Xorijiy kapital va ichki bozor
Mamlakatga chet el investorlari toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritishi iqtisodiy rivojlanishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ishlamay turgan xomashyo resurslarini harakatga keltiradi. Ishchi oʻrinlari paydo boʻladi. Davlat byudjetiga ham tushumlar kelib turadi. Ichki bozorda yangi , ilgari boʻlmagan, tovarlar realizatsiyasi yoʻlga qoʻyiladi. Tashqi bozorga ham taniqli brendlar ostida tovar eksporti yoʻlga qoʻyiladi. Davlatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik rivojlanadi. Iqtisodiy hamkorlik, doʻstlik aloqalarini ham mustahkamlashga sabab boʻladi. Yirik kompaniyalar oʻzlarining dunyo bozoridagi oʻrnini yanada mustahkamlaydi.
Misol qilib keltirish mumkin boʻlgan joylar juda koʻp. Dunyoning koʻplab mamlakatlariga oʻz mahsulotini yetkazib turgan taniqli brendlar juda koʻp. Coca Cola, Pepsi Kola, ruskaya voda, .... Turkiya respublikasi oʻzining pista, pista yogʻi, pista yogʻi asosidan dori darmonlarni dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga sotadi. Pista xomashyosi har yili tekinga olinib, faqat yigʻib olish va qayta ishlashga mablagʻ sarflanadigan betakror manbadir. Pistani togʻ, qirlarga ekib hosiliga kirishni 7-8 yil kutgan Turkiyalik lar, bundan yuz yil oldin koʻp mehnat sarflab , ko'p sabr qilishgan edi. Bugungi kunda, pista Turkiya iqtisodiyotidagi mustahkamlik zaxiralaridan biriga aylandi. Pistaga suv ham tabiatdan, yomgʻir koʻrinishida yogʻdirdi. Yigʻish - terishga , yoshu -qari, deyarli butun aholi jalb qilinadi. Oʻzbekning paxta yigʻim-terimiga oʻxshatsa boʻladi.
Hozirda, yuz yillar davomida o't qoʻyilib, yoqib yuborilgan (har yil kuzida ) Surxandaryo soxilida tabiiy oʻsib turgan qamishni, yigʻib-terib olishni ham Turkiya pistachiligi tajribasinig kichik bir misoli sifatida koʻrsatish mumkin.Qamish har yili qish va kuz oylarida ko'pchkilib boʻlib yigʻib olinadi. Omborlarda saqlanadi. Ilgarilari yoqib yuborib tabiatga va hayvonot dunyosiga katta zarar keltirgan qamish, endi eng zoʻr xoshashiyo, koʻp xomashyo. Undan mebelchilik uchun puxta, namlikka chidamli , materiallar ishlab chiqarilib ichki mebel sanoatini va eksport orqali zor joy talablarni ham qondiryapti. Yaʼni, zarar va muammo keltirib turgan, har yil yigʻib olish mumkin boʻlgan tabiat neʼmati endi tekin xomashyoga aylandi.
Bu satrlarni tushunib, eʼtibor qaratadigan kishilar uncha koʻp emas. Toʻrida tekin non bor. Bosh qotirib, bir qadam oldinga chiqib, eʼtiborni tortib nima qiladi ? Qulogʻi ting, qorni toʻq, kuni oʻtyapti. Tashvish nega kerak ?
Turli yechimlar qidirib, qaytimiga gap soʻzlarga qolib yurgan vatanparvarlar, oʻylab koʻraylik. Biznesda ha Turkiya va Surxandaryodagi bepul ( tekin ) xomashyo manbalari bormi ? Bor va yuqoridagi ikki holatga oʻxshab ketadi. Daromadi ham Turk pistani daromadiga yaqin boʻladi. Muhimi, mavsumiy emas. Juda koʻp ish qoʻllarni yil davomida, har yili 80-90 yilgacha doimiy bong qilib, ish oʻrni degan muammoni tarixga aylantiradiKambagʻallik degan soʻzni foydalanishdan butunlay butunlay asos chiqarib tshlay oladi.
chiqarib.
Toʻgʻri tushuntira olsak oʻzimizning investitsiyalarimiz ham harakatga tushib qolishadi. Chunki, bizning sarmoyalar ham, xorijliklarga oʻxshab :xomashiyosi moʻl va arzon : ishchi kuchi arzon: soliq imtiyozlari qulay : ichki va tashqi bozorda talab yuqoridagi biznealarni yoʻlga qoʻyishni xoxlashadi. Shu xoxish juda koʻp ish oʻrinlarini, yengil,xavfsiz , serdaromad ish oʻrinlarini oʻrinlarini tashkil topishiga sabab boʻladi. Asos boʻladi.
Har yili 10xil turdagi xomashiyolar beradigan qanday imkoniyat bor ??? Boʻlsa uni kim harakatga keltira oladi ? Oʻsha imkoniyat atrof muhitga, odamlar salomatligiga zarar yetmaydimi ? Xom ashyolar tex aylanib qolmaydimi,axsulotlari uzoq saqlanadi ? Qanday ijobiy, salbiy imkoniyat va taxdidlar bor ? Uni ishga tushirish uchun yer ,suv katta mablagʻ kerak boʻladimi ? Natijada necha yil kutish kerak boʻladi ?
Javoblar: Aholi yashab turgan shahar va qishloqlarda bugun oʻsib turgan manzarali daraxtlar orasida 2-3 metr boʻshliqlar bor. Oʻsha bo'shliqlarga bir tupdan past boʻyli tut koʻchatlari ekib, parvarishlash va amaliy natijani 2 yil kutish kerak. Bunda gullar, manzarali daraxtlar, mevali daraxtlarga zarracha ham zarar yetkazmaslik kerak. Takror takidlaymiz, 7-8 yoʻl emas , 2 yil natijani kutish kerak boʻladi. Harakat qancha tez boshlansa, natija ham shuncha tez koʻrinadi. Koʻp qavatli uylarda yashab turgan oilalar ham yerda, uyida yaqin joyda biznesini boshlashi mumkin. Buning uchun ularga ijara tartibida , plastik materiallardan yasalgan , 4-12 metrli qurt xonalar ( sexlarini) yasab ijaraga beradigan tadbirkorlar yordami kerak. Qurt xonada 1-3 artagacha ipak qurti boqib, pilla olingach, undan ,sex, to'quv, tikuv, mebel,.... sexlari sifatida foydalaniladi. Ipak qurtini tuman agropilla tashkilotlari sotishadi. Koʻchatlarni xususiy tadbirkorlar , talabgorlar ekib foydalanadilar yoki ijaraga beradilar, soatadilar , xadya qiladilar. Chunki, xususiy mulk ( tut zoʻr ) egasi istaganimni qiladi.
Tut kochatidagi xom ashyolarni, 80 yilgacha har yili, takror (1 yilda 3 marta ) beradi : 1. Barg bir yilda 3-4 marta terib olinib choy tayyorlash yoki Ukrainaga boshqa Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi ; 2. Barg pilla olish uchun ishlatiladi ; 3. Meva shifobaxsh sharbat ; 4. Tut novdasi - mebel xomashiyosi, qurilish taxtasi xomashyosi ; 5. Tut qogʻozi - tabiiy boʻyoq va ipak qogʻoz ; 6. Pilla , jarrohlik ipi,ipak gilam, ipak toʻquv, tikuv xomashiyosi ; 7. Pilla g'umbagi - inson terisini yoshartiradi, silliqlayfi. Kosmetika sanoati uchun xomashyo ; 8. Kurt qumalog'i - oshqozon ichak kasalliklarini davolashda eng noyob xomashyo, chorva ozuqasi, yerga oʻgʻit ;9. Tut mevasidan olinadigan urugʻlik - koʻchat ektirosh uchun kerak ; 10. Tut koʻchati - uni payvand-ulama qilib manzarali tut-majnun turi yetishtiriladi. Undan markaziy koʻcha va xiyobonlaedagi boʻsh joylarga tut ekib foyda ishda va manzara hosil qilishda foydalaniladi. Majnun tutlar ham oʻn turdagi xoma ashyolarni bir yilda 1-3 martadan , har yili beradi. Yana boshqa imkoniyatlar ham bor. Ularni koʻra bilishimiz ,foydalanish yechimlarini izlab topishimiz kerak, xolos.
Shu ishlar qachon ,nimadan boshlanadi, kimlar - kim uchun amalga oshiradilar ? Asosiy talabgorlar, tadbirkorlar,oila boshliqlari ( 1-5 tup boʻlsa ham ) tezroq koʻchat topib uni daraxtlar orasidagi 2 metr boʻlsa ham boʻsh joylarga ekib, koʻkarib, xususiy mulk egasi boʻlishlari kerak. Qolgan barcha ishlar navbati bilan amalga oshib boraberadi. Koʻchatni Quva tumanilik koʻchatchi mirishkordan olish va keyingi yilga, yan 100 million tipga buyurtma berish kerak. Tut bizdan yer, suv soʻramayapti. Soyada ,zax , shoʻr joylarda boʻlsa ham oʻsib hosil beraman deb turipti. Biz uni urugʻidan koʻpaytirib boʻsh joylarga ekib qoʻysak kifoya. Kimki koʻchatga zarar yetkazseka jazolanishi kerak. Chunki, bunday odamlar milliy boylikga qoʻl koʻtargan boʻladi. Mamlakatimiz iqtisodiy mustahkamligi zaxirasiga qoʻl koʻtargan boʻladi. Masala ozy oʻzidan hal boʻlib ketmaydi. Buning uchun, hokim mahalla raisiga tavsiya beradi. Yaxshi yashamoqchi boʻlsangiz shu ishga ishtiyoq bilan kirishing , deydi. Siz ish beruvchiga aylanishni xoxlasangiz , faol ,pensioner otaxon va onaxonlar bilan bamaslahat ish yuriting deydi. Mahalla raisi koʻcha boshi, kvartal boshlarini to'plab masalani muhokamaga qoʻyadi, koʻcha boshi lar faol pensionerlar yordamida talabgor va tadbirkorlarni izlab topadi , oila boshliqlariga tavsiya berishadi. Oila boshligʻi oʻz darvozasi roʻparasiga mevali va manzarali daraxtlar orasidagi boʻshliqlarga 1-5 tut koʻchatlarini ekishni xoxlasasa, ularga eslatib qoʻyishga majbur bo'lamiz. Oila boshligʻi oʻz darvozasining ichiga xoʻjayin, koʻcha rekratsion (istirohat ) hududi. Bu hududga davlat, yangi mahalla xoʻjayin, uyiga kirib jim oʻtirsin.
Yuqoridagi instanstsiyalar bu ishni yoritib yubora olishmasa Yoshlar Ittifoqi institut,kollej, texnikumlwr va maktablardagi 7-11- sinf oʻquvchilari kuchi bilan 2022- yildan boshlab oʻzlari boshlab, " Tut maxsulot" brendini butun dunyoga chiqarib, biznesni ustiga kelishadi. Yoshlar Ittifoqi bir necha trillion soʻm daromadni har yili taqsimlovchi gigantga aylanadi, deb umid qilishdan boshqa chora qolmaydi. Mahalla ish boshi boʻlsa, yoshlar ham albatta, ularga yordam berishadi. Xotin-qizlar byashkiloti ham chetda turmaydi. Natijada, Oʻzbekiston biy boʻladi. Nochor davlatlarga yordam beradigan bosh davlat boʻladi. Oltin, gaz, koʻmir tugaydi lekin, tabiiy boylik tugamaydi kislorod mo'l boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |