Pul multiplikatori konsepsiyasi. PKBI balansida ko‘rilganidek, zahira pullarining dastlabki o‘sishi kelgusi davrda bank tizimi tomonidan olib boriladigan pul-kredit ekspansiyasiga asos hisoblanadi. PKBI tomonidan zahira pullarining ko‘paytirilishi, keyinchalik PDB tomonidan ulardagi deponirlashgan resurslarning ko‘payishi hisobiga yana zahira pullari miqdorini oshiradi. Buning sababi – har bir so‘m deponirlashgan summadan ma’lum qismi (belgilangan zahira me’yoriga ko‘ra) PDB tomonidan zahira shaklida saqlanishi lozimligidir. Qolgan mablag‘lar, odatda kredit sifatida mijozlarga beriladi va natijada depozitlar hosil bo‘ladi. Depozitlar esa o‘z navbatida yangi ssudalar berilishi uchun asos bo‘ladi. Bu jarayonning oхirgi bosqichida yaratilgan depozitlarning summasi dastlabki zahira pullar o‘sishi summasining “ko‘p martalab” summasi hisoblanadi.
Zahiralarni qisman qoplash tizimida banklar ssudalarni berish uchun zahira sifatida o‘z depozitlarining bir qismini saqlagan holda aholining depozitlaridan foydalanadilar.
Pul muomalasi jarayoni uchun oddiy model PKBI jamg‘aradigan zahira pullariga (RM) asoslangan bo‘ladi. Zahira pullariga talab naqd pullar (CY) sifatida foydalanish uchun aholi tomonidan va zahira sifatida foydalanish uchun tijorat banklari tomonidan bo‘ladi.
Demak,
RM = CY + R va M = CY + DD,
bu yerda, R – PDB larining PKBI laridagi depozitlari; DD – depozitlar; M – pul
massasi.
Natijada, pul massasini pul bazasiga (zahira pullariga) nisbati sifatida pul multiplikatorini aniqlash mumkin:
.
Pul multiplikatori – bir birlik zahira puli hisobiga qancha pul yaratilishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, pul massasining funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
M = mm*RM. Yuqoridagi formulani o‘zgarishlar ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
∆Mt = ∆mmt RMt-1 + mmt-1 ∆RMt .
va formulalar pul massasining pul multiplikatori yoki zahiradagi pullarning o‘zgarishi hisobiga ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatadi. Хususan, zahira
pullarining belgilangan maqsadli ko‘rsatkichi o‘zgarmasdan qolib, pul multiplikatorining oshishi pul-kredit sharoitlarining bo‘shashganligidan dalolat beradi.
Pul multiplikatori (mm) majburiy zahira me’yori va umumiy pul massasidagi naqd pullar salmog‘i qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik katta bo‘ladi.
Pul multiplikatorining miqdori vaqt davomida doimiy bo‘lmasiligi, zahira pullari bilan pul massasi orasidagi bog‘liqliklarni oldindan belgilashda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Pul multiplikatorining o‘zgarishi uch turdagi iqtisodiy subyektlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu iqtisodiy subyektlar: majburiy zahiralar me’yorini belgilovchi PKBI; qancha ortiqcha zahira pullarini saqlash kerakligini belgilovchi tijorat banklari; va inflatsiya, foiz stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlarga asoslanib qancha pulni naqd ko‘rinishda va qancha pulni depozit shaklida saqlash kerakligini belgilovchi bank tizimiga mansub bo‘lmagan aholi.
Shunday qilib, pul massasining o‘zgarishiga zahira pullari va pul multiplikatorining o‘zgarishlari ta’sir qiladigan bo‘lsa, o‘z navbatida:
zahira pullariga – sof хorijiy aktivlar, davlat boshqaruv idoralariga sof talablar, tijorat banklariga talablar va boshqa moddalar (sof);
pul multiplikatoriga – talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha majburiy zahiralar, muddatli depozitlar bo‘yicha majburiy zahiralar, ortiqcha zahiralar koeffitsiyenti, muddatli depozitlarning talab qilib olinguncha depozitlarga nisbati va naqd pullarning talab qilib olinguncha depozitlarga nisbati ta’sir ko‘rsatar ekan.
Banklar ssudalar berganda, ssuda oluvchilar iste’mol qobiliyatini sotib oladilar.
Qarz oluvchilar o‘zlariga bank oldida qarz majburiyatini oladilar. Shu sababli ssuda qarz oluvchining sof kapital qiymatini oshirishga olib kelmaydi, chunki sof kapital qiymati aktivlar va majburiyatlarning farqi sifatida aniqlanadi. Boshqacha aytganda, qisman zahira tizimi orqali yaratiladigan pul aktivlarni emas, balki iqtisodiyotdagi likvidlik darajasini oshiradi.
Aholining pul massasiga ta’siri kuchli bo‘lganligi sababli, PKBI pul massasini to‘laqonli nazorat qila olmaydilar. Biroq, pul multiplikatori doimiy yoki uning o‘zgarishini oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan holatlarda Markaziy bank belgilangan maqsadli pul massasi darajasiga erishish uchun, dastavval pul multiplikatorini baholashi, so‘ngra tenglamasi yordamida zahira pullari miqdorini belgilashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |