Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi


Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalari



Download 1,47 Mb.
bet13/17
Sana25.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#704739
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdunazarov (2)

Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Vatanimizda elektron hukumat va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish tarixi 2002 yildan boshlangan edi. 2002 yil 30 mayda imzolangan PF-3080], «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Prezident Farmoni bu borada dastlabki qadamlardan biri bo'lgan edi. Mazkur farmon orqali, O’zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga joriy etishni yanada chuqurlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari potensialidan keng foydalanish borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi boshlangan, yurtimizda elektron hukumat tizimining keyingi istiqboli uchun zamin yaratilgan edi. Albatta, har qanday ishda bo’lgani kabi, elektron hukumatni amaliyotga tadbiq etishda ham, qonunchilik, me’yoriy-huquqiy baza eng asosiy o’rin tutadi. Bu borada, 2003 yil so’ngida qabul qilingan «Axborotlashtirish haqida»[3]va «Elektron raqamli imzo haqida»[4]gi qonunlar muhim qadam bo’lib xizmat qildi. 2007 yil esa, O’zbekistonda elektron hukumatni shakllantirish borasida muhim amaliy qadamlar tashlangan, e’tiborga molik yil bo'ldi. Vazirlar Mahkamasining Qarori[5] bilan (VMQ №181, 23.08.2007), Davlat organlarining o’zaro hamda, fuqarolar va muassasalar bilan munosabatlarini, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etish orqali yo’lga qo’yish borasida ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi. Maxsus nizom orqali, axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llash orqali ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarining standartlarini yaratish va asosiy davlat interaktiv xizmatlari ro’yxati qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil, 17 dekabrdagi №259 qarori bilan, hukumat portalida axborot taqdim etish va interaktiv xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 2009 yil, 21 apreldagi, №116 hukumat qarori bilan, davlat organlarining internet tarmog’ida taqdim etishi lozim bo'lgan, 9 xil tematikaga biriktirilgan, jami 102 xil axborot turlari ro’yxati, shuningdek, ularning yangilanib turishi muddatlari o’rnatildi.


Yuqorida eslab o’tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari, O’zbekistonda interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish, uni rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O’zbek elektron hukumatining huquqiy poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 2013 yil, 18-sonli qarori[8] bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, o’zbek tilida rasmiy tushuntirish – ta’rif berildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. Ushbu qarorda soliq organlariga tegishli axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimidagi quyidagi kamchiliklar va ularga kiritilishi kutilayotgan o’zgarishlar haqida maqsad va vazifalar belgilb berildi.
Soliq ma’muriyatchiligini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligini samarali amalga oshirishga hamda soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi kamchilik va muammolar mavjud:
Birinchidan, Elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali ma’lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga keskin oshib borayotganligi sababli ma’lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish imkoniyatini bermayapti;
Ikkinchidan, Davlat soliq qo‘mitasining mavjud server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band va ularning ishlash kafolatli muddati tugagan, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi qurilmalari eskirgan;
Uchinchidan, Mavjud axborot tizimlari turli xil dasturlash tilida va bir-biriga murakkab integratsiyalashgan holda foydalanilmoqtsa hamda yagona platforma mavjud emas;
To‘rtinchidan, Elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali shakllangan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish uchun mavjud serverlar quvvati yetishmasligi oqibatida tizimda tez-tez uzilishlar vujudga kelmokda;
Beshinchidan, Soliq to‘lovchi bilan soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas;
Oltinchidan, Soliq bazasini kengaytirish uchun idoralararo ma’lumotlar almashish darajasi past;
Yettinchidan, Soliq to‘lovchilarning xuquqlarini kafolatlash uchun ko‘riladigan ta’sir choralarini avtomatik segmentlash va soliq tushumlari xavfini to‘liq baholash mexanizmlari mavjud emas;
Sakkizinchidan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda tizimli kamchiliklar mavjud.
Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq ma’muriyatchiligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, soliqlar va majburiy to‘lovlarning talab darajasida yig‘ilishiga va soliq to‘lovchilarga sifatli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan aniq maqsad, vazifa va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmokda.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish