DAVLAT BUDJETI Byudjet taqchilligi, uning mohiyati, vujudga kelishi va turlari.
MM - 61 GURUH TALABASI : TOHIROV BEHRUZ
ILMIY RAHBAR: dot. v. b. SULTONOV SH.
Toshkent – 2021
MUNDARIJA REJA: KIRISH 1. Byudjet taqchilligining mazmuni va mohiyati. 2. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi. 3. Byudjet taqchilligi, davlat qarzini boshqarish amaliyoti tahlili va uni takomillashtirish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Ilovalar Amaliyotda byudjet daromadlairi va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko`p bo`lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet, deyiladi. Aksincha, ba'zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo`ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo'lishiga byudjet defitsiti, deyiladi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining o'zaro to‘g‘ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to‘xtamga kelinmagan. Munozaralarda ishtirok etuvchilami eng umumiy ko'rinishda ikki guruhga ajratish mumkin ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi: • keynschilar maktabi vakillari; • neoklassik yo‘nalishdagi maktab vakillan. neoklassik yo‘nalishdagi maktab vakillari - byudjet defitsiti milliy iqtisodiyot uchun xavf tug‘dirmaydi. Buning sababi shundaki, byudjet defitsiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ulaming daromadlar- dan ortiqcha bo'lgan qismi ham shu byudjet defitsiti mavjud bolgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishiga (yaxshilanishiga) o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
- byudjet defitsiti boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda o‘z navbatida, byudjet mablag`larini oluvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromad-larining oshganligini anglatadi. Bu byudjet defitsitining ular sotib olish qobiliya- tining o‘sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko`lamining kengayganligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini bildirib, bularning hammasi oxir-oqibatda byudjetga kelib tushishi mumkin bo`lgan soliq tolovlari hajmining (miqdorining) kengayishiga (oshishiga) olib keladi.
- hozirgi kunda (davrda) mayjud bo'lgan byudjet defitsiti pirovardida (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo`lishini taqozo etadi;
- byudjet defitsitini qoplash (moliyalashtirish) uchun fa- vquloddagi daromadlar - pul va qarzlar emissiyasi, kredit- lar va boshqalar - jalb qilinib, bu o‘z navbatida, mamlakat- ning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyatsion jara- yonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o‘sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxir-oqibatda, milliy iqtisodiyot va davlatning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta'sirini koVsat- masdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |