Davlat maqsadli fondlarini shakllantirish manbalari2
O’zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlatning maqsadli jamg’armalaridan Pensiya jamg’armasining hozirgi faoliyati holatini hamda istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishimiz talab etiladi
Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo’qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir. Pensiya tizimi sug’urta asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan pul mablag’lari fondidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya fondlari uchun daromad manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi, mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit tashkiloti va byudjetdan tashqari ekanligi hamda ijtimoiy sug’urtaning muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir. Ijtimoiy sug’urtaning majburiy shakllari bo’yicha sug’urta badallarini belgilash uchun quyi va yuqori chegarada chegaralangan, yo’qotilgan ish haqini kompensatsiyalash darajasi asos bo’lib xizmat qiladi. Sug’urta badallarini shakllantirish uchun moliyalashtirishning me’yoriy tartibi qo’llaniladi. Sug’urta badallari miqdori ish haqi fondiga tarif sifatida belgilanadi. Sug’urta badallarini hisoblash ish haqidan amalga oshiriladi, uning darajasi qonun bilan belgilab qo’yiladi, bu chegaradan oshadigan ish haqidan sug’urta badallari olinmaydi. Belgilangan miqdordagi to’lovlar bo’yicha tarif, shuningdek soliq solinadigan ish haqi darajasi ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar miqdorini belgilaydi.
To’lovlarni olishga qat’iy ishonch ishlovchini mehnat unumdorligini oshirishga intilishini susaytiradi, degan g’oyalar asosli emas. Ishlovchilarning pensiya jamg’armasiga to’lovlari, iqtisodiy nuqtai nazardan ularning ish haqining bir qismidir. U kishi kuchining qiymatiga kiradi, ammo to’lovlar institutsional muayyan kechiktirilgan muhlatda amalga oshiriladi. Bu ishlovchilarning pensiya jamg’armasiga qo’ygan va qaytarilishi lozim bo’lgan o’ziga xos maqsadli ulushi, omonatidir.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari3:
manbalar turlari bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va
boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilinishini;
manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek Jamg’arma bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini;
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari
qo’llanilishini;
Do'stlaringiz bilan baham: |