Davlat byudjeti tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari



Download 74,26 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi74,26 Kb.
#721818
Bog'liq
8-bet

Davlat byudjeti tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari.

Oʼzbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari:

byudjet tasnifi tizimi, xisob-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;


• byudjet tuzilishining Oʼzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
• turli darajadagi byudjetlarning oʼzaro bog’liqligi;
• davlat byudjetining balansliligi;
• davlat daromadlarining manbalar boʼyicha va xarajatlarini yoʼnalishlari (moddalari) boʼyicha rejalashtirish;
• davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’’ doirasida sarflash;
• barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi.

Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʼrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi xisobini yuritish Oʼzbekiston Respublikasining milliy valyutasi – soʼmda amalga oshiriladi.

Byudjet tizimiga rahbarlikni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Maxkamasi, Moliya vazirligi olib boradi. Oʼzbekiston Respublikasida byudjet tizimini Moliya vazirligi boshqaradi. Moliya vazirligi yagona byudjet siyosatini taʼminlaydi, davlat byudjeti resurslarini davlat byudjetiga muvofiq rejalashtirishni va moliya muassasalariga uslubiy rahbarlikni olib boradi.

Byudjet tizimini boshqarishni Oʼzbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillariga muvofiq moliya organlari va bank muassasalari amalga oshiradilar.

Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi – daromadlar va xarajatlarni tasnif obʼektlariga guruhlovchi xos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash koʼrsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.

1999 yilga qadar asosan sobiq Ittifoqda qoʼllanilgan tasnifdan foydalanildi. Byudjet qisimlar, boʼlimlar va moddalarga boʼlinib, umumlashgan funksional va iqtisodiy tasnif belgilariga ega edi. Bu tasnifning batafsil bayoni xalqaro standartlarga muvofiq xisobotlar taqdim etish yoki milliy xisob varaqalar tizimiga mos kelishi jixatdan talabga javob bermas edi. Yangi tasnifni amalga kiritish bilan bu kammchilikka barxam berildi va yangi tasnif 2000 yil byudjetga nisbatan qoʼllanildi. Natijada yangi tasnif taxlil imkoniyatlarini kengaytirdi va byudjet mablag’’larini 4 asosiy toifaga boʼlib, ulardan foydalanishda zaruriy moslanuvchanlikni taʼminladi. Bular ish haqi, ijtimoiy toʼlovlar, kapital qoʼyilmalar va boshqalar.


Byudjet tasnifi – Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdir.
Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, koʼrib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet maʼlumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet maʼlumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday maʼlumotlari bilan qiyoslanishini taʼminlaydi.
Byudjet tasnifi:
• davlat byudjeti daromadlari tasnifini;
• davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi jihatidan (funksional), tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
• davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini oʼz ichiga oladi.

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turlari va manbalari boʼyicha guruhlashdan iborat.


Davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi jixatidan tasnifi xarajatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar boʼyicha guruhlashdan iborat boʼladi.

Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi xarajatlarni xoʼjalik yurituvchi subʼektlar turlari va byudjetdan ajratiladigan mablag’’lar ularni bevosita oluvchilar oʼrtasida taqsimlanishni aks ettiruvchi tadbirlar boʼyicha guruhlashdan iborat boʼladi.


Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi xarajatlarni toʼlovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari boʼyicha guruhlashdan iborat boʼladi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari boʼyicha guruhlashdan iborat.

Byudjet tasnifi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Byudjetni rejalashtirish - davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi byudjetlar va nobyudjet jamg’armalarini tuzish va ijrosi jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatini moliyaviy tizim boʼginlari oʼrtasida markazlashtirilgan rejalashtirishdan iboratdir. Byudjetni rejalashtirish davomida moliya mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarining asosiy iqtisodiy va sifat koʼrsatkichlariga hamda tabiiy, moddiy, mehnat, moliya resurslaridan samarali foydalanish zaxiralarini topishga faol taʼsir koʼrsatadi.

1.Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyillari.
Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyllari quyidagilardan iborat:
• byudjet masalalarini yagona xuquqiy normalar bilan tartibga solinishi;
• byudjet mablag’lari yoʼnalishlarining aniq manzili va maqsadli xarakteri;
• yillik byudjetni rejalashtirishning uzluksizligi;
• moliyaviy koʼrsatkichlarning (meʼyorlar, solik stavkalari, smetlar) barqarorligi;
• balans usuli.

Byudjetni rejalashtirish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Byudjetni rejalashtirish turli darajadagi byudjetlarni tuzish va ijro etish tartibi, uning meʼyoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosiy tarzida byudjet jarayonini, shuningdek mamlakat byudjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham oʼz ichiga oladi. Byudjet boʼyicha rejalashtirish asoslari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.
Byudjet jarayoni byudjetni rejalashtirishning asosiy shakli sifatida hokimiyat organlarining davlat byudjeti va unga kiradigan byudjetlarni tuzish, koʼrib chiqish, qabul qilish, ularning ijrosini nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi haqidagi xisobotlarni tasdiqlash boʼyicha qonun hujjatlari bilan tartibga solingan faoliyatidan iborat.
Byudjet jarayoni byudjet faoliyatining 4 bosqichini qamraydi:
• byudjet loyihasini tuzish;
• byudjetni koʼrib chiqish va tasdiqlash;
• byudjetni ijro etish va uning ijrosini nazorat qilish;
• byudjet ijrosi toʼg’risida xisobot tayyorlash va uni tasdiqlash.

Byudjet orqali tartibga solish, yaʼni moliya resurslarini turli darajadagi byudjetlar oʼrtasida qayta taqsimlash byudjet jarayoning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirligi har yili Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:
- Tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari loyixalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga;
• byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet soʼrovi yuboradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari byudjet soʼrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjet loyixalarini tuzish, ushbu loyixalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari karorlar kabul kilingandan keyin uch kunlik muddat ichida:


• tegishli byudjetlar loyixalarini tayyorlash uchun tuman va shahar hokimliklari;
• Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va maxalliy byudjetlardan byudjet mablag’lari olishga buyurtmalar tuzish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va Mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet soʼrovlari yuboradi.

Viloyatga boʼysinadigan shaharlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar hokimlari byudjet soʼrovi olingandan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tarkibi va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar kabul qiladi.


Tuman va shahar hokimlarining moliya organlari ushbu karorlar kabul kilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shahar larning byudjetlaridan byudjet mablag’lari olish asosli buyurtmalar tuzish uchun - shu shahar va tuman byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilarga byudjet soʼrovlari yuboradi.

O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk bir davlat bo’lib yetishishi maʼlum jihatdan hozirgi kunda taʼlim-tarbiya olayotgan yoshlarga bog’liqdir. Ular ongiga hamma xildagi tarbiyani singdirish bilan bir qatorda, iqtisodiy tarbiyani qo’shib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzuda moliya tizimining bir bugini bo’lgan davlat byudjetining klassifikatsiyasi, byudjet tasniflanilishning tashkiliy huquqiy iqtisodiy asoslarini ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlariga o’tib borish jarayonida byudjetning ham daromadlar va ham xarajatlar qismining keskin tarkibiy o’zgarishini kuzatishimiz mumkin.


Umumdavlat xarajatlari byudjet orqali moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti, bu umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida hosil bo’luvchi va sarflanuvchi moliyaviy resurslarni anglatadi. U daromad va harajat qismlaridan iborat bo’ladigan. Byudjetning daromad qismini aniklashtirishda, mulk shaklidan qatʼiy nazar, hamma iqtisodiy subʼektlar ishtirok etadilar, ularning ishtiroki soliqlar to’lash shaklida yuz beradi. Byudjetning xarajatlari - umumdavlat moliya fondini tashkil etgan tushumlarini taqsimlanib, maʼlum maqsad yo’lida ishlatilishidir.

Byudjet xarajatlari ishlatilishiga karab, turt xil buldi:


• ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ketadigan sarflar, xususan, investitsiya sarflari ;
• sotsial-madaniy sarflar, yaʼni davlatga qarashli sotsial-madaniy xizmat soxalarini, chunonchi sog’likni saqlash, sotsial-taʼminlash, maorif va madaniyatni pul mablag’lari bilan taʼminlab turish sarflari ;
• davlat boshqaruvi xarajatlari yoki har xil toifadagi davlat idoralari xarajatlari ;
• mamlakatni mudofaasini tashkil qilish yoki harbiy harajatlar. Byudjet daromadlari xarajatlarni qoplashi shart.
Moliya tarixiy harakterga ega bo’lgan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U bozor munosabatlari sharoitida davlatining vazifalari rivojlanib borishi taʼsiri ostida vujudga kelgan.
Moliya munosabatlari pul munosabatlarining bir qismi bo’lib, davlat byudjeti, jamoatchilik fondlari, davlat valyuta rezervlari, firmalar, tashkilotlar, tijorat qurilmalari va shunga o’xshashlarning yo’l fondlari va boshqa maxsus fondlar moliya tizimining asosiy bo’g’inlarini tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi byudjet huquqi xali shakllanish boskichidadir.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlar qatori, bizning mamlakatimizda ham byudjet daromadining salmoqli qismi soliqlar va soliq vazifasini bajaruvchi to’lovlar, yig’imlar hisobidan shakllanadi. Rivojlangan horijiy mamlakatlar tajribasidan maʼlumki, bizning endigi asosiy vazifamiz qonunchilikka asoslangan holda davlat byudjetiga soliqlar va yigimlarni o’z vaqtida va to’laligicha tushib turilishini taʼminlashdir.
Byudjet taqchilligi bo’yicha jahon andozalariga mos keladigan ko’rsatkichlarimiz, yaʼni YaIMga nisbatan bor yug’i 1 foizga teng bulib, ushbu kamomad milliy valyutamizning inflyatsiya darajasiga to’g’ridan-to’g’ri taʼsir qilmaydigan manbalar hisobidan qoplanishi ko’zda tutilgan.
Jumladan: muomalaga davlat muddatli g’aznachilik obligatsiyalari chiqarish hisobidan va davlat mulkini xususiylashtirish hisobidan moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan odilona soliq siyosati, soliq tizimining sezilmas nuqsonlarsiz xayotga tadbiq etilishiga asos yaratmoqda, pirovardida byudjet daromadi soliqlar va yig’imlarning o’z vaqtida va to’lig’icha shakllanishiga erishilmoqda.


Davlat va mahalliy daromadlar yagona tizimning tarkibiy qismlari sifatida muayyan belgilariga ko’ra tasniflanishi mumkin:
Ijtimoiy - iqtisodiy belgisiga ko’ra:
• davlat korxona daromadlari, davlat mulki, davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar;
• nodavlat korxona, tashkilotlar daromadlaridan;
• qo’shma korxonalar daromadidan;
Xududiy darajasiga ko’ra:
• markaziy davlat daromadlari;
• mahalliy idoralar dromadlari;
Yuridik xususiyati va shakliga ko’ra:
soliqlar;
soliqdan tashqari to’lovlar;
To’planish uslubiga ko’ra:
• majburiy to’lovlar; (soliq va soliqdan tashqari )
• ixtiyoriy to’lovlar; (lotoreya, zaem, obligatsiyalar )
Mulkchilik munosabati nuqtai-nazaridan:
• qaytib bermaslik sharti bilan olinadigan;
• vaktincha olinadigan , qaytarilib beriladigan ;
Shakllanish va foydalanish tartibiga ko’ra:
• markazlashtirilgan fondlar;(davlat va mahalliy byudjetlarga jamlanadigan).
• markazlashtirilmgan daromadlar; (korxonalar tasarrufida qoladigan).
Davlat va mahalliy byudjetlarning daromad manbalari odatda maxsus maqsadlarni ko’zlamaydi hamda muayyan davr uchun zarur bo’lgan extiyojlarga va dasturlarning bajarishiga sarflanaveradi. Аmmo ayrim to’lovlar muayyan maqsadlar yo’lida sarflanishi belgilab qo’yilishi mumkin. Masalan, yer solig’i davlat byudjetiga kelib tushadi va undan faqat yerdan foydalanish extiyojlari uchungina foydalanilmog’i kerak.

Shu bilan birga 90-yillarning boshlarida davlat va mahalliy mablag’lar xisobiga turli tuman maqsadli fondlar:


1.Nafaqa fondi;
2.Yo’l fondi;
3.Ekologiya fondi kabilar vujudga kela boshladi.
Shunday qilib, davlat daromadlari:
1.Keng maʼnoda byudjet tizimlari, byudjetdan tashkari davlat daromad fondlari, davlat korxonalarining fondlarini ;
2. Tor maʼnoda esa davlat xazinasiga to’lanishi va kelib tushishi lozim bo’lgan daromadlarni aks ettiradi.
Davlat byudjeti daromadlari:
• qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar, shuningdek majburiy to’lovlar hamda soliq bo’lmagan boshqa tushumlar;
• davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlar joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
• qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, xadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
• yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
• rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi;
• qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

4. Iqtisodiy isloxatlarning hozirgi bosqichlarida byudjet daromadlari va xarajatlari tasniflanishini optimallashtirish.


Xarajatlarni Davlat byudjetidan mablag’ bilan taʼminlash. Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat byudjetidan mablag’ bilan taʼminlanadi:
Ish haqi va unga tenglashtirilgan tulovlar, xarajatlarning mazkur guruhiga xarajatlar iqtisodiy tasnifnomasining 01-1-00, 03-4-10, 03-4- 20, 03-4-25, 03-4-30, 03-4-40 xarajat turlari kiradi.
ii.
Ish xakiga kushimchalar , mazkur guruhga iqtisodiy tasnifnomaning 01-2-00 xarajat turlari kiradi.
iii.
Kapital kuyilmalar, mazkur guruhga iqtisodiy tasnifnomaning 04-2-00, 04-3-00 xarajat turlari kiradi.
iv.
Boshka xarajatlar, mazkur guruhgА iqtisodiy tasnifnomaning 01-300, 01-4-00, 01-5-00, 01-6-00, 01-7-00, 01-8-00, 01-9-00, 03-1-00, 03-3-00, 03-4-00, 03-4-45, 03-4-90, 03-5-00, 04-1-00, 04-4-00, 04-5-00,

05-0-00, 06-0-00, 07-1-00, 07-2-00, 07-3-00, 08-1-00,

08-2-00, 08-3-00, 09-1-00, 09-2-00, 10-0-00

xarajat turlari kiradi.

Mablag’ bilan taʼminlash byudjet ijrosi jaraenida xarajatlar ruyxati va smetasiga kiritiladigan uzgartirishlarni xisobga olgan xolda tegishli yeshi uchun tasdiklangan byudjet parametrlarini hamda byudjet tashkilotlaring xarajatlar smetalarni muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar buyicha taksimlangan yillik ruyxatiga binoan amalga oshiriladi .

Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda mablag’ bilan taʼminlanadi. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ utkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taʼkiklanadi.

Kapital kuyilmalarga ajratmalar joriy byudjet yili uchun tasdiklangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq kurilishlarning anik ruyxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.

Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda mablag’ bilan taʼminlanadi. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ utkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taʼkiklanadi.

Kapital kuyilmalarga ajratmalar joriy byudjet yili uchun tasdiklangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq kurilishlarning anik ruyxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.

Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va maxalliy byudjetlardan mablag’ bilan taʼminlash smetalarga va byudjet xarajatlari ruyxatlariga, ular kiritilgan uzgartirishlarni xisobga olgan xolda, shuningdek oldingi xisobot davri uchun belgilangan baxolash kursatkichlarining bajarilishiga muvofiq xar oyda amalga oshiriladi.

Kapital kuyilmalarni va boshka xarajatlarni mablag’ bilan taʼminlash byudjetga mablag’lar tushumiga karab xar oyda amalga oshiriladi.

Byudjet tashkilotlarini:

1.
Respublika byudjetidan mablag’ bilan taʼminlash-O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida belgilangan shakldagi xarajat jadvallari va xarajatlarning xar bir guruhi buyicha bir satrda mablag’ utkazish uchun tulov kogozi bilan rasmiylashtiriladi.
2.
Maxalliy byudjetlardan mablag’ bilan taʼminlash -tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning xar bir guruhi buyicha I guruh xarajatlaridan tashkari, bir satrda mablag’ utkazish uchun tulov kogozi bilan rasmiylashtiriladi.

Byudjet tashkilotlarining xarajatlari mablag’ bilan taʼminlashda yangi byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi debitorlik karzlar kreditorlik karzlardan ortik summasi va byudjet tashkilotlarining xisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi xolatiga kura tovar moddiy boyliklarning normativdan ortik koldigi summasiga kamaytiriladi

Tayanch suzlar: Byudjet tuzilishi, konfederativ davlatlar, byudjet tasnifi, byudjetni rejalashtirish, byudjet loyixasi, davlat daromadlari, xarajatlarning iqtisodiy tasnifi.

Nazorat savollari.


1. Davlat byudjetining tuzilishi asoslari va byudjet tizimi strukturasi nimalardan iborat?

2. O’zbekiston respublikasi byudjet tizimi va uning xususiyatlari txgrisida gapirib bering.

3.Davlat byudjeti tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

4. Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyllari.

Аdabiyotlar.

1.
Davlat moliya tizimi. Normativ-xuquqiy hujjatlar tuplami. 1-jild. Toshkent. «O’zbekiston » 2002 yil.
2.
Davlat moliya tizimi. Normativ-xuquqiy hujjatlar tuplami. 2-jild. Toshkent. «O’zbekiston » 2002 yil.
3.
Davlat moliya tizimi. Normativ-xuquqiy hujjatlar tuplami. 3-jild. Toshkent. «O’zbekiston » 2002 yil.
4.
Sharifxujaev, M. O’zbekiston Respublikasida byudjet jarayoni: Ukuv kull. - T.: kuvasoy, 2003. - 267 b.
5.
Polyak G.B. «Byudjetnaya sistema Rossii», M.: YuNITI, 2001.
6.
Romanovskiy V. «Byudjetnaya sistema Rossiyskiy Federatsii», M.: YuNITI, 1999.
7.
http:www. finansy.ru.

5-MАVZU. Solikka tortishning asoslari va O’zbekiston Respublikasida solik tizimining shakllanishi.


Reja:

1.
Bozor iqtisodiy otini shakllantirish va rivojlantirishda davlatning asosiy funktsiyalari.
2.
Soliqlarning iqtisodiy moxiyati, zarurligi va funktsiyalari.
1.
O’zbekiston da soliqlarning tuzilish asoslari.
1.
O’zbekiston Respublikasida solik tizimi.

Tayanch suzlar.

Nazorat savollari.

Аdabiyotlar.


1. Bozor iqtisodiy otini shakllantirish va rivojlantirishda davlatning asosiy funktsiyalari.


Mustakil O’zbekiston bozor iqtisodiy otiga utishni ishlab chikarish vositalariga mulkchilikning yagona davlat shakli xukm surgan rejalashtirilgan xujalik tizimidan boshladi. Isloxat yillarida davlat organlarining tuzulishi tubdan uzgardi. Respublikaning iqtisodiy otida xam juda muhim uzgarishlar yuz berdi. Isloxatlarning ikkinchi boskichida iqtisodiy otda xam xususiylashtirish natijasida, xam tadbirkorlik tashabbusi uchun imkoniyatlar yaratib berish xisobiga mulkchilikning nodavlat xususiy shakllari karor topmokda. O’zbekiston ning barqarorligi va uning istikbollariga ishonib, respublikaning ochik iqtisodiy otiga bir yarim mingdan ortik chet ellik investorlar uz mablag’larini olib kirdi. Isloxotlar davrida davlat boshqaruv i vazifalarining tabiatiga karab, ularni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifa aynan utish davri bilan boglik vazifalarni uz ichiga oladi. Ikkinchi toifaga bozor mexanizmlarini tuzatish va tuldirish bilan boglik vazifalar guruhi kiradi.

Birinchi guruhni ustun yulanishlari jumlasiga xuquqiy bazani yaratish hamda xususiylashtirilgan mulkni vujudga keltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, monopoliyadan chikarish hamda rakobatlashuv muxitini shakllantirish uchun sharoitlar taʼminlash kiradi.

Ikkinchi guruh bozor iqtisodiy oti xukm surgan xar kanday davlatga xos bulgan resurslarni taksimlashga tuzatish kiritish, daromadlarning bir kismini ijtimoiy dasturlarga muvofiq kayta taksimlash, umuman butun davlat barqarorligini tarkibiy kismi ularok iqtisodiy barqarorlikni taʼmirlashni uz ichiga oladi.

O’zbekiston Respublikasining xozirgi bozor iqtisodiy oti aralash iqtisodiy tizim bulib, unda bozor mexanizmi davlatning xujalik jarayonlarini tartibga solishi bilan uzaro xamkorlik qiladi. Bozor mexanizmi erkin tanlash, rakobat va narxlar tizimi orqali ishlab chikaruvchilar hamda isteʼmolchilar manfaatlarini shunday birlashtirish imkonini beradiki, ular bir-birlariga kuz tikkan xolda kelishib xarakat qilishga majbur buladiganlar. U fan texnika yutuklarini ishlab chikarishga joriy etishni ragbatlantiradi, bu esa xarajatlarni kamaytirishga, maxsulot sifatini oshirishga, taklif kilayotgan tovarlar va xizmatlar assortimentini kengaytirishga olib keladi. Bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni okilona taksimlash va ishlatish maqsadida investittsiya okimlarini kullab turadi hamda ragbatlantiradi, bunda tovar ishlab chikaruvchilar rakobatining kattikkul jarayoni tovar va xizmatlarni bozordagi muvozanat narxlarida ishlab chikarish va sotishga kodir bulgan shaxslarni maydonga chikaradi. Bu jarayon obʼektiv ravishda, yukoridan kursatmalar kutmasdan amalga oshiriladi. Birok bozor uz funktsiyalarini samarali bajara olishi uchun iqtisodiy munosabatlar bir talay katnashchilarining bozorga erkin kirish va undan erkin chiqishi, ular xar birining tulik xajmda tijorat axborotlari bilan taʼminlanishi, barcha resurs turlarining mutlok xarakatchanligi, talab, narx, taklif zanjiri buyicha narx belgilash, inflyatsiya, ishsizlik va yakkahokimlik bulmasligi takazo etadi. Sanab utilgan omillar tulik xajmda takim etilmaganligi tufayli davlat tomonidan boshkarishga zarurat paydo buladigan.

Davlat, odatda, uz zimmasiga quyidagi funktsiyalar bajarilishini oladi.



1.
Bozor tizimini saklash: xukumat rakobatni ragbatlantirish va ximoya qilishga karatilgan rakobat siyosatini utkazadi; bu xolda u bozorni ximoya kilib, xujalik faoliyati koidalarini belgilaydi, ishlab chikaruvchilarni bozordagi sharoit va iqtisodiy otning xolati tugrisidagi axborot bilan taʼminlaydi, xujalik nizolarini kurishda xakam buladigan.
2.
Ijtimoiy neʼmatlarni, yaʼni bulgan extiyojlar talabda mujassamlanmaydigan tovar va xizmatlar ishlab chikarilishini taʼminlash. Bu narsa quyidagi shartlarga javob beradigan tovarlarga taʼluklidir: a) ular axoliga zarur, lekin xususiy sektor tomonidan yetarli mikdorda yaratilmaydi; b) agar isteʼmolchi uning uchun pul tulashdan katʼiy nazar ushbu tovarni olishini bilsa, zarur tovarga talab takdim etilmaydi; v) mazkur tovar ushbu isteʼmolchiga boshka xar kanday isteʼmolchiga kelib tushadigan mikdorda kelib tushishi kerak; g) tovar yoki xizmat birgalikda isteʼmol kilinishi kerak; d) yakka tartibdagi isteʼmol xajmi urtacha jami xajmga teng bulishi kerak (xar bir kishi barcha isteʼmol qiladigan xajmda tovarni isteʼmol qiladi). Bunday ijtimoiy neʼmatlarga milliy mudofaa, davlat boshqaruv i, tartibni muxofaza qilish, jamoat maktablari, yagona energetika tizimi, fundamental fan, davlat soglikni saklash tizimi va xokazolar kiradi.
3.
Аtrof muxitni, xususan xujalik faoliyatining zararli kushimcha okibatlaridan muxofaza qilish. Bozor mexanizmi korxonaga va insonga yetkazilgan zarar, tutundan ifloslanish, shovkin-suron, chikindilar va xokazo zararlar uchun tadbirkorni xak tulashga majbur etadigan tizimini yaratmadi. Ishlab chikaruvchi yoki isteʼmolchi isteʼmol kilingan maxsulot urov kogozlari, paket va xokazolarni yuk qilish va ulardan tozalash mexanizmi xam mavjud emas. Shuning uchun zararli kushimcha (bozor tizimidan tashkarida yuz beradigan) okibatlarning taʼsirini cheklash vazifasi xukumat zimmasiga tushadi.
4.
Daromadlarni taksimlash. Davlatning ushbu funktsiyasi daromadlarni taksimlash, axoli daromadlarining darajalarini tenglashtirish, jamiyatning kam taʼminlangan katlamlarini(ishsizlar, mehnatga nokobillar, pensionerlar va x. k.) kullab-kuvvatlash bilan boglangan. Iqtisodiy otga davlat aralashuvining xatto eng ashadiy muxoliflari xam kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solish, axolining eng kup ximoyalanmagan katlamlariga yordam berish, jamiyatni boylar va kambagallarga ajratadigan tengsizlikni yumshatish, minimal yashash mikdorini taʼminlash uchun ijtimoiy kayta taksimlash siyosatini obʼektiv jixatdan zarurligini eʼtirof etadilar.
5.
Iqtisodiy otni barqarorlashtirish. Bozor iqtisodiy otining rivojlanishi chiklik xususiyatga ega: yuksalish davrlari tushkunlik davrlar bilan almashganda amaliy faollik kuchayadi va kamayadi. Аgar bu uzgarishlar kuchaysa, butun axoli aziyat chekadigan ishsizlik va pulning kadrsizlanishi kuzga tashlanadi. Shu sababli makroiqtisodiy nobarqarorlikni bartaraf etish davlat barqarorlashtirish siyosatining asosiy vazifasi xisoblanadi. Unga iqtisodiy sikllarni yumshatish, ishsizlik va pul kadrsizlanishiga karshi kurash, iqtisodiy usishni ragbatlantirish kiradi.

Uz funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat quyidagilardan foydalanadi:


xujalikka oid qonun hujjatlar;

pul chikarish (emmisiya qilish);

solik solish;

tovar va xizmatlar xaridi;

transport tulovlari;

subsidiyalar (dotatsiyalar, kredit);

ishontirishlar;

davlat tadbirkorligi va xokazolar;

Iqtisodiy otga davlat aralashuvining funktsiya va vositalari erkin tadbirkorlik tizimining davlat tomonidan tartibga solinishi chegaralarini belgilaydi.

1.
Soliqlarning iqtisodiy moxiyati, zarurligi va funktsiyalari.

Soliqlar majburiy tulovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar solik tulovchilar(xuquqiy va jismoniy shaxslar) bilan solikni uz mulkiga aylantiruvchi davlat urtasida buladigan. Korxona va tashkilotlar axoliga xizmat kursatganda, turli ishlar bajarganda yoki bozorda oldi sotdi kilganda pul tulovlari mavjud. Lekin, ular solik bula olmaydi. Solik munosabati bulishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy maxsulot (tugrirogi, Yalpi ichki maxsulot) kiymatini taksimlash yuli bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ tuplash jarayoniga amal qiladi.

Soliqlarni uziga xos belgilari mavjud bulib, majburiyligi, xazinaga tushushi, katʼiyligi va doimiyligi anik solik tulovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir.

1.
Solik va yigimlar majburiy bulib, bunda davlat solik tulovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib kuyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiklab bergan. Solik Kodeksining koidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi xuquqiy jixatdan davlat tomonidan kafolatlangan.


2.
Soliqlar xazinaga - davlat byudjetiga tushadi. Bordi-yu, tulov «Umid», «Ekosan» kabi jamg’armalarga tushsa, unda solik munosabati bulmaydi.
1.
Soliqlar katʼiy belgilangan va doimiy xarakatda buladigan. Tarixda 50 va 100 yillab uzgarmasdan xarakatda bulgan soliqlar mavjud. Uning milliy asosi kancha chukur bulsa, shuncha katʼiy va uzok yillar uzgarmasdan xarakat qiladi.
2.
Davlatga tulangan solik summasi tulovchining uziga tulik kaytmaydi, yaʼni u ekvivalentsiz pul tulovidir. Demak, solik tulovchilar nuktaiy nazaridan olganda bozor iqtisodiy oti sharoitida hamma soliqlar davlatning kursatgan ijtimoiy xizmatlar uchun tulanadigan xakdir. Soliqlar byudjetga kelib tushadigan, majburiy xarakterga ega bulgan pul tulovi munosabatlaridir. Shuningdek, solik iqtisodiy kategoriya bulganligi uchun bozor iqtisodiy oti munosabatlari bilan chambarchas boglikdir. Bozor iqtisodiy oti erkin iqtisodiy otdir, yaʼni xar bir xuquqiy shaxs erkin baxo belgilashi, maxsulot yetkazib beruvchini topishi va uz maxsulotini sotish xukukiga ega. Shuning uchun davlat ularning bir kism daromadlarini taksimlab byudjetga oddiy ajratma sifatida olinmaydi. Solik sifatida olish uchun Oliy Majlisning karori zarur, yaʼni qonun bilan olingan tulov byudjetga utadi.

Soliqlar iqtisodiy kategoriya bulganligi uchun tulovchilar va byudjet urtasida daromadlar taksimla-nayotganda olish zarur. Solik tulovchilar daromadlarni davlat istaganicha olmaydi, soliqlarni byudjetga olishining maʼlum chegarasi mavjud. Shu bilan birga, solik tulovchilarning maxsulot ishlab chikarish va foyda olishdagi faoliyati xisobga olinib, solik belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiy otni rivojlantirish bozor infratuzilmasini yaratish va boshka umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar tuplash uchun foydalaniladi. Soliqlarning moxiyati solik tulovchilvr bilan davlat urtasidagi doimiy, uzok muddatli munosabatlarda uz ifodasini topadi.

Soliqlarning obʼektiv zarurligi - davlatning bajaradigan kator funktsiyalarini mablag’ bilan taʼminlashning zarurligidan kelib chikadi. Davlatning bajaradigan funktsiyalari kup bulib bozor iqtisodiy oti rivojlana borishi bilan baʼzi funktsiyalar yukola borsa, baʼzilari paydo buladigan.

Bozor iqtisodiy otiga utish davrida davlatning yangi funktsiyalari paydo buladigan. Bularga kamtaʼminlanganlarga ijtimoiy yordam kursatish va bozor infratuzilmasini (sanoatda, kishlok xujaligida, moliya kredit tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda kuchli ijtimoiy siyosat tamoilini amalga oshirish uchun davlat nafakaxurlar, talabalar, kup bolali onalar va boshkalarni kuprok mablag’ bilan taʼminlash zarur ekanligini anglab, baʼzi xollarda tovar baxolarining kuprok oshgan kismini davlat xisobidan koplashga mablag’ sarflaydi. Bulardan tashkari, O’zbekiston uzining Mustakil mudofaa kudratiga ega bulib, uni zarur bulgan mikdori, xarbiy texnika bilan taʼminlashga xam kup mablag’ sarflashga tugri keladi. kolaversa, davlat fukarolari xafsizligini saklash, tartib-intizom urnatish, mamlakatni boshkarish funktsiyalarini bajarish uchun xam mablag’ sarflashga majbur. Bularning hamma si soliqlarning obʼektiv zarurligini taʼkazo etadi.

Soliqlarning funktsiyalari ularning moxiyatini, amaliyotda xarakat kilayotganini kursatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, solik moxiyatini kursatib turishi zarur. Bugun paydo bulib, ertaga yuk bulib ketadigan xolatlar solik funktsiyasi bula olmaydi. Demak, kategoriya funktsiyasi doimiy, katʼiy takrorlanib turadigan vokeylikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chikib, solik funktsiyasini aniklash kerak.

Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta baxslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Kupchilik iktisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruv chi, ragbatlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb bilishadi.

Soliqlarni fiskal(xazina) funktsiyasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi xususiyatlariga asoslangan. Bu vokelik kuzga yakkol kurinib turganligidan amaliyotchilar bu funktsiyaga tarmashib olishgan. Yaʼni, chukurrok fikr yuritsak, yaratilgan ichki yalpi maxsulot kiymati yoki korxonalarga daromadlarni avval taksimlamasdan turib, ularni tugridan-tugri byudjetga utkazib yuborish xolati bulmaydi. Аvvalo, ishlab chikarishda ishlab chikaruvchining manfaatdorligini taʼminlab, sung daromaddan bir kismini xazinaga olish zarur. Shuning uchun xazina funktsiyasini tulik va keng maʼnoda taksimlash funktsiyasi, desak tugri buladigan.

Endi ragbatlantirish va boshkarish funktsiyasiga kelsak ularni doimo katʼiy bulmay takrorlanib turganligidan solik funktsiyasi emas, davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdagi vaktinchalik vazifa, deb karash kerak. Masalan, 1995 yil Respublika Prizidentining Farmoni bilan korxonalar xar bir foiz maxsulot xajmini oshirsa, daromadlardan olinadigan soliqlardan 0.3% imtiyoz berilib ragbatlantirilar edi. Yil tugashi bilan bu imtiyoz xam bekor kilindi. Chunki imtiyozlarni doimiy kilib belgilab bulmaydi, aks xolda solik kategoriyasiga putr yetkazilib, u yuk bulib ketishi mumkin.

Soliqlarning nazorat funktsiyasi xakikatdan xam doimiy xarakat qiladi. Lekin bu funktsiya taksimlash funktsiyasi bilan yonma-yon turib, daromadlarning tugri taksimlanayotganligini, soliqlarni tulik va uz vaktida tushayotganligini nazariy jixatdan nazorat qiladi. Nazorat funktsiyasi solik idoralari ishining rivojlanish asosidir. Solikning xali respublikamiz iktisodchilari tomonidan urganilmagan, tan olinmagan yana bir funktsiyasi mavjud. Gap shundaki, soliqlar eng demokratik tulov bulib Oliy Majlis tomonidan ochikdan-ochik belgilanadi.

Shuning uchun soliqlarning davlat xarajati tugrisida axborot berish funktsiyasi bor. Bu funktsiya orqali xarajatlar xajmi va konkret soliqlar davlatning kanday ijtimoiy iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi tugrisida axborot berib turish kerak. Shunday kilinsa, soliqlarni byudjetga tushishi tulik va oson kechadi.

Soliqlar yalpi ichki maxsulotlarning deyarli uchdan bir kismini taksimlab, byudjetga tushiradi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlarini moliyalashtirishga yunaltiriladi. Sunggi yillarda tugri soliqlarni salmogi YaIM kiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmogi oshgan. Bu yerda tugri tendensiya mavjuddir. Chunki egri soliqlar tugridan-tugri korxonalarning investittsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. Tugri soliqlar salmogi YaIM kiymatida pasayishi korxonalarning moddiy texnika bazasini kengaytirishga, kushimcha maxsulot ishlab chikarishga imkon yaratadi.

3. O’zbekiston da soliqlarning tuzilish asoslari.

Аvvalo, solik tizimi va solikka tortish tizimining farkini aytib utmok zarur. Solik tizimi moxiyati jixatidan bir xil bulgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan solik turlarining yigindisidir. qonun chikaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga solikka tortish tizimi deyiladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani urganishni hamda soliqlar undirishni tashkil qilish masalalarini uz ichiga oladi. Bu tizimning roli va tizimi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tuzumi bilan aniklanadi.

O’zbekiston ning solikka tortish tizimi uz mazmuniga kura solik elementlari, ularni tashkil qilish tamoyillari va usullarini urgatadi. Solik elementlariga solik subʼekti, obʼekti, manbai, stavkasi, solik birligi, solik yuki kabi tushunchalar kiradi.

Solik subʼekti - solik munosabatlarida katnashuvchi solik tulovchilardir. Ular xuquqiy va jismoniy shaxslarga bulinadi. Solik munosabatlarida fakat solik tulovchilargina emas, solik undiruvchi xam katnashadi. Solikni davlat undiradi. Uning nomidan maxsus tashkilot katnashadi, yaʼni bu ishni davlat solik xizmati idoralari bajaradi. Solikni tugri xisoblash, tulik tulash javobgarligi solik tulovchi subʼektga yuklatiladi.

Solik obʼekti - solik solinadigan daromad, oborot yoki mulkdir. Unga foyda, ish xaki, kushimcha kiymat, yer, imorat, transport vositasi kabilar kiradi. Obʼekt doimo subʼekt bilan boglik va subʼektniki buladigan. Subʼektsiz obʼekt bulmaydi. Masalan, kkSda obʼekt orttirgan maxsulot oborotidir, daromadga solingan solikda daromad, mol-mulk soligida mulk kiymati, yer soligida yer maydoni va boshkalar.

Solik manbai - bu subʼektning daromadidir. Baʼzi soliqlarda daromad va foyda xam solik obʼekti, xam solik manbai buladigan. Lekin boshka soliqlarda obʼektlar xar xil, manba esa - daromad buladigan.

Solikka tortish birligi - bu obʼektning ulchov birligi. Bu daromad soligida sum, yer soligida kv. metr, transport soligida fukarolar uchun matorning kuvvati - ot kuchi bilan belgilanadi.

Solik stavkasi - obʼektning xar bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab kuyilgan meʼyordir.

Solik stavkasi ikki xil usulda: katʼiy stavkalarda (sumlarda) va nisbiy stavkalarda - foizlarda ifodalanadi. Bozor iqtisodiy otiga utish va inflyatsiya sharoitida nisbiy stavkalarni kullash maqsadga muvofiqdir. Bunday xolda byudjet infliyatsiyadan kup mablag’ yukotmaydi. Аgar stavka sumda xisobga olinsa, soliqlardan tushgan byudjet daromadi yil oxriga kelib xech kanday iqtisodiy axamiyatga ega bulmay kolishi mumkin.

Solik yuki - tulovchining hamma soliqlar va yigimlar yigindisini byudjetga tulashidir. Solik yuki foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat mikyosida hamma tulangan soliqlar va yigimlarning yalpi ichki maxsulotidagi salmogi xam solik yukini ifodalaydi.

Аgar solik tulovchi solikni tugri tulagan bulsa, unga solik yuki mos keladi. Lekin baʼzi korxonalarda egri soliqlar bulib, uning xuquqiy tulovchilari korxona xisoblansada, solik yuki isteʼmolchi, yaʼni axoli zimmasiga tushadi. Oxirgi isteʼmol kiluvchi axoli xisoblanadi. Bu yerda egri soliqlar xisobiga axolining real daromadlarining biroz bulsada pasayish xollari uchraydi.

Solik imtiyozlari deyilganda, solik tulovchilarga solik va yigimlarnitulashdan kisman, vaktinchalik va tulik ozod etish tushuniladi. Imtiyozlar tugridan-tugri tulanadigan solik summasidan berilishi mumkin. Аytaylik, korxona bolalar kiyim-kechaklarini ishlab chikarishga ixtisoslashgan bulsa, daromadga solikdan 31% urniga 10% tulaydi. Bu kisman ozod qilishga xam kiradi. Imtiyozlar vaktinchalik bulishi xam mumkin. Jumladan, fermer xujaliklari yangi tashkil etilgan davrdan boshlab ikki yilgacha daromad soligi tulashdan ozod etiladi.

Bizning solik qonunchiligimizda solik tulashdan tula ozod qilish xollari kup uchraydi. Masalan, korxonada jami ishlovchi xodimlar sonidan 50%dan kuprogi nogironlar, mehnat faxriylari tashkil etsa yoki 75%dan kuprogi urta maktab va maxsus bilim yurti talabalaridan iborat bulsa, kkS, foydali solik va boshka soliqlardan tamomila ozod etiladi.

Jismoniy shaxslarning daromad soligi buyicha xorijiy mamlakatlarning vakolatxonalarida va elchixonalarida ishlovchi chet el xodimlari, mutaxasislar solikdan mutlako ozod etiladi. Bulardan tashkari, solik bazasini kamaytirish orqali byudjetga tulanadigan solik summasini kiskartirish xam imtiyozlar turkumiga kiradi. Masalan, xuquqiy shaxslar uz daromadlarini investittsiyaga sarflasa yoki uning uchun olgan uzok muddatli kreditlarini kaytarishsa, 50% solikka tortiladigan bazadan kamaytiriladi. Umuman olganda, imtiyozlar turkumiga solikka tortilmaydigan daromad guruhlari xam kiradi. Masalan, fukarolarning daromad soligi buyicha bir kator solikka tortilmaydigan daromadlar mavjud. Bularga pensiya, nafaka, aliment, kon topshirgan shaxs oladigan daromad guruhlari xam kiradi. Imtiyozlar dialektikasiga binoan byudjetga solik tulashdagi imtiyozlar mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chikarishni rivojlantirish xisobiga byudjetga tushadigan umumiy daromadlarni, aytaylik, kkS va aktsiz soliqlari orqali bulsa xam kupaytirish lozim.

Solik qonunchiligi amaliyotida imtiyozlar turi juda kup bulgani bilan ulardan foydalanish ancha murakkab. Baʼzan ular cheklab kuyiladi. Soliqlar bazasini kamaytirishning 6-7 xolatlari mavjud. Solik tulovchilar qonun hujjatlarda kursatilgan hamma imtiyozlardan tulik foydalana olmaydi, chunki shartlari ogir, ortikcha rasmiyatchiliklarni talab etadi.

O’zbekiston Respublikasida solik tizimi.

Uz tuzilish va kurilish koidalariga kura bizning solik tizimimiz asosan jaxon amaliyotida umumiy kabul kilingan tizimlar bilan birxildir. Аmalda barcha zamonaviy tizimlar xilma-xil soliqlar tuplamidan foydalanadi. Ular solik undirmalarining turli shakllarida bulib, uz navbatida daromadlar manbalari va shakllariga boglikdir.

Bir xil moxiyatga ega va uzaro munosabatda boglik bulib, markazlashgan pul fondini tashkil etadigan solik va yigimlar turlarining yigindisiga solik tizimi deb ataladi. Bu taʼrifda solik va yigimlar yagona moxiyat - «yaʼni majburiy xarakterga ega bulgan munosabat» va ularning bir-biri bilan boglikligi, va nixoyat, byudjetga tushushligini kursatadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Solik Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda baxsli masala xam mavjud, yaʼni davlatning byudjetdan tashkari fondlariga tulovlarni xam majburiylik nuktai nazaridan solik tizimiga kiritish muammosi mavjud. O’zbekiston Respublikasi Solik Kodeksining 5-8 moddalariga binoan solik tizimi quyidagi tarkibga ega:

O’zbekiston da solik tizimi tuzilmasi.

Umumdavlat soliqlari
Maxalliy soliqlar va yigim
1.
Xuquqiy shaxslarning daromadiga(foydasiga) solik
2.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solik
3.
kushilgan kiymat soligi
4.
Аktsiz soligi.
5.
Yer ostidan foydalanish soligi
6.
Ekologiya soligi
7.
Suv resurslardan foydalanish soligi.
8.
Savdo va umumiy ovkatlanish yalpi daromaddan solik.
9.
Davlat boji .
10.
Bojxona boji. 1.
Mol-mulk soligi
2.
Yer soligi
3.
Transport vositalari egalaridan istʼemol etilgan benzin va gaz uchun solik.
4.
Kichik biznes uchun yagona solik
5.
Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish soligi.
6.
Savdo xukuki yigimi, shu jumladan aloxida tovarlar turini sotish litsenziya yigimi
7.
Ishbilarmonlik bilan shugullanuvchi xuquqiy hamda jismoniy shaxslarni ruyxatdan utkazish yigimi.
8.
Аvtotransportning vaktinchalik turar joyi yigimi
9.
Maxalliy hokimiyatlar tomonidan kiritilgan boshka soliqlar va yigimlar.

Jadvaldan kurinib turibdiki, Solik Kodeksida 7ta umumdavlat (respublika) soliqlari va beshta maxalliy soliqlar kursatilgan. Lekin, keyingi solik tizimiga kiritilgan uzgartirishlar bilan ularning soni - yigimlari xam kushilib 22 taga yetgan. Soliqlar va yigimlar bir-biri bilan boglik bulib, okibat natijada ular xuquqiy va jismoniy shaxslarning pul daromadlarini markazlashtirilgan byudjet fondagi jamlash mexanizmi xisoblanadi. Demak, solik yigimlarining jami yigindi summasi solik yuki tushunchasini keltirib chikaradi.

Soliqlarni guruhlash iqtisodiy otga ijobiy va salbiy taʼsir kursatishni urganishning ilmiy va amaliy uslubidir.

Soliqlar solikka tortish obʼektiga karab uch guruhga bulinadi:

1.
Oborotdan olinadigan soliqlar.
2.
Daromaddan olinadigan soliqlar.
3.
Mol-mulk kiymatlaridan olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga kushilgan kiymat soligi, aktsiz soligi, bojxona va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz buyicha ilgarigidek maxsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga xuquqiy shaxslarning daromadiga(foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan solik, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan va reklamadan olinadigan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzulmani riaojlantirish soligi xam kiradi.

Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk soligi, yer soligi, yer ostidan foydalanish soligi, ekologiya, avtomobillarni kayta sotish soligi va boshkalar kiradi.

Iqtisodiy moxiyatiga karab soliqlar tugri va egri soliqlarga bulinadi.

Tugri soliqlarni tugridan tugri solik tulovchilarning uzi tulaydi, yaʼni soliqlarning xuquqiy va xakikiy tulovchisi xam bitta shaxs buladigan. Tugri solik yukini boshkalarga ortish xolati bulmaydi. Busoliqlarga hamma daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi.

Egri soliqlarning xuquqiy tulovchilari maxsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar va xizmat kursatuvchilardir. Lekin solik yukining xakikatdan xam byudjetga tulovchilari tovarni isteʼmol kiluvchilardir. Yaʼni xakikiy solik tulovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar kiymati ustiga ustama shaklida kuyiladi.

Bu solikning ijobiy tomoni respublikada ishlab chikarilgan tovarlarning chekkaga chikib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar kup ishlab chikarilishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga taʼsir etmaydi, yaʼni investittsion faoliyatini kiskartirmaydi.

Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortikcha pul massasini kamaytirib, inkirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnatkashlar real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda tugri soliqlar stavkasini kamaytirish xisobiga berilgan imkoniyat kuprok maxsulot ishlab chikarishni kupaytirib, tovar mul kulligini taʼminlashi kerak.

Egri soliqlar tarkibiga kkS, aktsiz soligi, bojxona boji, yer ostidan foydalanish soliqlari kiradi. Yukorida aytib utilganidek, tugri va egri soliqlar yagona solik tizimini tashkil etib, bir biri bilan uzaro boglangan. Umumiy solik summasi uzgarmagan xolda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisining stavkasini oshirishni talab etadi.




Tayanch suzlar: Soliqlar, yigimlar, solik munosabatlari, soliqlarning uziga xos belgilari, soliqlarning obʼektiv zarurligi, solik funktsiyalari, solikka tortish tizimi, solik obʼekti, solik subʼekti, solik manbai, solikka tortish birligi, solik stavkasi, solik yuki, solik imtiyoz-lari, solik tizimi, umumdavlat soliqlari, maxalliy soliqlar va yigimlar, soliqlarning guruhlanishi(oborotdan olinadigan soliqlar, daromaddan olinadigan soliqlar, mol-mulk kiymatidan olina-digan soliqlar), tugri soliqlar, egri soliqlar.
Download 74,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish