ochilayotgan yuridik shaxslarni ro‘yxatga oluvchi inspeksiyalar tomonidan har taraflama o‘rganilishi va taqdim etilayotgan ma'lumotlar haqqoniyligiga, ya'ni ko‘rsatilayotgan manzilgohining haqiqiyligi, moddiy texnika bazasini mavjudligiga e'tibor kuchaytirilishini majburiy yo‘lga qo‘yish.
- soliq tizimi tarkibida bankdagi pul mablag‘larini monitoringini olib boruvchi nazorat tizimini kuchaytirish;
- shubhali bank operatsiyalarini olib boruvchi sub'ektlarning alohida hisobini yuritish va ularga nazoratdagi sub'ekt maqomini berish;
- soliq nazorati samaradorligini oshirishda asosiy e'tibor daromadlarni qasddan yashirish holatlariga qaratish;
- soliq tushumlarini oshirishda soliq boshqaruvining nazorat funksiyasi samaradorligini oshirishda soliq madaniyatini oshirish, soliq mexanizmini soddalashtirish ;
- soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida pasportlashtirish jarayonini kuchaytirish va ob'ektlar hisobini to‘liq qamrab olish;
- soliqlarni hisoblash va budjetga o‘tkazish jarayonida soliq nazoratini kuchaytirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun moliyaviy jazo choralarini qonunchilik me'yorlarini soliq to‘lovchiga tushunarli holda to‘liq belgilash lozim.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish