Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Tugatilayotgan soliq to‘lovchilarda soliq auditini o‘tkazish xususiyatlari



Download 155,38 Kb.
bet55/82
Sana04.07.2022
Hajmi155,38 Kb.
#738852
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
amaliyot 2 bosqich (2) (Автосохраненный)

3.Tugatilayotgan soliq to‘lovchilarda soliq auditini o‘tkazish xususiyatlari
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom qoidalari qo‘llanilmaydigan korxona va tashkilotlar tugatilishida soliq auditi ularni tegishliligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasi yoki ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Soliq organida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasida soliq auditi uning soliq organida hisobga qo‘yilishiga asos bo‘lgan arizada yoki unga ilova qilingan shartnomada (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatilgan muddat tugaganda o‘tkaziladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarida soliq auditi o‘tkazilmaydi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan soliq to‘lovchida soliq auditi oxirgi soliq auditidan keyingi soliq davrini, lekin soliq auditi o‘tkazilayotgan yildan oldingi uch yildan oshmagan davrni qamrab olishi mumkin.

Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi:


soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo‘lgan;
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan hollarda;
ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda (soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno);
soliq to‘lovchilarning jinoiy ishlar bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati taftish qilinishi doirasida;
faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, qat’iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘laydiganlardan tashqari.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Soliq auditini o‘tkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida soliq auditini o‘tkazish dasturi tayyorlangandan keyin chiqariladi.
Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan uni o‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.
Jinoyat ishi yuzasidan buyruq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi soliq organiga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida chiqariladi.
Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan soliq organi xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida soliq auditini amalga oshirishga kirishiladi.
Doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida soliq auditi ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati tugagan kundan boshlab uch ish kuni ichida boshlanishi lozim.
Soliq auditi soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq auditida ishtirok etish uchun Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin.
Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
soliq auditi o‘tkazish uchun asoslar.
soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
soliq auditining maqsadi (tekshiriladigan bitta yoki bir nechta soliq turlari);
soliq auditini o‘tkazish muddati;
soliq auditi o‘tkazish davri;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami.
Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘tkazilgan soliq auditi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.
Soliq auditida ikki va undan ortiq tekshiruvchilar qatnashganda tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirish maqsadida buyruqda birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi guruh rahbari hisoblanadi.
Soliq auditini o‘tkazish jarayonida soliq auditida qatnashish uchun qo‘shimcha ravishda tekshiruvchi xodimlar jalb etilishi, tekshiruvchilar almashtirilishi, shuningdek, tekshiruvchini buyruqdan chiqarish zarurati tug‘ilganda oldingi buyruqning ro‘yxatga olish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.
Soliq organi soliq auditi boshlanishidan oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi, bundan soliqdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lgan, ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini o‘z tashabbusi bilan to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jinoyat ishi doirasida taftish o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar mustasno.
Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim bo‘lgan masalalarning ro‘yxati, zarur hujjatlarning dastlabki ro‘yxati, shuningdek, soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Soliq to‘lovchi soliq auditi boshlangunga qadar xabarnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yishga majburdir.
Soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
Soliq auditi faqat Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunini tashkil qiladi, bundan ushbu Nizomning 134-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
134 band: Quyidagi hollarda soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oydan olti oygacha uzaytirilishi mumkin:
soliq auditi jarayonida tekshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hajmining ko‘pligi sababli soliq auditini o‘tkazish uchun buyruqda ko‘rsatilgan muddatning yetarli emasligi;
yaroqsiz holga kelgan hujjatlarning hamda soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq elektron axborotni saqlovchi jismlar qayta tiklanishi;
mutaxassis fikri olinishi;
ekspert jalb qilinishi;
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq auditi o‘tkazilishini quyidagi hollarda ham uzaytirishga haqli:
talab qilingan hujjatlar (axborot) besh ish kuni ichida taqdim qilinmasligi (uzaytirish hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta yo‘l qo‘yiladi);
chet el davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olinishi;
ekspertizalar o‘tkazish;
chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
Soliq auditini o‘tkazishning umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
Soliq auditining muddatini uzaytirish soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsning iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda iltimosnoma soliq auditining muddati tugashidan besh ish kun oldin berilishi kerak.
Soliq auditining muddati uzaytirilganda oldingi buyruqning ro‘yxatga olish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq chiqariladi.
Soliq auditini o‘tkazish muddati soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi.
Soliq auditini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga buyruqning ikkinchi nusxasiga uni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan soliq to‘lovchining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqida bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlarini rad etganlik soliq to‘lovchi tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Agar soliq to‘lovchi ma’lum qilgan manzilida joylashmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra buyruqni taqdim qilishning imkoni bo‘lmaganda, buyruq elektron hujjat shaklida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, buyruq nusxasi buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi.
Soliq auditi natijalari soliq organlari tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch ish kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Soliq auditini soliq to‘lovchining hududida o‘tkazishning imkoni bo‘lmaganida, soliq auditi soliq organi joylashgan joyda o‘tkaziladi. Bunda soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga taqdim etiladi.

Download 155,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish