Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsa-da, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromadlarini tashkil qila digan majburiy pullik to‘lovni bildirsa-da, bir qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyektiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakl lantirishiga) ko‘ra guruhlanadi. Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadla- rining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli fondlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat budjetining soliqsiz aromadlariga: davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tu10shadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan 1 . Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda, o‘tgan yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yago na bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan – davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;– davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulk- ni ijara ga berishdan, shu jumladanб qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan daromadlar; – vaqtinchalik bo‘sh turgan budjet mablag‘larini bank va kredit tashkilotlariga joylashtirishdan olingan daromadlar; – xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar; – davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar. 2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan: – davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiy- lashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar; – kvartiralarni sotishdan tushumlar; – davlatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini,
Do'stlaringiz bilan baham: |