Kirish.
Jamiyatimizni material - texnik bazasini yaratishda, mashinasozlik oldida ishlab chikarishni zamonaviy jixozlar asosida jadal ravishda rivojlantirishni talab kilib, bir nechta masalalar kuyadi. Bularga: mashinalarni sifatini oshirish, ularni tannarxini, material sarfi va mexnat sigimini kamaytirish, ularni elementlarini normallash va unifikatsiyalash, ishlab chikarishni potokli (okim) metodlarini yulga kuyish (tadbik etish), ularni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, xamda yangi ishlab chikarish ob'ektlarini tayyorlash vaktini kiskartirish kabi masalalar kiradi.
Yukoridagi masalalarni xal kilish mashinalar konstruktsiyasini yaxshilash, ularni tayyorlash uchun texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chikarishni ilgor metodlari va vositalaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi.
Ma'lumki, mashinasozlik ishlab chiqarishida asosiy sexlar ikkita: texnologik va predmetli shaklda maxsuslashgan bo'ladi. Birinchi xolatdagi sexlar bajarilayotgan texnologik jarayon belgilari bo'yicha (quyish, temirchilik, mexanik, payvandlash), ikkinchi xolatdagi esa tayyorlanadigan mahsulotlar (detallar) bo'yicha maxsuslashadi, bunda bitta sexda yig'ma birlikni (detalni) oxirigacha tayyorlash uchun barcha jihozlar o'rnatiladi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda mexanik ishlov berish va yig'ish predmetli maxsuslashgan sex shaklida quriladi. Seriyali va yakka tartibli ishlab chiqarishlarda mexanik va yig'uv sexlari mustaqil ravishda tashkil etiladi, ya'ni texnologik maxsuslashgan sexlar quriladi.
Mazkur malakaviy bitiruv ishida Vtulka detalini tayyorlash marshrutli texnologik jarayonini loyixalash bo'yicha masalalar ko'rib chiqilgan. Mavjud ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik qayta qurollantirish ishlab chiqarishni rivojlantirishning eng samarador usuli hisoblanadi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi oldida turgan eng muhim muammolardan biri mashinasozlik sanoatini rivojlantirishdan iborat.Buning uchun yangi mashinasozlik zavodlarini qurish eski qurilgan mashinasozlik zavodlarni esa qayta ta'mirlash va yangi texnika-texnologiyalar bilan ta'minlash zarur.Umumiy yig'ma moslamani va umumiy qayta moslanuvchan moslamani, yangi texnologik jarayonlarni yuqori samaradorli asboblarni, avtomat dasgoxlarni qo'llash, bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bilan ishlov berish aniqligi va yuza sifatini yaxshilashni e'tiborga olish zarur.Loyixalash ishlarini, texnologik hujjatlarni tayyorlashni avtomatlashtirish mehnat unumdorligini, qo'shimcha daromadlarni oshirishga imkon yaratadi.Buning uchun yosh mutaxassis kadrlarni ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib berish zarur. Bu sohada bizning Navoiy davlat konchilik instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Navoiy mashinasozlik zavodi bilan hamkorlikda talabalarni o'qitish, ishlab chiqarish amaliyotlarini paralel olib borishmoqda. Bunday xollarda talabalar mutaxasislik fanlarini zavodda tashkil qilingan tajriba-amaliyot sexlarida o'rganishmoqda. Natijada yosh mutaxasis kadirlarni yetishtirib berish ham hozirgi kunda yaxshi yo'lga qo'yilgan.Texnikaviy taraqqiyot rivojlangan sari takomillashtirilgan va avtomatlashtirilgan, yuqori aniklikka ega bo`lgan mashinalarni ishlab chiqarish hamda ulardan samarali foydalanish uchun chuqur bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan muxandislarni tayyorlashni vaqt taqozo etadi.Mutaxassislarni sifatini oshirish uchun kasbga tayyorlashda ularni ishlab chiqarish bilan bog`langan o`quv rejalarini va o`quv dasturlarini nazariy va fundamental fanlarga asoslagan xolda olib boriladi .
Keltirilgan mavzularda shu sababli, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan (tasodifiy xatoliklarda) va o`lchamli zanjirlarni hisoblashda va nazariy mexanikadan (bazalash nazariyasidan, tayyorlamani ishlov berish uchun qisishda , texnologik sistemalarni bikirligini va ishlov berilayotgan tayyorlamaning geometrik shaklining) o`rganishda foydalanilgan. Umumnazariy va muxandislik muammolarining maxsus fanlarda o`zaro yaqinlashishi muhandislarning bilimini nazariy jixatdan mustaxkamlaydi va ishlab chiqarishda fundamental fanlar yutuqlariga asoslanib ularni yechishda yaxshi natijalarga erishiladi.Mavzular to`plami ICHTJTYAT (YESTPP), KXYAT (YESKD) va TXYAT (YESTD) lar asosida ishlashni ko`zda tutadi .Ma'lumki mashinasozlik xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini yangi texnika bilan ta'minlaydi, davlatning texnik jixatdan taraqqiyotini aniqlaydi va moddiy bazasini yaratishda asosiy rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning rivojlanishiga xamma vaqt katta ahamiyat beriladi .Mashinasozlik ishlab chiqarishining rivojlanib borishi natijasida yangi texnikaviy fan - "Mashinasozlik texnologiyasi " fani paydo bo`ldi. Mashinasozlik texnologiyasi – belgilangan muddatda, ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlangan miqdorda, kam mexnat sarf qilgan holda va tan-narxi arzon bo`lgan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish to`g`risidagi fandir.Malakaviy bitiruv ishida loyihani muvaffaqiyatli bajarish uchun, uning mavzusi hozirgi zamon talablariga javob berib, kafedra tomonidan tasdiqlanadi va shu asosda yo'l-yo'riq ko'rsatiladi. Loyihada hozirgi zamon va kelajakka bog'liq har bir nazariy va amaliy masalalar kerakli dalillar bilan asoslanmog'i lozim, va qabul qilingan barcha ma'lumotlar va ularning to'g'ri aks etilishi, loyihaning mazmuni va sifati uchun talaba o'zi javob beradi. Buning uchun har bir talaba yetarli tayyorgarlik ko'rishi kerak. Ilmiy axborotlarni chuqur o'rganishi va foydalanishi; shu jumladan O'zbekistonda mashinasozlik, jahon mashinasozligi, hozirgi davrda mashinasozlik ishlab chiqraishlari faoliyati va vazifasi, rivojlanish masalalari va muammolarini bilishi talab etiladi. Loyixalash - bu ob'ektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud kiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda xam mavjud bo'lmagan ob'ektni yaratish uchun zarur bo'lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyixalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo'lgan loyixalanadigan predmet bayonini olish maksadidagi izlanish, tadkikot, xisob va konstruktsiyalash bo'yicha ishlar majmuini o'z ichiga oladi. Loyixalash - bu chukur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga xamda ma'lum soxada to'plangan tajriba va ko'nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashakkat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo'lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o'ziga xos turidir.
“Mashinasozlik texnologiyasi” fani kesish nazariyasi , metall kesish dastgoxlari va asbob-uskunalar, texnik o`lchamlar, materialshunoslik va termik ishlov berish fanlari bilan juda yaqindan bog`langan va ularga asoslangan .Mashinasozlik fani eng yosh fan bo`la turib, u shu bilan birga, juda tez rivojlanayapti. Bunga sabab yangi texnika va sanoat ishlab-chiqarishini takomillashib borayotganligidadir. Shuning uchun ham mashinasozlik texnologiyasi uzluksiz aniqlana boradi va uning mazmuni yangiliklar bilan birga boyitila boradi.Mashinasozlik texnologiyasi oliy o`quv yurtlarida fan sifatida mexanik ishlov berish, ta'mirlash va yig`uv masalalari bilan chegaralanadi.Mashinasozlik texnologiyasi - asosiy kasbiy fan xisoblanib, shu sohadagi mutaxassislarni tayyorlashda konstruktorlik, texnologiklik va mexanik yig`uv ishlab chiqarishida bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda asos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |