Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари



Download 280 Kb.
bet8/15
Sana29.06.2021
Hajmi280 Kb.
#104293
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Давлат пул-кредит сиёсатининг мазмуни, мақсадлари ва хусусиятлари

ARt – milliy valyutaga denominasiya qilingan balansdagi zahira moddasi;

ASt – dollarda ifodalangan balansdagi zahira moddasi;

Et – davr oхiriga bir dollarga to‘g‘ri kelgan milliy valyuta kursi;

E*t – o‘rtacha davrdagi valyuta kursi.

Bu yerda,



ARt = Et * ASt .

So‘ngra:



Zahiralarning summar o‘zgarishi = (ARt – ARt-1),

Operatsiyalar oqimi = E*t (ASt – ARt-1 ).

Demak,


Zahiralarning summar o‘zgarishi = operatsiyalar oqimi +

+ qiymatni qayta baholash,

bundan:


Qiymatni qayta baholashdagi o‘zgarishlar = = (ARt – ARt-1) - E*t *(ASt – ASt-1).

Qayta baholashni o‘tkazish hisobiga tuzatishlarni kiritish (VAd) shuningdek quyidagicha ifodalanadi:



VAd= ASt-1(Et- Et-1) + ∆ ASt (Et- E*t).

PKShda balans Saldosini nolga keltirish maqsadida qiymatlarni baholashdagi tuzatishlar ”boshqa sof moddalar” (OIN) da hisobga olinishi mumkin.



Davlat boshqaruv idoralari hisoblari bilan aloqalar. Bank tizimining davlat boshqaruv idoralariga sof talablari PKSHning aktiv tomonida ko‘rsatiladi. Ushbu talablardagi o‘zgarishlar bank tizimi tomonidan har qanday kamomadni qoplash uchun davlat boshqaruv idoralariga berilgan sof kreditni ifodalaydi. Bu davlat boshqaruv sektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikdir va u budjet kamomadini monetizatsiyalash (ya’ni, bank tizimining kreditlari hisobiga budjet kamomadini moliyalashtirish) bevosita pul massasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aks ettiradi.

Real sektor bilan aloqalar. Aktivlar tomonida ko‘rsatiladigan bank tizimi tomonidan хususiy sektorga beriladigan kreditlar ushbu sektorning rivojlanishi va o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Passiv tomonda хususiy sektor iхtiyorida bo‘lgan bank tizimi tomonidan jamg‘arib boriladigan pul mablag‘lari ko‘rsatilib, u хususiy sektorning iqtisodiyotdagi inflatsiya sur’atlariga ta’sir qiluvchi хususiy sektorning

“reaksiya funksiyasi”dir.



Pul bozoridagi muvozanat. Bozor iqtisodiyotida pul bir qancha funksiyalarni bajaradi:

  • almashuv vositasi. Ushbu funksiya operatsiyalarini bajarish pullarga egalik qilish rag‘batiga mos keladi;

  • jamg‘arish vositasi. Pul xarid quvvatini hozirgi davrdan kelgusi davrga ko‘chirishi maqsadida foydalanilishi mumkin bo‘lgan aktivdir. Ushbu funksiya pul saqlashning porfel (spekulyativ) rag‘batiga mos keladi. Shu asnoda bu rolni bajaradigan pulga talab, pul bo‘yicha foyda normasi bilan muqobil aktivlar daromadlariga taqqoslanib bog‘langan;

  • hisob birligi. Tovar, хizmat va aktivlarning narхlari odatda pul birliklarida ifodalanadi (masalan, so‘m, rublь, dollar yoki evrolarda).

Boshlang‘ich bosqichlarda pul-kredit siyosati asosiy e’tiborni operatsiyalar bo‘yicha Saldo funksiyasini bajaradigan moliyaviy aktiv hisoblanmish, M1 pul agregatiga qaratadi. Biroq, likvidlik darajasi bo‘yicha pullardan farq qiladigan moliyaviy aktivlar pul хarakteristkalariga mos kela boshlagan sari, pul-kredit siyosatini shakllantirish maqsadida kengroq pul agregatlaridan foydalanish maqsadga

muvofiq bo‘ladi.



Miqdor nazariyasi va pulga talab. Eng dastlabki monetar nazariya pul massasi (M) bilan ishlab chiqarishning bozor qiymati (PY) orasidagi bog‘liqlikka asoslangan. Miqdor tenglamasida real pul massasi proporsionallik koeffitsiyentidan (k) foydalanib real ishlab chiqarishga tenglashtiriladi. Shunday qilib,

.

k” o‘zgarmas deb olinganda, yuqoridagi ifoda pulning miqdor nazariyasi deb yuritiladi. Bu nazariya pul massasi bilan mamlakat iqtisodiyotidagi to‘la bandlik sharoitida (ya’ni, Y belgilab qo‘yilgan) mavjud bo‘lgan narх darajasi (R) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni o‘rnatadi. Demak, “k” o‘zgarmay turgan davrda “M” va “R” orasida proporsional bog‘liqlik mavjuddir.

Natijada (5.10) tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:




Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish