2. Huquq sohasini axborotlashtirish borasidagi
davlat siyosatining vazifalari
O’zbekistonda jamiyat hayotining huquq sohasini axborotlashtirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Davlat nodavlat tuzil- malarning ishtirokida hokimiyat va boshqaruv organlarining faoli- yatiga eng yangi axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari, avtomatlashtirilgan ish joylari, ekspert va maslahat tizimlarini joriy etish bo’yicha chora-tadbiriar majmuini izchil amalga oshirmoqda.
Bu sohadagi davlat siyosatining yakuniy maqsadi O’zbekistonda huquqiy axborotlaming umummilliy avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishdan iborat. U butun O’zbekiston hududini, barcha viloyatlami qamrab olishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada yuqori darajaga ko’tarishi lozim. Hisob-kitoblarga qaraganda, yuridik faoliyatning ayrim sohalarida axborotlashtirish yuristlar mehnatining unumdorligini 3-4 baravar ko’paytirish imkonini beradi.
Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosatini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi organlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va viloyatlarning ijro etuvchi hokimiyat organlarini o’z ichiga oluvchi organlar tizimi tomonidan ta’minlanadi. Mazkur faoliyatda markazdagi va joylard- agi deyarli barcha davlat organlari ishtirok etayotir.
Huquq sohasini axborotlashtirishning normativ negizini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari tashkil etadi. O’zbekistonni huquqiy axborotlashtirish konsepsiyasida axborotlashtirishning asosiy yo’nalishlari belgilab qo’yilgan. Bular: huquq ijodkorligini axborotlashtirish;
huquqni qo’llash faoliyatini axborotlashtirish;
huquqni muhofaza qilish faoliyatini axborotlashtirish;
huquqiy ta’lim va tarbiya berish sohasini axborotlashtirish;
axborotlashtirish jarayonlarini huquqiy ta’minlash.
Ammo bu konsepsiya mazkur sohani normativ-huquqiy tartibga solishdagi barcha muammolarni hal qilmadi. Unda tashkiliy-huqu- qiy masalalarga minimal o’rin berilgan edi. Bu kamchilik huquqiy axborotlashtirish sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishi na- tijasida bartaraf etildi. Bunda:
O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari;
O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari;
O'zbekiston Respublikasi viloyatlarining davlat hokimiyati or- ganlarini huquqiy axborotlashtirish dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutildi.
O'zbekistonning huquq sohasini axborotlashtirish siyosatining aniq metodologik asoslarini yaratish fan va amaliyotning muhim vazifasidir. Bunda butun Huquqiy axborotlar umummilliy tizimining o'zagini tashkil qiluvchi global avtomatlashtirilgan tizimlarni barpo etish ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Huquqiy axborotlaming avtomatlashtirilgan tizimlari ijtimoiy-texnik tizimlar turkumiga mansubdir. Ularda ijtimoiy va texnik o'lchovlar sintez qilinadi. Texnik tizimlar ko'lamining oshirilishi inson omili rolining kuchayishiga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, tizimlaming samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Axborotlashtirish faqat yuridik texnologiyalarning samaradorligi, huquq ijodkorligi va huquqni amalga oshirish sohasiga emas, balki huquqiy munosabatlarning mohiyatiga ham ta’sir qiladi. Ele- ktron bitim, elektron nashr, elektron birja, elektron savdo, elektron moliyaviy hisob-kitoblar tizimi, elektron arxiv va boshqa shunga o'xshash tushunchalarning roli tobora ortib bormoqda.
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunda elektron raqamli imzoni amalga joriy etish nazarda tutilgan. Avtomatlashtirilgan, axborot va telekommunikatsiya tizimlari yordamida ishlab chiqiladi- gan, uzatiladigan va saqlanadigan hujjatning yuridik kuchi ma’lum sharoitlarda yuridik kuchga ega bo'lgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan bitimlar tuzishda boshqa vositalar bilan bir qatorda qonunda belgilangan hollarda va tartibda elektron raqamli imzodan ham foydalanilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo maxsus dasturiy-axborot kompleksi yordamida hujjatning ma’lumotlari va rekvizitlarining originalligini hamda uning muayyan shaxs tomonidan imzolanganligini ishonchli tas- diqlaydi.
Mavjud huquqiy axborotlashtirish konsepsiyasi bilan bir qatorda, O'zbekistonning huquq tizimini axborotlashtirishning ko'p jihatli kutubxonasi konsepsiyasi ham ishlab chiqilishi lozim. Unda fuqarolarga norma- tiv huquqiy hujjatlar haqida axborot berishning barcha vositalari va amalda mayjud usullari hisobga olinishi zarur. Chunonchi, 0‘zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar haqidagi axborotlarni erkin olish huqu- qi:
qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarni ochiq matbuot- da belgilangan tartibda e’lon qilish yo'li bilan;
normativ huquqiy axborotlarni to'plash, qayta ishlash va tarqa- tishga ixtisoslashgan tashkilot va xizmatlar orqali;
fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga bevosi- ta daxldor idoraviy normativ hujjatlarni chiqaruvchi davlat organ- laridan axborot olish yo'li bilan amalga oshiriladi.
O'zbekistonning huquq sohasini axborotlashtirishning ko'p ji- hatli konsepsiyasi (kompyuterlashtirishdan tashqari) quyidagi omil- larni hisobga oladi:
ommaviy axborot vositalarining faoliyati;
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari, ta’lim va huquqiy informatika asoslarini o'qitish masalalari;
huquqiy axborotlarning rasmiy manbalarining samaradorligini oshirish;
davlat va xususiy tashkilotlarning huquqiy axborotlar sohasi- dagi faoliyatida muvozanatga erishish;
maslahat va ekspert t’zimlarini tashkil etish;
sun’iy intellekt va intellektual texnologiyalar g'oyalaridan axborotlashtirishning asosiy yo’nalishi sifatida foydalanish;
axborotlashtirish maqsadlari uchun zamonaviy matematik us- ullar va vositalardan foydalanish.
Bunday konsepsiyani huquqiy informatikaning ilmiy va amaliy masalalarini hal qilishda faol ishtirok etayotgan yuridik va texnik fanlar vakillarining ancha yirik jamoasi ishlab chiqishi mumkin.
Ko'p jihatli konsepsiyaning mazmuni 6-rasmda ifoda etilgan.
Ko'p jihatli konsepsiya ommaviy axborot vositalarining faoliya- tini ham qamrab olishi lozim. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uch asosiy vazifani bajarmoqda: jamiyatni axborot bilan ta’minlamoqda, ma’lum ijtimoiy qarashlarni ifoda etmoqda, ma- fkuraviy ta’sir ko'rsatmoqda.
7 - rasm. Huquq tizimini axborotlashtirishning ko‘p jihatli konsepsiyasi
Gazeta, jurnal, kino, televideniye, radio singari axborot man- balari juda katta taraqqiyotga erishganligi hozirgi zamon jami- yatidagi turmushning o'ziga xos xususiyatlaridan bin hisoblanadi. Mazkur vositalar jahon axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga bir- lashtirilgan bo'lib, butun dunyodagi juda ko'p odamlarning psi- xologiyasiga favqulodda kuchli ta’sir ko'rsatayotir.
So'nggi yillarda ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot- lar sohasidagi faoliyati yanada kengaydi. Davlat va huquq masa- lalari ularda muntazam yoritila boshlandi. Yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar haqida ko'rsatuv va eshittirishlar tayyorlanmoqda. Ularning tematik rang-barangligi ham ortdi. Ularda O'zbekiston huquqining barcha tarmoqlari qamrab olingan. Xullas, ommaviy axborot vositalari huquqiy madaniyatni tarqa- tishning qudratli manbaidir.
Yuridik muassasalar, ularning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar tahririyatlar va axborot agentliklarining so’rovlariga binoan, kutubxonasi shuningdek matbuot konferensiyalari o’tkazish, ma’lumotlar va statistik materiallarni yuborish yo‘li bilan hamda boshqa shakl- larda ommaviy axborot vositalariga o‘z faoliyatining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |