Davlat maqsadli va byudejetdan tashqari jamg’armalarni daromadi va harajatlari
Reja:
1. Davlat maqsadli fondlarini tashkil etish
2. Davlat maqsadli jamg’armalari
3. Davlatning maqsadli fondlarini
Davlat maqsadli fondlarini tashkil etishning zaruriyati aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta’minoti), kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini hisobga olib, imtiyozlar va afzalliklar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam, oziq-ovqat, yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta’minlanadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir1:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari:
yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to’lash xarajatlarining o’rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o’rni qoplanadigan mablag’lar tushumining bir qismi, O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari, majburiy to’lovlar, badallar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning o’rnini qoplash uchun to’lanadigan nazarda tutilgan mablag’lar, vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.
1995 yildan boshlab davlat byudjetiga mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltirilganligi saqlangan holda davlat maqsadli byudjetdan tashqari fondlar jamlandi. Ushbu tartib barcha davlat mablag’larini hukumat fiskal organlari nazorati asosida jamlanishiga ko’mak beradi.
Hozirgi vaqtda jamlangan byudjet tarkibiga 7 ta maqsadli fondlar kiradi:
Jahon tajribasida davlatning maqsadli fondlarining juda ko’p turlari mavjud va bu ularni ikki katta guruhga ajratish mumkin:
-ijtimoiy yo’naltirilgan fondlar (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug’urta fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash umummilliy fondlari);
-iqtisodiy yo’naltirilgan fondlar (o’z yo’nalishi va manbalariga ega).
. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy fondlarga Pensiya Fondini, Bandlikka ko’maklashuvchi davlat fondini va boshqa nodavlat fondlarini (“Nuroniy”, “Mehr nuri”, “Sen yolg’iz emassan” fondlari) kiritish mumkin.
Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlar jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy fondlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |