Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayonining umumiy ko’rinishi
Byudjet daromadlarini rejalashtirish:
ekzogen ko’rsatkichlardan (masalan, kutilayotgan yalpi ichki mahsulothajmi, inflyatsiya darajasi, ...) foydalangan holda;
olingan ma’lumotlar va byudjet daromadlari o’rtasidagi ilgarikuzatilgan yoki iqtisodiy-matematik bog’lanish qonuniyatlaridan kelib chiqib(tuzilgan model yordamida);
endogen ko’rsatkichlarni (byudjet daromadlarini soliq turlari bo’yicha,hududlar kesimida, turli muddatlar uchun rejalarini) hisob-kitob qilishdan iborat.
Ushbu sohadagi adabiyotlar va bu jarayonni amaldagi holatiniumumlashtirgan
holda,byudjet daromadlarini rejalashtirishni bir necha bosqichlarga bo’lish mumkin.
Byudjet daromadlarini rejalashtirish bosqichlari
1-bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar yig’iladi. Bunda ma’lumotlar tegishli manbalardan (masalan, statistika idoralari,turlivazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari va h.k.) iqtisodiy-statistikko’rsatkichlar (korxona va tashkilotlarning foydasi, savdo korxonalarining Tovar aylanmasi, inflyatsiya darajasi, aholi real daromadlarining o’sish sur’atlari va boshqalar) olinadi.
2-bosqichda esa yig’ilgan ma’lumotlar rejalashtirish modelini tuzish uchunqayta ishlanadi.Masalan, ayrim ko’rsatkich dinamikasida real o’sishni aniqlashuchun haqiqiy ma’lumotlarni solishtirma narxlarga aylantirish talab qilinadi yoxudko’plab ma’lumotlarni tahlil qilgan holda o’rtacha ko’rsatkichlar hisoblanishimumkin.
Shuningdek, bu bosqichda ma’lumotlarning to’g’riligi va o’zaro muvofiqligio’rganib chiqiladi. Albatta, bu barcha olingan ma’lumotlarni qayta tekshiribchiqish degani emas, balki ma’lumotlar o’rtasida nomutanosibliklarni yokimantiqiy jihatdan shubha tug’diruvchi axborotlarni qayta ko’rib chiqishdan iborat.Zarur hollarda, haqiqiy ma’lumotlar o’rniga shartli ma’lumotlar foydalanilishimumkin.
3-bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun model (balki birnechta) tuziladi va bu tuzilgan model(lar) mavjud usullar orqali baholab ko’riladi.
4-bosqichda tuzilgan model yordamida kelgusi davr uchun rejako’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
5-bosqichda esa hisoblangan reja ko’rsatkichlari baholanadi.Bunda rejako’rsatkichlari o’tgan yildagi haqiqiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro solishtirib ko’riladi, zarur hollarda esa, qo’shimcha tahlillar o’tkaziladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’nlab daromad turlarini (soliq vayig’imlar) hududlar kesimida va har xil davrlar uchun (yillik, choraklik, oylik)ko’rsatib o’tilgan bosqichlarda rejalashtirish o’ziga xos murakkab va ko’plabomillar va hisob-kitoblarni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shuningdek, har birbosqichda amalga oshirilgan hisob-kitob va xulosalar sifati keyingi bosqichnatijalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi sababli, byudjet daromadlarini to’g’ri vasifatli rejalashtirish uchun bu jarayonning har bir qadamiga mas’uliyat bilanyondashish talab qilinadi.Byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiyko’rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Masalan, yalpi ichki mahsulot hajmi va iqtisodiyotdagi narxlar o’sish darajasi byudjetdaromadlariga katta ta’sir ko’rsatishi sababli, ushbu ko’rsatkichlarni to’g’rirejalashtirish davlat xazinasiga kelib tushadigan mablag’lar miqdorini to’g’ribaholay olish imkonini beradi. Qolaversa, yirik soliq to’lovchi korxonalarningishlab chiqarish hajmlari prognozining to’g’ri tuzilishi va o’z vaqtida O’zbekistonRespublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |