Dasturning turi
|
Tavsifi
|
Misol
|
Ochiq federal
|
Federal (davlat) darajasi xizmatlar ko’rsatish
|
Shtat departamentining vizasi va konsul xizmati dasturi
|
Raqobatdosh Grant
|
Mahalliy raqobatda shtatlarni grantlar bilan taqdirlash
|
Sog’liqni saqlash deportamentidagi sog’liq saqlash idoralari markazi va aholi xizmatlari tashkilotlarni va shaxslarga xizmat ko’rsatish
|
Block/Formula Granti
|
Shtatlarni va mahalliy tashkilotlarni grantlar bilan taqdirlash formulasi
|
Energiyalarni boyitishga yordam, xukumatlarini va boshqa dasturlarning departamenti
|
Tartibga solishga asoslangan
|
Tugatilgan xizmatni ishlatib, foyda olish va kuchaytirish
|
Atrof-muhitni himoyalash, foyda olish va kuchaytirish agentligi, ko’chma manba havoni ifloslanishi va sertifikat dasturi
|
Kapital mulk va xizmatni sotib olish
|
Maqsadlar «erni, tuzilmalarni asosiy vositalarni va intelektual mulkni» sotib olib maqsadga erishish
|
Xarbiy dengiz floti, kema qurish
|
Kredit
|
Maqsadlarga qarz berish, qarz kafolatini berish va kreditlar berib maqsadlarga erishish
|
Eksport-import, banklarning kafolatlarini berish, kreditlar va uzoq muddatli kafolat dasturlari
|
Tadqiqot va rivojlantirish
|
Bilim yaratish va uni ishlatish
|
NASAning quyosh sistemasini o’rganish dasturi
|
Qisqasi, shaxslar davlat dasturlari tugashi to’g’risida turli-tuman, maxsus ko’rsatmalarni kutishadi. Ijarachilar, ijara uchun yaxshi uy dasturlarini kutishadi, uy egalari esa shahar siyosati xususiy mulkni himoya qilishini va soliqlarning pasaytirilishini kutishadi. Ijaraga yashayotgan insonlar, o’zlari qilayotgan investitsiyalardan yaxshiroq daromad bo’lishini kutishi mumkin. Oxir – oqibatda, davlat dasturlari bitta yoki ikkita insonni foydasini emas, barcha fuqarolarni foydasini o’ylab ish tutadi. Barcha fuqarolarni foydasini o’ylab ish tutish, dasturning maqsadiga erishishni qiyinlashtirib qo’yadi. Chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ayniqsa, indikatorlar va ularning ta’siri qo’shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Jamiyatdagi sharoit ko’p o’zgarishlarga bog’liq bo’lgani sababli, hukumat barcha holatni o’tkazib yubormasligi juda ham muhim. Dasturning chora-tadbirlarini rivojlantirishda eng qiyin masalalardan biri - bu hukumat amalga oshirgan ishlarni aks ettiruvchilarni tanlashdir. Federal hukumat bu sohada juda katta qiyinchiliklarga duch keladi, chunki milliy dasturlar ko’p vositalar orqali o’tkaziladi. Xuddi bir necha federal agentliklarning bir xil harakati kabi kabi vositalar va ish qiluvchilar farqlanadi. Shunga o’xshash xarajatlarga grantlar orqali yordam ko’rsatiladi, kreditlar beriladi va kafolatlanadi. Jadval 7-3 da ko’rsatilganidek, berilgan dastur qancha omadli bo’lsa, uning omadi federal agentliklarining qanday moliyalashtirishiga bog’liq bo’ladi?»1.
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funktsiyalarini amalga oshirishda, ularni moliyaviy resurslar bilan ham ta’minlab turish orqali ishtirok etadi. Davlat byudjetining iqtisodiy mohiyati – YaIMning hamda milliy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi, shuningdek, kengaytirilgan ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy-madaniy tadbirlarini moliyalashtirishda namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini, ijtimoiy ehtiyojni qondirish masalalari, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash sohalarini samarali tartibga solinadi. Shu yo’l bilan davlat jamiyatning kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo’lgan qatlamlarining ijtimoiy jihatdan himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish choralarini ko’radi.
O’zbekistonda 1997 yildan boshlab e’lon qilinayotgan yillarning nomi hamda qabul qilinayotgan davlat dasturlari oilaga va oila a’zolarining moliyaviy masalalarga bag’ishlangan bo’lib, uni mustahkamlash uchun, o’z navbatida, katga mablag’lar ajratilmoqda. Masalan, O’zbekistonda 2015 yilda “Keksalarni qadrlash yili”ga Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishga xarajatlarning jami 2 246,5 mlrd so’m va 229,6 mln AQSh dollariga teng mablag’ yo’naltirildi. Mazkur dasturni ishlab chiqishda bugungi kunda keksa avlod vakillarining hayotiga daxldor bo’lgan, hali-beri echilmagan muammolarni hal qilinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjetning ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarni ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish va keng ko’lamli ijtimoiy dasturlarni mablag’ bilan ta’minlash, uning manbalari bilan oqilona uyg’unlashtirib borishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi «Sog’lom ona va bola yili» davlat dasturi to’g’risida»gi 2487-son Qaroriga muvofiq, «Sog’lom ona va bola yili» Davlat Dasturini moliyalashtirish manbalari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |