3. Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati
«Axborotlashtirish» tushunchasidan boshqa yaqin tushuncha - «davlatning axborotlar sohasidagi siyosati» tushunchasini farqlay bilish zarur. Garchi ular o'zaro yaqin bo‘lsa-da, bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati davlat ichki va tashqi siyosatining bir qismidir. Mazkur siyosat axborot oqimlarini hamda axborotlar sohasidagi har xil davlat, jamoat, xususiy tuzilma va tashkilotlarning faoliyatini tartibga solishni nazarda tutadi. Biroq axborotlar sohasidagi siyosatning katta konstruktiv potensiali hali o'zining munosib bahosini olgani va zarur darajada amalga tatbiq etilgani yo‘q. Davlatning axborotlar sohasidagi konsepsiyasini va uni faollashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bu sohada- gi asosiy muammo hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston davlatning axborotlar sohasidagi rasman belgilangan siyosatiga ega emas.
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosatining asosiy yo'nalishlari va usullari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning axborot olishlarini ta’minlash;
axborotlar sohasidagi faoliyatning moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy, huquqiy va ilmiy asoslarini mustahkamlash;
axborotlardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash;
milliy axborot resurslarining muntazam yangilanib va boyitilib borishi hamda saqlanishiga yordam berish;
axborotlarni himoya qilishning umumiy tizimini tashkil etish; axborotlar sohasida xalqaro hamkorlikka yo‘l ochish.
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati umumiy, shuningdek maxsus vakolatli davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Davlatning axborotlar sohasidagi siyosati, ko’rsatib o’tilgan maqsadlardan tashqari, quyidagi vazifalarni hal qilishga yordam berishi lozim:
ijtimoiy munosabatlar tizimini isloh qilish vazifalarini hal qilish, O'zbekiston jamiyatining integratsiyalashish darajasini kuchayti- rishda jamiyat va davlatning axborotlar sohasidagi muassasa va organlari faoliyatining o'mi va ahamiyatini oshirish;
davlat, jamoat va xususiy axborot tuzilmalari faoliyatini mu- vofiqlashtirish hamda ularning o'zaro hamkorligini ta’minlashning maqbul shakllarini rivojlantirish, davlatning axborotlar sohasidagi va axborotlashtirish sohasidagi siyosatlarining o'zaro aloqasi va ta’sirini o'rnatish, davlatning ko'rsatib o’tilgan sohalardagi siyosat- larini qat’iy chegaralab qo'yish;
ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarda axborotlarning yaratilishi va tarqatilishini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, axborotlashtirish ta’sirida sodir bo'ladigan o'zgarishlami prognostik baholashni tashkil etish;
ta’lim sohasidagi yangi texnologiyalami rag'batlantirish;
axborot jamiyatini yaratish jarayonida tug'iladigan yetuk muam- molarning muhokama qilinishi va hal etilishiga yordam berish.
Ommaviy axborot vositalari va siyosiy axborotlarning boshqa manbalari jamiyatga mamlakat va jahonda sodir bo'layotgan vo- qea-hodisalar haqida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berib borilishi- ni ta’minlashlari zarur. Bunda yolg'on siyosiy axborotlarning be- rilishi, ommaviy axborot vositalaridan bir tomonlama partiyaviy manfaatlarda foydalanilishi qat’iy istisno etilishi lozim. Axborotlar sohasidagi siyosatning muhim maqsadlaridan bin ommaviy axborot vositalarining monopoliyalashtirilishi tendensiyalarini yengishdan iborat bo'lishi kerak. Davlatning islohotchilik siyosatiga qarshi bo'lgan siyosiy guruhlar, partiyalar va harakatlarning mafkuraviy faoliyatiga o‘z vaqtida javob qaytarish zarur.
Ma’naviy-huquqiy sohada bu siyosat qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamiyatning huquqiy hayotidagi bar- cha e’tiborga molik hodisalar haqida fuqarolarga to'liq axborot berib borilishini ta’minlashi lozim. Ommaviy axborot vositalarida bolalik va o'smirlikning ma’naviy manfaatlarining himoya qilinishi ta’minlanishi zarur.
O'zbekiston jamiyati turmushining ma’naviy va huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida jinoyatchilikni dastlabki bos- qichida ogohlantirish tizimini zudlik bilan tikiash, uning samarador- liginini oshirish uchun huquqiy axborotlami tartibga solishga ki- rishish talab etiladi. Axloqiy mavzulardagi ko'rsatuv va eshittirish- lar sonini oshirish hamda ularning sifatini yaxshilash lozim. Diniy mavzudagi ko'rsatuv va eshittirishlarning ma’naviy potensialidan foydalanish zarur.
Normativ-huquqiy sohada: jahon andozalariga mos keladigan axborotlar va axborotlashtirish to'g'risidagi izchil demokratik qonun hujjatlarini ishlab chiqish, «Huquqiy axborotlar to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash va qabul qilish; ko'rib chiqilayotgan sohada huquqni qo'llash amaliyotini mustahkamlash; tarqatilayotgan huquqiy axborot- laming soni va sifatini oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu ayniqsa xususiy kompyuter firmalari tomonidan tarqatiladigan qonun huj- jatlari va boshqa normativ hujjatlarning matnlariga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |