Birinchidan, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda barqarorlikni ta’minlash, mahalliy hukumat organlarining soliqlarni yig’ish, soliq bazalarini kengaytirish, byudjetga tushumlar yuzasidan boqimandalarni kamaytirishga bo’lgan manfaatdorligini oshirish maqsadida tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning ma’lum davr mobaynida (3-5 yil ichida) o’zgarmaydigan, barqaror, yagona normativlarini o’rnatishni amaliyotga tadbiq etish lozim.
Ikkinchidan, xarajatlar bo’yicha vakolatlarning aniq chegaralanmaganligi bois ko’pchilik xarajatlarni amalga oshirish mahalliy hududlar zimmasiga tushadi, natijada ko’zlangan xarajatlarni to’liq va samarali moliyalashtirish mumkin bo’lmay qoladi, yuqoridan mahalliy byudjetlarning shakllanishi va ijro etilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatilgani bilan mahalliy ijroiya organlarning mas’uliyati va javobgarligi pasayadi.
Uchinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda yagona uslubiyot bo’yicha byudjet transfertlarini qo’llash, mahalliy byudjetlarni gorizontal va vertikal muvofiqlashtirish, quyi byudjetlar uchun yuqori byudjetlardan moliyaviy resurslarni undirib olish amaliyotidan voz kechish, bundagi sub’ektiv omillarni bartaraf etish.
Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlarni yaxshilash, byudjetga tushumlarning barqarorligini ta’minlash, mahalliy byudjetlar daromadlarini va daromad bazalarini mustahkamlash, byudjetlararo transfertlar tizimini takomillashtirish borasidagi horijiy tajribani o’rganish va uning ijobiy jihatlarini O’zbekiston byudjet amaliyoti sharoitiga mos holda tadbiq etish masalalari bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Budjetlararo munosabatlarning zarurligi va mohiyati nimada?
Budjetlararo munosabatlarni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslariga nimalar kiradi?
Budjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishning zaururligi nimada?
Budjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda markaziy va mahalliy davdat hokimiyati organlari faoliyatida qanday muammolar mavjud va ularni hal etish yo’llari qanday?
Budjetlararo munosabatlar tizimida respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratmalarning ahamiyatini nimalarda izohlash mumkin?
Viloyat moliya boshqarmalarining budjetlararo munosabatlardagi vakolatlari qanday?
Quyi budjet bo’g’inlari faoliyatiga qo’yilgan cheklovlarning ahamiyati qanday?
O’zaro hisob-kitoblar tarzida respublika budjetidan mahalliy budjetlarga tushadigan mablag’larning xususiyatlarini izohlang.
Budjetlararo munosabatlar tizimiga oid boy xorijiy tajribalardan foydalanish zarurligi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |