DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH
fakulteti
Mulkiy va ekoligik soliqlar
fanidan
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida uglerod solig‘i mavzusida
Mustaqil ish
Bajardi: sst-04-21 guruh talabasi Qarshiyev Zarif
Gʼarbiy Evropa mamlakatlarida uglerod soligʼi
1. Uglerod soligʼining vujudga kelishi va rivojlanishi
2. Uglerod soligʼI joriy yetilgan mamlakatlar
3. Soliq stavkasini aniqlash uglerod soligʼining
Uglerod soligʼi ilk bor 1990-yillarda amaliyotda qoʼllanila boshlagan. Hattoki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʼzgarishi boʼyicha asosiy konventsiyasining eng muhim iqtisodiy instrumentlaridan biri boʼlgan uglerod soligʼi issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurashish jarayonidagi ilk yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. Birinchilardan boʼlib uglerod soligʼini Skandinaviya mamalakatlari, xususan 1990-yilda Finlandiya davlati, soʼngra 1991-yilda Shvetsariya, undan soʼng 1992-yilda Daniya davlati joriy etdi. Marzkur soliq turining ilk namunalari, asosan, yoqilgʼi sanoatida va ayrim aksiz soliqlariga birlashtirilgan holatda, amaldagi maʼmurchilik tizimidan foydalangan tarzda amaliyotga tadbiq etildi.
Skandinaviya mamlakatlariga xos uglerod soligʼi bugungi kunga kelib dunyoning turli mamlakatlarida joriy etib kelinmoqda. Аmmo, uglerod soligʼining ilk qoʼllanilishidan 15 yil oʼtgachgina boshqa mintaqalarda ham soliqning bu turiga qiziqish paydo boʼla boshladi. Shu 15 yillik ichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida uglerod soligʼining joriy qilishga urinishlar boʼlganiga qaramasdan, bu taklif bir ovozdan maqullanmadi. Buning asosiy sababi amaldagi EST emissiya savdo tizimining uglerod soligʼi uchun muqobil raqobatchiligi edi.
2000-yillarda uglerod soligʼiga nisbatan qiziqishning yangilanishi natijasida, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham soliqning bu turi joriy etila boshladi. Masalan, 2008 yilda Shvetsiya va bir qator boshqa Yevropa davlatlari bilan bir qatorda Yaponiya va Аvstraliyada ham uglerod soligʼi qoʼllanila boshlandi. 2010-yillardan boshlab ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlar ham, jumladan Janubiy Аfrika va Meksika davlatlari, uglerod soligʼini joriy qilishdek qaror qabul qilishga jazm etdilar. Jadvalda uglerod soligʼi joriy qilingan malakatlarning roʼyxati keltirilgan.
Jahon tajribasida yuqori uglerod tarkibli maxsulotlarni soliqqa tortish odatiy hol boʼlib, koʼplab mamlakatlar buni amalda qoʼllab kelmoqdalar. Barcha maxsulotlarga qoʼllaniladigan qoʼshilgan qiymat soligʼi yoki ishlab chiqarishga amal qiladigan foyda soligʼidan tashqari aynan yuqori uglerod tarkibli maxsulotlarga nisbatan solinadigan maxsus soliq turi ham mavjud. Jumladan, benzin va boshqa turdagi yoqilgʼilarga qoʼllaniladigan aksiz soligʼi. Bu turdagi soliqlar effective carbon rate ni hisoblashda ham inobatga olinadi.
Effective carbon rate – bu uglerod tarkibli yoqilgʼilarga nisbatan qoʼllaniladigan maxsus soliqlar, aksiz soligʼi va EST narxlarining yigʼindisiga teng (OECD).
Uglerod soligʼi – bu issiqxona gazlari chiqindilarining narxini aniq koʼrsatadigan yoki toʼgʼridan-toʼgʼri uglerodga asoslangan oʼlchov birligidan foydalanadigan soliq (yaʼni har bir tCO2e uchun narx).
Yuqorida takidlab oʼtilganidek uglerod soligʼi toʼgʼridan-toʼgʼri issiqxona gazlarining narxlarini begilash xususiyatiga ega. Issiqxona gazlarini narxlashning boshqa mexanizmlaridan, masalan EST emissiya savdo tizimidan, farqli oʼlaroq issiqxona gazlarining har birligini narxlay oladi. Bu jarayon maxsulotning tarkibidagi uglerod hajmidan yoki ishlab chiqarishdagi uglerod chiqindisi hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib uglerod soligʼining turli xil taʼriflari yuzaga kelgan. Ularning deyarli barchasini umumlashtiruvchi taʼrif Jahon Bankining Uglerod narxining holati va tendensiyali (State and Trends of Carbon pricing) tomonidan berilgan.
1.
Uglerod soligʼi hozirgi kunda eng keng tarqalgan ESIlardan biri hisoblanadi. Koʼpgina rivojlanayotgan mamlkatlarda uglerod soligʼini joriy qilish boʼyicha hatti harakatlar allaqachon boshlab yuborilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda uglerod soligʼini joriy etish muhim siyosiy qaror boʼlib, bu borada puxta oʼylash va rejalashtirish mazkur soliqdan koʼzlangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishni taʼminlashga yordam beradi. Baʼzi mamlakatlar uglerod soligʼini tezlikda joriy qilgan boʼlsalar, boshqa bir guruh mamlakatlar toʼgʼri dizaynni ishlab chiqish uchun bir necha yillar sarflashdi. Soliqni joriy qilish uchun qancha vaqt zarurligi qisman uglerod soligʼi turiga ham bogʼliq. Masalan, ishlab chiqarish jarayoniga solinadigan (upstream tax) yoqilgʼi qazib olish boʼyicha soliq mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ancha kam vaqt talab etilsa, oʼlchash, hisobot berish va tekshirishni talab etadigan qayta ishlash jarayoniga solinadigan soliq (Downstream tax) mexanizmini ishlab chiqishga koʼproq vaht talab etiladi
Uglerod soligʼini joriy qilish jarayonining eng muhim bosqichi 2-bosqich boʼlib, uning tarkibiy elementlari yuzasidan qabul qilingan qarorlar oʼzaro taʼsir kuchiga ega. Masalan, uglerod soligʼi qaysi sohalarni qamrab olishi togʼridan-toʼgri uglerod soligʼi stavkasiga taʼsir oʼtkazadi. Bundan tashqari, soliq bazasi va stavkasi soliq tushumlarini beglilab berganligi sababli, ulardan qaysi yo`nalishda foydalanishga ham qisman taʼsir oʼtkazmay qolmaydi. 2-bosqich tarkibiy qismlarining oʼzaro taʼsirlarini yuqoridagi grafikning pastki qismida toʼliq koʼrish mumkin Uglerod soligʼini joriy qilish jarayonining eng muhim bosqichi 2-bosqich boʼlib, uning tarkibiy elementlari yuzasidan qabul qilingan qarorlar oʼzaro taʼsir kuchiga ega. Masalan, uglerod soligʼi qaysi sohalarni qamrab olishi togʼridan-toʼgri uglerod soligʼi stavkasiga taʼsir oʼtkazadi. Bundan tashqari, soliq bazasi va stavkasi soliq tushumlarini beglilab berganligi sababli, ulardan qaysi yo`nalishda foydalanishga ham qisman taʼsir oʼtkazmay qolmaydi. 2-bosqich tarkibiy qismlarining oʼzaro taʼsirlarini yuqoridagi grafikning pastki qismida toʼliq koʼrish mumkin
Soliq stavkasini aniqlash
Soliq stavkasini belgilash – uglerod soligʼini joriy qilishda davlat duch keladigan eng muhim qarorlardan biridir. Bu ikkita asosiy elementni oʼz ichiga oladi. Birinchidan, siyosatchilar uglerod soligʼining boshlangʼich stavkasini belgilash uchun asosiy meʼyorni tanlashlari kerak. Keyin ular kelajakdagi narxlar uchun traektoriyani belgilash yoki vaqt oʼtishi bilan stavkani toʼgʼirlashning aniq mexanizmini qabul qilish boʼyicha qaror qabul qilishlari kerak.
Potentsial kiruvchi taʼsirlarni oldini olish
Uglerod soligʼi baʼzida oʼz dizaynining bir qismi boʼlmagan, masalan, uglerod sarfini keltirib chiqaradigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu xavflarning paydo boʼlishi bir qancha omillarga bogʼliq va koʼp hollarda cheklangan boʼladi. Biroq, bu xavflar siyosatning muhim tashvishidir va hech boʼlmaganda uglerod soligʼi loyihalash jarayoniga kiritilishi kerak.
Modellar garchi noaniqlikka duch kelsa ham va faqat umumiy koʼrsatma sifatida ishlatilishi kerak boʼlsa ham, potentsial tarqatish taʼsirini prognoz qilishda foydali boʼlishi mumkin. Post-ekonometrik baholar, shuningdek, amalda taʼsirni baholash uchun ishlatilishi mumkin. Bu esa kiruvchi taʼsirlarni yumshatish boʼyicha vaqti-vaqti bilan tuzatishlar haqida maʼlumot berishga yordam beradi. Mamlakatlar, shuningdek, ayrim sohalar, kompaniyalar yoki aholi maxsus qoʼllab-quvvatlash choralariga muvofiqligini aniqlash uchun bir qator mezonlarni qabul qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar :
International Energy Agency. 2013. Energy Policies of IEA Countries: Sweden 2013 Review. OECD/IEA.
Sumner, J., L. Bird, and H. Smith. 2009. Carbon Taxes: A Review of Experience and Policy Design Considerations (Technical Report NREL/TP-6A2-47312). Washington, DC: National Renewable Energy Laboratory.
Do'stlaringiz bilan baham: |