Davlat moliya statistika tizimi. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi4



Download 1,88 Mb.
bet3/14
Sana11.06.2022
Hajmi1,88 Mb.
#655832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi4
O’zbekiston RespublikasiDavlat byudjeti
byudjeti

Respublika byudjeti

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy byudjetlari

Qoraqalpog’iston
Respublikasi
umumrespublika byudjeti

Toshkentshahritarkibidagitumanlarbyudjeti

Qoraqalpog’iston
Respublikasi tarkibidagi
tumanlar va shaharlar
byudjeti




Umumviloyatbyudjetlari

Toshkent shahriumumshaharbyudjeti






Viloyatlar tarkibidagitumanlarva shaharlar byudjeti

Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardanfoydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi. 5


Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yokimilliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari,jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot,boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigantaqsimlash vositasidir.
Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviymunosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularningbarchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioyaqilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.
Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardanfoydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatiningbarcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ularo’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti(vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliyayordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldisotdilarnatijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlatbyudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiymahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. FaqatDavlat byudjetidantashqarida,byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uchbosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularningnisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pulmablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilaro’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi.Bu munosabatlar, asosan,majburiylik xarakteriga egadir.Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlariningxarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’laralohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasihozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lummaqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’niumumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalgaoshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichkibyudjet jarayonidek ko’rinadi.Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiymunosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi.Bu bosqichda jamiyatdagibarcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har birma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda anashu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan moskelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyativujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib,murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiybo’linmalarining barchasi ishtirok etib,ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali
bu mablag’larni oladi.
Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, birmulkchilik shakli doirasida
byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayoniningoxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi.
Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga asoslanadi.
Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlarning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasinikuzatishimiz mumkin.Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjettizimining asosiy kismi sifatida o’zida 14 ta mustaqil byudjetnimujassamlashtiradi.
Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pulresurslarini to’plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga xarajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali daromadning ma’lum qisminito’plash va uni qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tiziminingtaqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi.
Respublika va mahalliy davlat organlari byudjet munosabatlari orqali taqsimlangan daromadni o’z ixtiyorga oladi va aniq belgilangan maqsadlarga yo’naltiradi.Byudjet moliya resurslarini kerakli sohava byudjet moliya resurslarini kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiysiyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilanbyudjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviymunosabatlarni bildiradi.
Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq20:

  • XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;

  • soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;

  • davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni)samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larningbarqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjetdaromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;

  • byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu boradagi adabiyotlar sharhi shuni ko’rsatadiki, xorijiy olimlar va mutaxassislar ham byudjet daromadlarini rejalashtirish moliyaviy siyosat yuritishda asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishgan.

Xususan, Xalqarovalyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va AnnetteKyobelarning qayd etishicha, byudjet daromadlari rejasini qayta ko’rib chiqishbyudjet xarajatlari va boshqaruvda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi,moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova iqtisodiyotnisamarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida xulosaga kelgan.Umuman olganda, iqtisodiy adabiyotlar mazkur masalaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy ishlar va maqolalar mavjud bo’lib, ularda byudjet daromadlarini rejalashtirish atroflicha o’rganilgan va muhim ahamiyatga ekanligiga baho berilgan. Joriy yilda byudjet daromadlari to’g’rirejalashtirilmaganligi oqibatida
Bolgariyada va Ukrainada tasdiqlangan byudjet qayta ko’rib chiqilayotganligi va bu bilan bog’liq qator muammolar yuzagakelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir
Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy jihatdan iqtisodiymodellashtirish deb atash mumkin.Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyutomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida mualliftomonidan ishlab chiqilgan quyidagi chizma orqali byudjet daromadlarini rejalashtirishmodelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish