Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasi



Download 2,36 Mb.
bet22/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Byudjet siyosati, uning turlari, maqsad va vazifalari. Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasi



Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo’lib, davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo’nalishlari va chora-tadbirlari yig’indisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat o’zaro bog’liq elementlardan iborat bo’ladi:
birinchidan, rivojlanishning u yoki bu bosqichida jamiyat hayotini yaxshilash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va belgilab olinadi;
ikkinchidan, istiqboldagi va yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
u
Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta’minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig’indisidir.


chinchidan,
belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar, ijrochi organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar tanlanadi va joy-joyiga qo’yiladi.


Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Byudjet siyosati:

  • byudjet daromadlari bo’yicha siyosat;

  • byudjet xarajatlari bo’yicha siyosat;

  • davlat krediti siyosati;

  • byudjet taqchilligini boshqarish siyosati;

  • byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish siyosati kabilarning uyg’unligi asosida amalga oshiriladi.

Demak, byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish, taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlari va asosiy yo’nalishlari yig’indisidir.
B
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi
jamiyatda yaratilgan boylik va ne’matlarning jamiyat a’zolari o’rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat.


yudjet siyosatining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni ta’kidlash muhim:


  • davlat byudjetining barqaror daromad bazalarini mustahkamlash;

  • iqtisodiyot ustivor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirish;

  • fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta’sir ko’rsatish;

  • mamlakatda kambag’allik va ijtimoiy tengsizlikka barham berish;

  • rivojlanish istiqboli yuqori bo’lmagan hududlarning rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish;

  • bu hududlardagi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va shu yo’llar bilan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikning oldini olish;

  • davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning sifatli va aholi ijtimoiy muhofazasining manzilli bo’lishini ta’minlash;

  • byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlovchi maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini ta’minlash va sh.k.

Byudjet siyosati o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas. Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilayotganligini, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to’g’ri belgilash, holis baholash lozim.
Byudjet siyosatining mazmuni ko’pqirrali bo’lib, qo’yidagilarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi:
1. Byudjet munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu kontsepsiyalar quyidagilarni o’rganish asosida ishlab chiqiladi:

  • iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish;

  • milliy xo’jalik holatini har tomonlama tahlil qilish;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish;

  • aholining talab va ehtiyojlarini o’rganish.

2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan maqsadlarga erishish yo’llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
3. Qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining dastak va vositalarini ishlab chiqish.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq davrni mo’ljallab, istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik olijanob, jozibali bo’lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta’sirchan dastak va vositalari bilan ta’minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko’zlangan maqsadlar amalga oshirilmay qoladi.
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va ko’zlangan davrning uzoqligiga ko’ra byudjet siyosati:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish