Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil aprel oyida malaka oshirish bo'yicha
Qo’qon shahar
Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
__-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
___________________________NING
“Intellektual anglash malakalari kichik soxasi bo’yicha ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish” mavzusidagi
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Ilmiy raxbar: G’aniyeva V.
Qo’qon-2022
Mavzu: Intellektual anglash malakalari kichik soxasi bo’yicha ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish
Kirish.
Asosiy qism.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida intellektual anglash malakalari shakllantirishning nazariy asoslari
Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida intellektual anglash malakalari shakllantirish metodik muammo sifatida.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning intellektual anglash malakalari rivojlantirishning hozirgi holati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Bunga sabab bir jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berishda o‘quv vositalari, shart–sharoitlarning yetarli emasligi bo‘lsa, ikkinchidan, metodik jihatdan yetuk bilimli, tajribali mutaxassislarning yetishmasligidir. Maktabgacha ta’lim muammolari bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik, ilmiy-usuliy jihatdan asoslanmaganligidir. “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga binoan sohadagi muammolarni bartaraf etish va 6 yoshli bolalar uchun majburiy bir yillik bepul umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorlash bilan to’liq qamrab olinishning ta’minlanishi va ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlab berish vazifalari ko’zda tutadi. Shu sababli biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari” deb tanladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |