Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mab- lag‘ larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchi- lar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dota tsiyalari, subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi dara- jalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqa- li amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qay- tariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va bud- jet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklar- ga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |