Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi1



Download 2,36 Mb.
bet147/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

22.8-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi1
Moliya vazirligi G‘aznachiligining budjet ijrosini nazorat qilishdagi faoliyati. Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti va ijtimoiy taraqqiyotida sodir bo‘lgan va asoratlari hali-xanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‘ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o‘rinni egallamoqda. Shu bilan birga “umumiy iqtisodiy munozanatni ta’minlashga yo‘naltirilgan yahlit davlat siyosati bilan bog‘liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‘liq bo‘lmoqda”1. Bu instrumentlar ichida budjet siyosati instrumentlari, xususan, budjet ijrosi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida budjet ijrosini nazorat qilish mexanizmlari haqida so‘z borar ekan, avvalo, mamlakatimiz budjet qonunchiligiga tayangan holda, “Budjet ijrosi nima?” degan savolga javob berishga harakat qilamiz.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan, budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi2.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshiriladi. G‘azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
Mamlakatmizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlikning muhim begilaridan biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotgani hisoblanadi. Xususan, keyingi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo‘lsa-da, soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishi hamda davlat budjeti xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanishining ta’minlanishi natijasida budjet profitsit bilan ijro etilmoqda. Buni quyidagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
Budjet ijrosini tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z xarajat­lar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni moliya yili tugaguniga qadar sarflaydilar.
Budjet qonunchiligiga muvofiq, mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni, ichki tartibni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib, bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlari­ning qo‘shimcha vaqt davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi.
Budjet Kodeksining 117-moddasida budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi nimalarni o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan bo‘lib, budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tushumlarni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga va boshqa bank hisob­varaqlariga kiritish;

  • tushumlarni budjet tizimining budjetlari o‘rtasida taqsimlash;

  • ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni to‘lash evaziga hisobga olish;

  • hisob va hisobot.

Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
Budjet Kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish;

  • kassa xarajatlarini amalga oshirish, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazish;

  • hisob va hisobot.

Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Budjet ijrosi jarayonida budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar quyidagi holatlarda kamaytiriladi:
1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning:

  • budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganligi;

  • budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi;

  • kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi;

  • budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyati to‘xtatib turilganligi, to‘xtatib turilgan davr uchun;

2) davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning;
3) qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi;
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining;
5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, zarurat qolmagan summalariga kamaytiriladi.
Moliya, budjet, soliq intizomiga rioya qilishda va budjet mablag‘larining maqsadga muvofiq ishlatilishida ko‘psonli salbiy holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda budjet ijrosi ustidan davlat nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko‘rsatmoqda. Iqtiso­diyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo‘qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo‘lmasin.
Respublikamizda davlat moliyasini isloh qilish davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dastur davlat moliyaviy resurslarini oqilona boshqarish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining samarali ishlatilishini nazorat qilish, budjet ijrosining shaffof­ligi­ni ta’minlash, mablag‘larning aniq manbalar bo‘yicha shakllanishi va aniq maqsadlar bo‘yicha ishlatilishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyaviy ta’minlash va davlat mablag‘­laridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish ishida g‘aznachilik tizimi juda muhim o‘rin egallaydi. G‘aznachilik davlat mablag‘larini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Chunki G‘aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi.
G‘aznachilik o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablag‘larini boshqarishda, davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G‘aznachilikka ko‘maklashishlari shart.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot G‘aznachilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi G‘aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsim­lovchi organlar tomonidan davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarning yagona rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g‘azna ijro­sining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarining yagona rejasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiq­lanadi.
G‘aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yagona g‘azna hisobraqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi.
Shuningdek, budjet ijrosining so‘nggi nazoratini Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar. NTB tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ishlari belgilangan reja asosida mustaqil ravishda, yoki xuquq tartibot organlarining topshiriqlariga asosan olib boriladi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish