Davlat moliya statistika tizimi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BYUDJETI DAROMADLARI TAHLILI
Bajardi: Ro’ziyev RahmiddinRamazonovich,
I-161-19 guruh talabasi.
Ilmiy rahbar: Husainov O.
Qarshi-2021
MUNDARIJA:
KIRISH
1. Byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni.
2. O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslari.
3. Davlat byudjeti daromadlari manbalarining tahlili.
4.Davlat byudjetida soliqlarning ulushi va uning tahlili.
5.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishni samarali tashkil etish yo’llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Byudjet daromadlari davlat vazifalarini bajarish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush farovonligini yaxshilash kabi jamiyatdagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishning moliyaviy asosihisoblanadi. Qolaversa, byudjet daromadlarining shakllanishida muhim o’rin tutuvchisoliq siyosati ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Shu sababli soliq siyosatini yanada takomillashtirishning prinsipial ustuvor vazifa sifatida belgilanishi, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ustuvor vazifalarning bajarilishi aynan soliq siyosatini takomillashtirish bilan bevosita bog’liq hisoblanadi.
Shu o’rinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joiz : “… Birinchidan, 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.…Qanchalik qiyin boʻlmasin, biz har yili Investitsiya dasturi doirasida katta mablagʻ ajratib, bu yoʻnalishdagi ishlarni albatta jadal davom ettiramiz. Bunga qoʻshimcha ravishda respublika va mahalliy byudjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga yoʻnaltirish – Moliya vazirligi va hokimlar uchun joriy yildagi asosiy vazifalardan biri boʻlishi kerak.
… Ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam taʼminlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish, byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash zarur”1.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar o’tgan yil davomida amalga tatbiq etildi va bu jarayon davom etmoqda. Lekin , faqatgina bular bilan cheklanmasdan, yanada aniq va shaffof ishlashimiz uchun joriy yil uchun ham oldimizdagi vazifalar ham ta’kidlab o’tildi :
“ … Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, shu jumladan, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida:
a)joriy yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda har bir hududda bittadan tuman (shahar) byudjetini shakllantirishda xarajatlarning kamida 5 foizini bevosita aholining fikr-mulohazalarini inobatga olib, mahalladagi muammolarni hal etishga yo‘naltirish tartibi eksperiment tariqasida joriy etilsin; … ” 2
Do'stlaringiz bilan baham: |