Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos- qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daromadlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum- jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi.