8.1-rasm. Xarajatlar tasnifining guruhlanishi
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
hududiy tasnif;
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi;
xarajatlarning iqtisodiy tasnifi;
xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (xarajatlar guruhi bo’yicha);
tashkiliy tasnif;
Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
Mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi
|
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi
|
Tashkiliy tasnif
|
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi
|
Hududiy tasnif
|
x
|
xxx
|
x
|
x
|
x
|
xxx
|
xxx
|
xxx
|
xx
|
xx
|
xxx
|
xx
|
xxx
|
DMBAT to’liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi hisobotni (davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni qo’shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo’llaniladi.
Mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi (1–6 kodlar) amalga oshirilayotgan xarajatlarning qaysi mablag’lar manbasi va budjetlar darajasiga (tegishli budjet darajasiga, davlat maqsadli jamg’armasi turiga va sh.k.) mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi (7–13 kodlar) barcha budjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o’zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga budjet va budjetdan tashqari mablag’larni yo’naltirilishini aks ettiradi.
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi ikki darajadan iborat:
Vazifa jihatdan tasnifning birinchi darajasi (bo’limlar) davlatning asosiy vazifasini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yo’nalishini aks ettiradi. Kichik bo’limlar vazifa jihatdan tasnifning ikkinchi darajasi hisoblanib, davlat vazifalarining bajarilishida budjet mablag’larining bo’limlar doirasidagi yo’nalishini aniqlashtiradi.
Vazifa jihatdan tasnifning kichik bo’limlarining tuzilishi davlatning asosiy vazifalarini aniqlashtirish tamoyiliga asosan qurilgan.
Vazifa jihatdan tasnifning kodi 7 ta raqamdan iborat bo’lib, shundan 4 ta raqam – bo’lim, 3 ta raqam esa – kichik bo’limdir.
Vazifa jihatdan tasnifning bo’limlari va kichik bo’limlari yagona bo’lib, budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat budjetini tuzishda, tasdiqlashda va ijro qilishda foydalaniladi.
Iqtisodiy xarajatlar tasnifi O’zbekiston Respublikasi barcha darajadagi budjetlari xarajatlarini xo’jalik belgilariga, ishlab chiqarish elementlariga ko’ra farqlashni nazarda tutadi, davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib budjet xarajatlari yo’nalishlarini belgilab beradi. Davlat budjetining iqtisodiy xarajatlar tasnifining tuzilmasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |