Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet42/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

1910-yillarda byudjetlashda dastur natijalariga hissa qo’shgan yana bir qancha vakillarni aytib o’tishimiz mumkin. Ularga Frederik A. Kleveland7 va Villiam F. Villogbilarni8 misol qilishimiz mumkin. 1920- 1930-yillarda byudjetlashda dastur natijalaridan foydalanish tarafdorlari bir muncha ko’paydi ular Lent D. Upson,9 A.E. Bak, 10 Vilay Kilpatrik 11 va 1937-yilda Ma’muriy Boshqaruv12 Komiteti Prezidenti A.E. Buk fikricha, klassik ijtimoiy byudjetlashtirishda (1929) kuchli dastur axboroti yo’nalishi yo’qligini tan olish kerak, lekin A.E Buk hukumat faoliyati ishlarini baholashga katta urg’u berdi»1.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi. «Davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi. O’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit o’tkazish hamda baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi»2.. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha moliyaviy muammolar byudjet tizimining butunlay yangi huquqiy va qonunchilik asoslarini yangilash, iqtisodiyotning sifat jihatidan yangi holatga o’tishi va modernizatsiyalash bu jarayonni tezlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mana shu jarayonlarda byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar, yig’imlar va boshqa daromadlarning hisob-kitobini to’g’ri yuritish, xarajatlarni amalga oshirayotganda ularni maqsadli va manzilliligini to’liq va aniq ko’rsatish zarur bo’lib, bunda bizga byudjet tasnifi ko’mak beradi. Davlat byudjeti ijrosi byudjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, g’aznachilikda belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar bo’yicha rejalar hamda respublikada ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy-iktisodiy dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattiq nazorat qilinadi. G’aznachilik tasnif asosida davlat byudjetini ijro kilish jarayonida soliqlar,bojlar va boshqa byudjetga tushadigan tushumlarni yig’adi, byudjet kreditlarini ochadi, tasdiqlangan byudjet rejasiga muvofiq, tasnif asosida byudjet tashkilotlariga mablag’larini taqdim qiladi. Davlat byudjeti g’azna ijrosining asosiy printsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Byudjetning g’azna ijrosi shunday jarayonki, moliya yili mobaynida to’liq va o’z vaqtida, byudjet daromadlari tasnifiga muvofiq, har bir manba bo’yicha byudjet daromadlari bajarilishi boshqariladi. Byudjet tashkilotlarning tasdiqlangan byudjet xarajatlari smetasi chegarasida, davlat byudjeti xarajatlarining tasnifiga muvofiq, xarajatlarni to’lashni ta’minlaydi.
Tasnif yoki turkumlash deganda u yoki bu iqtisodiy hodisa, jarayon va munosabatlarning tarkibiy tuzilishi, belgilanishi va iqtisodiy mazmunini to’liq va batafsil o’rganish, aniqlash, rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida turli sinflarga ajratish tushuniladi. Byudjet tasnifi alohida olingan byudjet tizimini tarkibiy tuzilishini, uning alohida daraja va sohalar bo’yicha elementlari to’plamini tashkil etadi.
«Dastur axboroti va rejalashtirishdan foydalanish XX asrning 40-yillariga qadar oqlanib kelinishiga qaramasdan, bu masala 1940-yilda juda katta e’tiborga sazovor bo’ldi. V.O. Key oldingi byudjet uslubiga shubha ostida qaradi, chunki u byudjetlashtirishning asosiy muammolariga qarashni da’vat etdi va unga bir necha alternativ dasturlar loyiqligini solishtirgan: “X dollarni B jarayondan ko’ra qandaydir A jarayonga taqsimlash kerakligini bilishda qanday asoslar bo’lishi kerak?” deb aytadi. 13 Hukumatning ijro organi 1949- Komissiyasi (Komissiyanig birinchi Guveri nomi bilan mashhur) Federal byudjet funktsiyalar, faoliyatlar va dasturlarga asoslangan bo’lishi kerakligini maslahat berdi va bu byudjet ijrosi deb nom olgan. Byudjetlashtirish qandaydir ish yoki xizmatni bajarishdek vazifa bo’lishi kerak. 14

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish