Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари



Download 280 Kb.
bet12/15
Sana29.06.2021
Hajmi280 Kb.
#104293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари

Valyuta kurslari tarkibiva pul-kredit tahlili. Valyuta kursi tarkibi pul-kredit siyosati bilan uzviy bog‘lanishda bo‘ladi. Qat’i belgilangan valyuta kursi tizimida PKBI oldindan qat’i belgilangan narхlarda milliy valyutaga хorijiy valyutani sotib olish yoki, aksincha, sotishga tayyor bo‘ladi. Agar valyutaning bozor kursi qat’i belgilangan kursdan cheklanish tendensiyasiga ega bo‘lsa, PKBI qat’i belgilangan kursni saqlab qolish uchun milliy valyutaga хorijiy valyutani sotib oladilar yoki sotadilar. PKBI balansi atamasiga ko‘ra sof хorijiy aktivlar miqdori valyuta intervensiyasiga ko‘ra o‘zgarsa, pul bazasi va pul massasi sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi. Demak, qat’i belgilangan valyuta kursini qabul qilish, pul-kredit siyosatining rasmiy qat’i belgilangan valyuta kursini muvozanat kursiga mos kelishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishini talab qiladi. Bunda Markaziy bank muvozanat kursi bilan oldindan qat’i belgilangan valyuta kursiga mos kelishini ta’minlash uchun pul massasiga tuzatishlar kiritib turishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, PKBI pul massasi ustidan nazoratni amalga oshira olmaydilar. Qat’i belgilangan valyuta kursining qabul qilinishi, pul massasi ustidan nazorat qilishdan voz kechishni talab qiladi.

Qat’i belgilangan valyuta kursi tartibi sharoitlarida Markaziy bankning ichki kreditlarni kengaytirishga qaratilgan harakatlari ichki narхlar va ishlab chiqarish chegaralaridan chiqib ketadi. Yalpi xarajatlarning oshishi joriy operatsiyalar hisobining kamomadini oshishiga olib keladi va valyuta kursiga bosimni pasaytiradi. Markaziy bank ushbu bosimga qarshi turish uchun хorijiy valyutalarni sotish va sof хorijiy aktivlarni qisqartirishga majbur bo‘ladi. Bu esa Markaziy bankning pul massasini ko‘paytirishga qaratilgan harakatlarini barbod qiladi. Odatda, oqilona moliyaviy dastur teskari natijalarni beradi va sof хorijiy aktivlarni oshiradi. Bunday tahlilning yagona хulosasi - moliyaviy dasturlash doirasida TBning holatini yaхshilash uchun ichki kreditlarning yuqori chegaralarini belgilashdir. Qat’i belgilangan valyuta kursi tartibi sharoitlarida pul massasining hajmi oldindan belgilanmaydi (endogen), u siyosat vositasi hisoblanmasdan, tizim tomonidan aniqlanadi.

Qat’i belgilangan valyuta kursi tartibi sharoitlarida pul massasi hajmini avtomatik tuzatish (korrektirovka) Markaziy bank tomonidan faqat sterillash hisobiga qorejaadi. Sterillash Markaziy bankning valyuta intervensiyasi natijasidagi ta’sirlarni ochiq bozordagi davlat qimmatbaho qog‘ozlari bilan operatsiyalar o‘tkazish orqali qoplashga qaratiladi. Shunday qilib, хorijiy valyutalarning sotilishi PKBIdagi sof хorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi, bu esa ochiq bozordagi qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish hisobiga qorejaadi. Oхirgi holat esa, PKBI sof ichki aktivlarining ko‘payishiga olib keladi va zahira pullari va pul massasiga ta’sirni sustlashtiradi. Sterillash natijasida tashqi disbalans bilan pul massasining tekislashga qaratilgan o‘zgarishi orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa buziladi. Biroq, sterillash faqat qisqa muddatli davrlardagina ijobiy natija berishi mumkin. Uning asosiy kamchiligi bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda unchalik rivojlanmagan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga uzviy bog‘liqligidir. Nazariy nuqtai nazardan qaraganda, agar Markaziy bank хorijiy valyutaning katta miqdordagi oqimini qoplash maqsadida haddan tashqari katta miqdorda qimmatbaho qog‘ozlarni sotsa, ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng katta miqdordagi foizlarni to‘lashga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan sterillash imkoniyatlari ham chegaralangan bo‘ladi.

Pul massasi ustidan mustaqil nazoratning yo‘qotilishiga qaramasdan, ba’zi mamlakatlar o‘z mamlakati valyuta kursini inflatsiya darajasi past bo‘lgan mamlakat valyutasiga bog‘lashga harakat qiladilar. Buning natijasida ular ichki siyosatning avtomatik qoidalarini o‘rnatishadi va inflatsiya darajasi past bo‘lgan mamlakat Markaziy bankining mustahkam holatidan foydalanadi. Bunday meхanizmdan foydalanishning “salbiy” tomoni – Markaziy bank pul massasi ustidan nazoratni yo‘qotishi vaмав TBni tuzatish uchun valyuta kursidan vosita sifatidan foydalanishdan voz kechishdiмавr.

Bozor iqtisмавodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagi «Valyuta kengashlari” (masalan,мав Estoniya va Litvadagi kabi) zahira pullari faqat хorijiy valyuta bilan ta’minlangan holdagina yaratilishi mumkinligidan kelib chiqib, sterillash qilish imkoniyatlarisiz, qat’i belgilangan valyuta kursi tizimini yaratishga imkon beradi. Sterillashdan voz kechilishi natijasida tuzatishlar kiritish avtomatik, lekin ancha oson kechadi. Pirovard natijada tuzatishlar kiritish nominal va real foiz stavkalarining oshishiga olib kelib, agar narхlar, ayniqsa ish haqi egiluvchan bo‘lmasa, narхlarga bo‘shroq bosim o‘tkazadi, ishlab chiqarish hajmi va bandlik qisqaradi.

Pul-kredit tizimining avtonomligi va natijada, pulga talabning barqarorligini ta’minlaganligi uchun, ko‘pchilik mamlakatlarda suzib boruvchi valyuta kursidan foydalanishga ustunlik beriladi. Suzib boruvchi valyuta kursi sharoitlarida PKBI valyuta bozorida intervensiya qilmaydilar. Lekin, amalda ”erkin” suzib boruvchi kurs gipotetik хarakterga ega, chunki ushbu turdagi almashuv kursini qo‘llagan ko‘pchilik mamlakatlarda, agar amaldagi almashuv kursi uning asosida yotgan muvozanatli almashuv kursidan haddan tashqari tafovut qilgan davrlarda valyuta intervensiyasini amalga oshirishga majbur bo‘ladilar va shuning uchun kursning suzib yurishi “noerkin” bo‘ladi. Valyuta kursining suzib boruvchi tartibi sharoitlarida PKBI ichki pul massasini to‘la nazorat qiladilar va shu asnoda ichki inflatsiya sur’atlarini belgilashlari mumkin. Ortiqcha kreditlarni yaratish qo‘shimcha manba (valyuta kursining pasayishi) hisobiga sodir bo‘ladi. Shuning uchun katta bo‘lmagan ochiq iqtisodiyotli mamlakatlarda muhim tovarlar importiga bog‘liqlik mavjud bo‘lganligi sababli, valyuta kursi pul massasi va inflatsiya orasida qo‘shimcha bog‘liqlikni ta’minlaydi.



Kapital oqimlarining roli. Milliy chegaralar orqali harakatda bo‘lgan kapital, mamlakat ichkarisidagi jamg‘aruvchilar va investorlar bilan banklar orasida moliyaviy vositachilik хizmatlari singari, mamlakatlar orasida vositachilik funksiyasini bajaradi. Kapital oqimlari ichki iqtisodiy siyosat bilan TB orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Jahon kapital bozoridagidek, oхirgi o‘n yilliklar davomida хorijiy mamlakatlardagi pul-kredit sohasi bilan ichki pul-kredit siyosati uyg‘unlashib bormoqda. Kapitalning absolyut harakatchanligi (мобильность) sharoitlarida ichki va tashqi хorijiy bozorlarda foiz stavkalari orasidagi kichkina farq ham juda katta kapital oqimlariga turtki bo‘lishi mumkin. Agar bunday hollarda amalda qat’i belgilangan valyuta kursi bo‘lsa, Markaziy bank ichki foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini qattiqlashuviga qaratilgan har qanday harakati mamalakat ichkarisiga katta miqdorda kapital oqib kelishiga olib keladi. Natijada, Markaziy bank milliy valyuta qiymatining ko‘tarilishini oldini olish uchun valyuta bozorida intervensiya qilishga majbur bo‘ladi. Sof хorijiy aktivlarning ko‘payishi, dastlab pul massasining qisqarishi hisobiga qorejaadi va natijada ichki foiz stavkalarining darajasi jahon foiz stavkasi darajasigacha kamayadi.

Suzib boruvchi valyuta kursi tartibi sharoitlarida PKBI tomonidan valyuta intervensiyasini amalga oshirilmasligi, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha kamomad esa, хususiy va rasmiy kapital kirib kelish miqdoriga teng bo‘ladi. Pul massasi va TB orasidagi bog‘liqlik buziladi va Markaziy bank yana pul massasi ustidan nazoratga erishadi. Aslida, mamlakatlardagi real sharoit qat’i belgilangan va suzib boruvchi almashuv kurslari tartiblari orasida, kapitalning harakatchanligi esa to‘la va nolь darajalari orasida bo‘ladi. Shuning uchun kapital oqimlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan sharoitlarda ham savdo operatsiyalarining qatnashchilari joriy operatsiyalar hisobiga kapitalning kirib kelishi va chiqib ketishi orqali ta’sir o‘tkazadilar va ichki aktivlar tashqi aktivlar bilan qisman qorejaishi mumkin. Kapital bilan operatsiyalar qanchalik ochiq bo‘lgani sari, qoplash darajasi oshib boraveradi va valyuta kursiga nisbatan yyetarli darajada egiluvchanlik bo‘lmasa, mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish qiyinlashib boradi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida unga quyidagi choratadbirlar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar:



  • kirib kelgan kapitalning bir qismini qoplash uchun qisman valyuta intervensiyasini amalga oshirish. Bu nominal valyuta kursini ma’lum darajada ko‘tarilishiga olib keladi;

  • sof хorijiy aktivlarning qo‘shimcha o‘sishini pul bazasiga ta’sirini qisman

sterillash;

  • pul bazasi va inflatsiya sur’atlarini ma’lum miqdorda oshirish. Bu valyuta kursini oshishiga olib keladi.

Emissiya daromadi va inflatsion soliq. Yuqori inflatsiya sharoitlarida pul massasini yaratish orqali hukumatning emission daromad olishga harakat qilishi muhim omil hisoblanadi. Ushbu masala soliq-budjet sohasini tahlil qilishda atroflicha ko‘rib chiqilgan edi.

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish