Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI



Download 2,36 Mb.
bet54/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:



10.1.

Davlat byudjeti xarajatlarining davlatning funksiyalari bilan bog’liqligi

10.2.

Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi

10.3.

Byudjetning iqtisodiy maqsaddagi xarajatlari

10.4.

Byudjetning ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish xarajatlari

10.5.

Byudjetning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariini saqlash xarajatlari, ularni qisqartirish masalalari



Tayanch so’z va iboralar: davlat byudjeti xarajatlari; iqtisodiy maqsaddagi xarajatlar; ijtimoiy sohalarni saqlash; aholini ijtimoiy muhofaza qilish xarajatlari; byudjetning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariini saqlash xarajatlari.


    1. Davlat byudjeti xarajatlarining davlatning funksiyalari bilan bog’liqligi



Davlat miqyosida byudjet mablag’lari va korxona darajasida moliyaviy resurslar etarli darajada mavjudligi jamiyatni yanada barqaror rivojlanishida, iqtisodiy qiyinchiliklar va moliyaviy inqirozlardan xalos etuvchi manba sifatida ham namoyon bo’ladi.
Davlat byudjeti – umumijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan jamg’arma bo’lib, byudjetni moliyaviy tenglashtirish siyosati, byudjetlararo munosabatlar, byudjet jarayoni va byudjet mexanizmini o’z ichiga oladigan moliyaviy institutidir.
Aholi farovonligi va aholining real daromadlarini oshirish, bandlik masalasini echish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik xarakatini yanada rivojlantirish davlat tomonidan beriladigan aniq manzillik ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish jamlanma Davlat byudjeti tarkibiy tuzilishi va uning to’liq ijrosiga bog’liq.
Moliya munosabatlari – bu iqtisodiyot sub’ektlarining moliya resurslari xususidagi o’zaro aloqalari bo’lib, YaIM va milliy boylikni taqsimlash va ishlatish jarayonida yuzaga keladi. Mamlakatda YaIM va milliy daromadni taqsimlash zarurligi, byudjet munosabatlarining amal qilishi davlatning moliyaviy faoliyatida maqsadli moliyaviy mablag’lar yig’ilishi va taqsimlanishini taqozo etadi. Moliya, davlat moliyasi, davlat byudjetiga oid iqtisodiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, davlat moliyasini boshqarish1 - davlat zimmasidagi funktsiyalarni bajarilishini ta’min etish yo’lida pul mablag’larini to’plash, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda ishlatish sohasidagi chora-tadbirlardan iborat.
Umumdavlat moliyasining maqsadi – resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash, ijtimoiy farovonlikka yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Umumdavlat moliyasining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan zamonaviy umumdavlat moliyasini barpo etish boshlangan. Bu mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgartirishlar sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, umumdavlat moliyasining asosiy vazifalarini ham belgilab berdi. Bunda O’zbekiston iqtisodiyotini xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag’batlantirish alohida o’rin egallaydi.
Moliya tizimining tarkibi quyidagilardan iborat deb ko’rsatiladi: davlat moliyasi, korxonalar moliyasi, sug’urta. O’zbekistonda davlat moliyasining tarkibiy qismi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari, byudjetdan tashqari maqsadli fondlar, davlat korxonalarining moliyasi, davlat krediti. Korxonalar moliyasi tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi, notijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi, jamoat birlashmalari moliyasidan iborat. Sug’urta bo’g’ini ijtimoiy pensiya sug’urtasi, shaxsiy sug’urta, tibbiy sug’urta, mulkni sug’urtalash, masu’liyatni sug’urtalash, tadbirkorlikni sug’urtalash kabi qismlarga bo’linadi.
Moliyaviy resurslarning ikki xil turi mavjud»1. Makroresurslar, markazlashgan resurslar. Ular mamlakat miqyosida tashkil topgan, davlat byudjet, davlat maqsadli jamg’armalari va byudjetdan tashqari fondlar hisobiga paydo bo’ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar, markazlashmagan resurslar. Ular korxona, firma, kompaniya, kontsern, tashkilot, jamoat uyushmalari doirasida bo’lib, xo’jalik sub’ektlarining o’ziga tegishli pul mablag’lari hisoblanadi. Mikroresurslar korxona, tashkilotlar faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar (davlat byudjeti) umumdavlat ehtiyojlariga yo’naltiriladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida mikroresurslar birlamchi bo’lib, ular ustuvorlikka ega, chunki iqtisodiy erkinlik sharoitida xo’jalikning dastlabki bo’g’ini - korxona, firma, kompaniya korxonalar moliyasi iqtisodiy o’sishning tayanchi hisoblanadi. Makroresurslar iqtisodiyotni tartiblashda asosiy rol o’ynaydi va davlatning iqtisodiy-ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Davlat byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash vositalari (narx siyosati, pul-kredit siyosati, minimal ish haqi va boshqalar) va moliya tizimining bo’g’inlari bilan uzviy bog’langan.
Davlat byudjeti davlat moliyasida shakllanadigan, taqsimlanadigan va foydalaniladigan moliyaviy resurslarning 70-75 foizini tashkil etib, davlat moliyasida etakchi o’rinni egallaydi. Shu bois, amaliyotda Davlat byudjetini mamlakatning asosiy moliya rejasi ham deb atashadi. Davlat byudjteini yaxlitligini uning daromadlari va xarajatlari uyg’unligi ta’minlaydi. Taomilga binoan Davlat byudjeti daromad va xarajatlarini tasdiqlashda muvozanatlashgan tamoyil qaror topadi. Ya’ni xarajatlar hajmiga mos ravishda daromadlar qaror topishi lozim. Lekin shuni alohida qayd etish joizki, Davlat byudjetini tasdiqlash uchta iqtisodiy ko’rsatkichdan biri orqali amalga oshiriladi. Xususan: profitsit ko’rsatkichi; muvozanatlashgan ko’rsatkich; defitsit ko’rsatkichi.
Mamlakatimizda 2005 yildan boshlab Davlat byujeti defitsit bilan tasdiqlanayotgan bo’lsa-da ammo, oqilona olib borilayotgan moliya siyosati negizida doimo profitsit bilan yakun topmoqda
Yuqorida qayd etganimizdek, har qanday davlat byujetini daromadlar va ularga mos ravishda xarajatlardan iborat bo’ladi. Davlat byujetining daromad manbalari turli xil manbalardan tashkil topsada, lekin aksariyat daromadlar soliqlar va soliq funktsiyasini bajaruvchi majburiy to’lovlardan tarkib topishini dunyo mamlakatlari amaliy tajribasi tasdiqlab turibdi.
Byudjet orqali iqtisodiyotga quyidagi tarzda faol ta’sir ko’rsatish mumkin:



Davlat byudjetining asosiy moliyaviy kategoriya sifatida jamiyat hayotidagi rolining oshib borishiga birinchi navbatda, uning daromad bazasini qay tarzda va qay darajada shakllanishiga bog’liq


Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funktsiyalarini amalga oshirishda, ularni moliyaviy resurslar bilan ham ta’minlab turish orqali ishtirok etadi. Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati – YaIMning hamda milliy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi, shuningdek, kengaytirilgan ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy-madaniy tadbirlarini moliyalashtirishda namoyon bo’ladi. Davlat moliyasi yordamida davlat jamiyatning kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo’lgan qatlamlarining ijtimoiy jihatdan himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish choralarini ko’radi.
Iqtisodchi L.A. Drobozina byudjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini quyidagicha ta’riflaydi. Davlat byudjeti davlatning markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va undan foydalanishning alohida shaklidir. Davlat byudjeti o’zining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko’ra - milliy daromadni taqsimlashning asosiy qurolidir. Muallif byudjetning ijtmoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, bergan ta’rifi aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy daromadning taqsimlanishida ijtimoiy xarakterdagi ijtimoiy sohalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim instrumentlaridan biri sifatidagi byudjetning mazmuniga urg’u beradi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotni noto’g’ri boshqarish asosida paydo bo’ladigan ijtimoiy qiyinchiliklar va ziddiyatlarning sabablari ko’rsatiladi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida byudjet asosida iqtisodiyotni tartibga solish chora-tadbirlari tizimi belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim zaruriyati sifatida vujudga kelgan iqtisodiy ta’limotni ingliz iqtisodchisi Dj.Keyns (1883-1946) yaratdi, davlat moliyaviy siyosati g’oyasiga ulkan hissa qo’shdi. Muallif davlatning byudjet vositasida iqtisodiyotga aralashuvining zarurligini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi ” nomli asarida (1936 yil) asosladi. Ingliz iqtisodchisi Dj.Keyns tomonidan davlat byudjetini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning asosiy quroli sifatida foydalanish zarurligi haqidagi yondoshuvlardan keng foydalanildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida belgilab qo’yilganidek, «Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va konuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi»1. «Resurslarni adolatli ravishda taqsimlash jamiyatning barcha a’zolari uchun ne’matlarni tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, turmush sifatini oshirish negizini yaratadi. Daromadlar va inson turmushi o’rtasidagi bog’liqlik soliq-byudjet siyosati va ijtimoiy siyosat choralarini qamrab oladigan davlat strategiyasi yordamida shakllantiriladi»2. «Iqtisodiyot va siyosat biri-biri bilan chambarchas bog’langan jarayonlardir. Jamiyat rivojlanishida ular bir-biri bilan aloqador bo’lib, biri-biriga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy tuzimdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmui, xalq xo’jaligi va ayrim tarmoqlarning ahvolini ifodalaydi. Siyosat esa, bu ijtimoiy hayotdagi bir maqsadga etishish uchun yo’naltirilgan voqea-xodisalar, ish-harakat uslublari majmuidir. Jamiyat oldiga qo’yilgan siyosat iqtisodiyotni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda jamiyat oldiga qo’yilgan siyosatning xususiyatlari e’tiborga olinadi. Jamiyat mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi jamiyat a’zolarining bir guruhi manfaatlari bilan emas, umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi»1.
Respublikamizda «hamma narsa inson uchun, inson manfaatlari uchun» kontseptsiyasining izchil amalga oshirilishi O’zbekistonda insonni rivojlantirish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minladi. Insonni rivojlantirish kontseptsiyasi – ijtimoiy taraqqiyotga yangicha istiqbolli yondoshuv bo’lib, uning markaziga insonning hayoti tanlov imkoniyatlarini kengaytirish qo’yilgan»2. «O’zbekiston Respublikasida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab moliya tizimining tarkibiy qismi hisoblangan davlat moliyasini tashkil etishga va davr talabiga mos ravishda rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Pirovardida, hozirgi kunga kelib, mamlakatning davlat moliyasi tarkibida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari davlatning maqsadli jamg’armalari va davlat korxonalari moliyasi tashkil etadi»3. «Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy tarraqqiyotning etakchi yo’nalishlarini belgilash, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak»4. Mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha turli muddatlarga mo’ljallangan dasturlar ishlab chiqilgan va izchil ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Bu o’rinda mazkur tarmoq dasturlarini molityalashtirish vazifasi qo’yilmoqda. O’z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini ta’minlash imkonini beradi.
Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati tamoyillarini amalga oshirish aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar rolini kuchaytirish bo’yicha tegishli xulosa va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shu o’rinda Davlat byudjetining ijtimoiy sohani moliyalashtirish xarajatlari o’sish tendentsiyasiga ega ekanligini ko’rish mumkin. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi muammolari paydo bo’lmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjetni ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya kilish tizimini manzilligini kuchaytirish va davlatning maqsadli ijtimoiy dasturlarni mablag’ bilan ta’minlash mexanizmining samaradorligini oshirish zarur.
«Dastur axboroti turli-tuman bo’lishi, ijtimoiy ko’rsatkichlarning xilma-xil yoki ko’proq umumiy turlari bo’lishiga bog’liq. Jismoniy, ijtimoiy va iqtisodiy muhitda bu chora-tadbirlar uchun mo’ljallangan jarayon hayot darajasi deb ataladi. Ishsizligi, ishchi kuchi, jinsi, irqi va daromad bo’yicha ulushi muhim ijtimoiy ko’rsatkichlar majmuini tashkil etadi. Juda ko’p tarqalgan ijtimoiy ko’rsatkichlar oila barqarorligi, bolalar o’limi, aholi daromadi bo’yicha aniqlanadi. Bu kabi o’lchovlar oldingi va tarixiy tendentsiyalarni hisobga olgan holda, dasturlashni amalga oshirishda yordam beradi.
Shu kabi ijtimoy indikatorlar kamdan-kam holda dastur unumdorligini baholay oladi, chunki ular juda ko’p bo’lgani uchun maxsus dastur xarajatlari va yuqoridagi indikatorlar o’rtasidagi odatiy bog’lanishni namoyon etishini e’tiborga olmaydi. Lekin ular muammolarni aniqlashda judayam muhimdir, ayniqsa davlat uchun uzoq muddatli tendentsiyalari aniqlashda qo’l keladi, xattoki, bu tendentsiyalar ijobiy yoki salbiy bo’lsa ham. Prezidentning yillik Federal byudjetidagi Analitik Istiqbollar bo’limi hujjati ijtimoiy indikatorlarni o’z ichiga oladi. Bu bo’lim bizga ijtimoiy indikatorlar maxsus federal dastur ijrosi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanmasligini aytadi. “ Ular hukumat siyosatining natijalarini baholamaydi, lekin hukumat targ’ib etish niyatida bo’lgan yakuniy natijalarning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi haqida miqdoriy o’lchovni aytib beradi.
Ko’pg ijtimoiy indikatorlar davlat va mahaliy darajada ham birdek ishlatiladi. Seattl hududida 1993-yilda bir ko’ngilli tarmoq rivojlandi, 40 taga yaqin bunday indikatorlar shu hududning madaniy, iqtisodiy, atrof-muhit va ijtimoiy holatining barqarorligini saqlab qolyaptimi yoki yo’qmi aniqlashgan. 1990-yilda jamoa shuni aniqladiki, bu hududda suvsizlik, energiya iste’moli va bolalarning qashshoqlikda yashashi barqarorligi kamaymoqda. 2000-yilda Seatl shahri barqarorlikka kurashayotgan paytda, ta’lim - tarbiya rivojlanib borayotgan edi.
Original Seatl o’lchovlarining va boshqa ijtimoiy indikatorlarning bir kamchiligi shundaki, ularning hech biri berilgan hukumat xizmatlari bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanmagan edi, buning ma’nosi shuki, yillik byudjetni yaratishda foydasi kamroqdir. Bolalarning qashshoqlikda yashashiga bir necha omillar ta’sir qiladi va hukumatning dasturi bu muammoning echimini yolg’iz o’zi topa olmaydi. 35 Shu paytning o’zida, jamiyat ijtimoiy indikatorlari esa jamiyatning har bir qatlamiga qanday yordam kerakligini aniqlashi mumkin. Sietl kuyi darajada bu muammoni echish uchun bir necha yil o’zining ijtimoiy indikatorlar dasturini qarab chiqdi. Bu barqarorlik dasturining 4-pog’onasida, dastur yangi bir tashkilotga o’tdi ya’ni, www.B-Sustainable.org Agregatning eng quyi pog’onasida asosiy ijtimoiy indikatorlar yuqoridagi holatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega»1.
«Davlat moliyasi va uning tuzilmaviy bo’limlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishini jahon hamjamiyati sub’ektlari tajribasida ham bilish mumkin. Davlat moliyasining tarkibiy qismi har bir davlatda o’ziga xos bo’ladi. Bunga ta’sir etgan bosh omil har bir davlatning olib borayotgan moliyaviy siyosati strategiyasi va taktikasidir. Odatda, moliyaviy strategiya va taktikani qabul qilishda, o’sha davlatning geografik joylashuvi, milliy mentaliteti, turli xil xalqaro guruh va uyushmalarga a’zoligiga bog’liq bo’ladi. Maqsadli xarajatlar bo’yicha davlat moliyasi asosan umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun sarflanadi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi xarajatlar ham markaziy o’rinda turadi»1. Ma’lumotlarga tayanib, aytadigan bo’lsak, dunyo mamlakatlarida davlat byudjeti daromad qismining 80-95 foizi asosan soliqlar xisobidan shakllanishi namoyon bo’lmoqda. Yaponiyada davlat byudjetining 80 foizi soliqlardan shakllantirilsa, qolgan qismi soliqsiz daromadlar (davlat obligatsiyalari, g’aznachilik majburiyatlari, davlat mulkini xususiylashtirish, davlat aktsionerlik jamiyatlaridagi dividendlar) hisobiga shakllanadi

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish