Davlat NUR
o’quv markazi sizni barcha fanlardan yuqori sifatli o’quv kurslariga taklif qiladi
@TEST_Onlineuz @DTM_TEST @TARIXDavronbekuz
46. Fransiyada feodal va toifa imtiyozlari
bekor qilingan yili . . . .
A) 24 kishidan iborat Toshkent savdo
karvoni Semipalatinsk shahriga kelgan
B) Muhammadxo’ja va Azizxo’ja boshliq
savdo karvoni Sibirga jo’nagan
C) Amudaryoning janubida istiqomat
qiluvchi o’zbeklar afg’onlarga qarshi
ikkinchi marta qo’zg’olon ko’targan
D) Temurshoh hukmronligi tugadi
47. 1826-1828-yillardagi Rossiya bilan olib borilgan
urushidagi mag’lubiyatdan so’ng Eronning qator
viloyatlarida kimlarning boshchiligida shohga qarshi
isyon ko’tarilgan?
A) Harbiylar
B) Shohga qarshi muholifatchi ruhoniyalar
C) Burjuaziya vakillari va davlat amaldorllari
D) Yirik yer-mulk egalari
48. Tarixiy xatolikni toping.
A) XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Turkiya
avvalgidek hujumkor qudratga ega bo’lmay qoldi
B) Abbos I davrida Safaviylar davlati o’z qudrati
cho’qqisiga ega bo’ldi
C) Vena kongressi qaroriga ko’ra Shvetsariya davlati
abadiy betaraf davlat maqomini oldi
D) Yaponiyada Asikaga sulolasi davrida
“100 moddali Farmon” deb ataluvchi qonunlar
to’plami tuzildi.
49. Bir yilda sodir bo’lmagan voqealarni ko’rsating.
A) Angliyada fuqarolar urushi tugadi, Abulg’oziyxon
hozirgi Urganch shariga asos soldi
B)Chili mustaqilligi e’lon qilindi, Mujrim Obid
vafotetdi
C) Angliyada Sharafli inqilob, Xiva xoni Anushaxon
taxtdan trushirildi
D) Betxoven tavallud topgan,Gulxaniy tavallud topgan
50. XIX asrda Xiva xonligida . . . obro‘li oqsoqollar,
qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan.
A)masjid qavmlari B)shahar
C)tuman D)amlokdorlik
51. Xiva xonligi qaysi shayboniy hukmdorlar davrida
Buxoro xonligiga bo’ysundirilgan edi?
1-Abdullaxon II 2-Ubayduloxon II 3-Subhonqulixon
4-Abdullaxon I 5-Ubaydullaxon
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 1,5
52. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Markaziy
Osiyo bozorlariga ingliz mollari qaysi hudud orqali
olib kelinar edi?
A)Rossiya B)Eron C)Kobul D)Hindiston
53. Qayerda bo’lgan jangdan so’ng Qurama mavzeyi
Toshkentga qo’shib olindi?
A) Qorasuv mavzeyi B) Sirdaryo bo’yida
C) G’urumsaroyda D) Qorako’l mavzey
54. Xiva xoni Muhammad Aminxon mudofaa
choralarini ko`rishga va buning oqibatida aholiga
solinadigan soliqlar miqdorini oshirib borishga qanday
holatlar sabab bo`lgan?
1) Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoga harbiy
tahdidining kuchayishi; 2) Xiva xonligi bilan Buxoro
o`rtasidagi hududiy nizolar; 3) Buyuk Britaniyaning
Xivaga harbiy tahdid uyushtirilishi;
4) Rossiyadan ko`chirib keltirilgan Ural kazaklarining
Nukus qishlog`iga joylashtirilishi;
5) Ernazarbiy boshchiligida qo`zg`olon ko`tarilishi.
A) 1, 5 B) 1, 2 C) 2, 5 D) 3, 4
55. Viloyat boshqaruvining sud bo`limlari
tuzilganidan necha yil o`tib viloyat sudlariga
almashtirildi?
A) 12 yil B) 17 yil C) 19 yil D) 31 yil
56. XIX asr oxirida Buxoro gilamlari Rossiya
hududidan boshqa qaysi hududlarida xaridorgir
bo’lgan?
A)Hindiston va Xitoy
B)O’rta sharq bozorlari va Turkiston
C)Yaqin sharq bozorlari va Hindiston
D)Uzoq sharq mamlakatlari va Turkiston.
57. Qayerdagi qo‘zg‘olondan keyin Turkiston
mustamlaka ma’muriyati hukumatga politsiya shtatini
ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish
haqida murojaat qildi?
A) Jizzax qo`zg`olonidan so`ng
B) “Toshotar “voqeasidan so`ng
C) Dukchi eshon qo`zg`olonidan so`ng
D) 1879-yilgi Marg`ilonda ko`tarilgan qo`zg`olondan
so`ng
58. XX asr boshlarida qaysi davlatda “ishchi
aristokratiyasi” umumiy ishchilar soning uchdan birini
tashkil qilib, juda yahshi yashar edi.
A) AQSH B) Buyuk Britaniya
C) Fransiya D) Germaniya
59. Lotin Amerikasining quyidagi qaysi bir davlati
nisbatan keyinroq mustaqillikni qo’lga kiritgan edi
A)Kuba B)Gonduras C)Panama D)Meksika
Do'stlaringiz bilan baham: |