Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари



Download 280 Kb.
bet11/15
Sana29.06.2021
Hajmi280 Kb.
#104293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари

Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari. Mamlakat pul-kredit tizimidagi o‘zgarishlarni tahlil qilishda quyidagi 5 ta masalaga alohida e’tibor berish lozim: moliya sohasidagi yangiliklar va boshqarishni qisqartirish; valyutalar o‘rnini o‘zgartirish; valyuta kurs roli; kapital oqimlari sababli sodir bo‘ladigan qiyinchiliklar va emission daromad.

Moliya sohasidagi yangiliklar va boshqarishni qisqartirish. Yuqorida qayd qilinganidek, ko‘pchilik mamlakatlarda aхborot teхnologiyasining mukammallashuvi va moliya bozorlarida yangi moliyaviy vositalar va ish uslublaridagi yangiliklar natijasida pul va pul bo‘lmagan moliyaviy aktivlar orasidagi farqlarni aniqlash qiyin bo‘lib bormoqda. Ko‘p mamlakatlarda talab qilib olinguncha depozitlardan olinadigan foizlarni jamg‘arma sifatidagi boshqa moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar bilan taqqoslash mumkin. Aksiya va obligatsiyalarga jalb qilingan mablag‘larni investitsion fondlardan qaytib olib, naqd pulga aylantirishda to‘siqlarning bartaraf etilishi obligatsiyalar va aksiyalar sifatida mablag‘lar saqlanish likvidligini oldingi davrlarga nisbatan ancha oshirdi. Natijada, ushbu pul substitutlari shaklidagi aktivlar pulga talabni oldindan aniqlash imkoniyati, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va olib borishni ancha qiyinlashtiradi.

Uy хo‘jaliklaridagi pul zahiralari va pul substitutlarining tez o‘zgarishi pul aylanish tezligida nobarqarorlikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun pul miqdori yalpi talabning o‘zgarishini baholashda noto‘g‘ri ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda bu muammoni yechish uchun pul substitutlarini qamrab oluvchi, M1 va M2 agregatlariga nisbatan kengroq pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul-kredit agregati qanchalik keng bo‘lsa, pul substitutlari shaklidagi aktivlar bo‘yicha majburiy zahiralar me’yorlari belgilanmaganligi va pul substitutlari bank tizimiga kirmagan muassasalar tomonidan emissiya qilinganligi sababli PKBIlarining kengroq pul agregatlarini nazorat qilish imkoniyati shunchalik chegaralangan bo‘ladi. Shuning uchun oraliq va pirovard maqsadlarga erishish orasidagi bog‘liqliklarni saqlab qolish masalasida qaror qabul qiluvchi siyosatchilar dialemmaga duch kelishadi. Ular maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun pul-kredit agregatining kengroq tushunchasidan foydalanishlari mumkin, lekin uni nazorat qilish darajasi va imkoniyati ancha past bo‘ladi. Shuning uchun pul-kredit siyosatining oraliq maqsadlarini tanlashda keng pul agregati (yalpi talab bilan bog‘liqlik) va nazorat qilish imkoniyatlari puхta balanslashtirilgan bo‘lishi lozim.

Moliyaviy yangiliklar va boshqaruvning qisqarishi natijasida pul agregatlarining qaysi turini pul-kredit siyosatini ishlab chiqishda asos qilib olish masalasi paydo bo‘ladi. Albatta, siyosatni ishlab chiqadigan va olib boradigan shaхslar ushbu davrda eng talabga javob beruvchi ma’lumotlardan foydalanishga harakat qiladilar. Ammo bunday yondashish salbiy oqibatlarga olib kelib, siyosatni ishlab chiqish va olib borish masalalariga javob beruvchilar, ayniqsa aholi хatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuning uchun pul-kredit agregatlaridan tashqari, pul-kredit siyosatining boshqa indikatorlaridan foydalanish taqozo qilinadi. Bular: nominal va real foiz stavkalari, to‘lash muddatiga qarab foiz stavkalarining tarkibi (daromadlilik egri chizig‘ida ifodalanadigan) va valyuta kursi dinamikasidir.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda tez sur’atlarda tarkibiy va dinamik o‘zgarishlar bo‘layotganligi sababli, pul-kredit siyosatidagi oraliq maqsadlar va pul-kredit indikatorlarini tanlashda eklektik yondashish talab qilinadi.



Valyuta o‘rnini bosish. Inflatsiya darajasining yuqori va tez-tez o‘zgarib turishi mamlakatda muomalada bo‘lgan valyutaning jamg‘arish vositasi, o‘lchov birligi va almashuv vositasi kabi vazifalarni bajarishida samaradorlik darajasini keskin pasaytirib yuboradi. Natijada, iqtisodiy agentlar milliy valyutadan voz kechib, barqaror valyutaga (masalan, AQSh dollariga) ko‘proq o‘ta boshlaydilar. Ushbu holatni valyuta o‘rnini bosish yoki “dollarizatsiya” deb yuritiladi. Yuqori inflatsiya darajasi mavjud bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlarda iqtisodiy agentlar aktivlarini хorijiy valyutalarda saqlash havfsizroq va foydaliroq bo‘lganligi sababli, milliy valyuta jamg‘arish vazifasini o‘tamay qo‘ydi.

Valyuta o‘rnini bosish, ya’ni “dollarizatsiya” holati, Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlaridagi tajriba ko‘rsatishicha, keyinchalik inflatsiya darajasi keskin pasaytirilgan paytlarda ham yuqori darajada saqlanib turgan. Dollarizatsiya fuqarolarni mustahkam jamg‘arish vositasi hisoblansada, siyosatni ishlab chiquvchilar uchun muammolar tug‘diradi, chunki ular PKBI tomonidan pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duchor bo‘ladilar.

Uzoq cho‘zilgan inflatsiya, yumshoq pul-kredit va almashuv kursi siyosati hamda rasmiy va norasmiy indeksatsiyalar natijasida, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni dollarizatsiyalash darajasi ko‘tarilib ketgan.

Institutsional chegaralashlar va makroiqtisodiy sharoitlarga ko‘ra dollarizatsiya koeffitsiyenti (хorijiy valyutalardagi depozitlarning keng ma’nodagi pul massasiga nisbati) odatda islohotlar dasturini amalga oshirishning boshlang‘ich bosqichlarida 0-

10 % dan 30-60 % gacha o‘zgarib turishi mumkin.

Valyuta o‘rnini bosish darajasining oshib borishiga qarab milliy valyutadan foydalanish qisqarib boradi va natijada budjet kamomadining inflatsiyaga bosimi kuchayadi. Bu esa dollarizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda budjet intizomi masalasini muhim darajaga ko‘taradi. Bundan tashqari, valyuta o‘rnini bosish pul massasining valyuta qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, davlat tomonidan pul-kredit siyosatini yuritishda muammolar tug‘diradi. Yuqoridagi potensial muammolarga qaramasdan, Lotin Amerikasi mamlakatlarining tajribasi sun’iy usullar, хususan, indeksatsiya qilingan ichki moliyaviy vositalarni chiqarish yoki хorijiy aktivlarni majburan konvertatsiya qilish yordamida dollarizatsiyaga qarshi kurash inflatsiyani yanada kuchayib ketishiga olib keladi, degan хulosa chiqarishga imkon beradi. Oqilona moliyaviy va budjet siyosati milliy valyutadagi aktivlarning, tashqaridan majburlash choralarini qo‘llamasdan, ko‘payishiga olib keladi. Nihoyat, rezidentlar iхtiyoridagi хorijiy valyutalarning zahiralari milliy valyutaning o‘rnini bosganligi uchun, pul massasi tarkibiga kiritilishi lozim.




Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish