Dav kad indd



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana22.11.2022
Hajmi1,15 Mb.
#870138
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
Kitob 1570 uzsmart.uz

Davlat suv kadastri. 
Davlat suv kadastri quyidagi turlardagi 
suv obyektlari va suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi.
suv obyektlari:
– Daryolar, kanallar, turli-tuman suv tizimlarini birlashtiruv-
chi kanallar yoki sug‘orishni hududiy qayta taqsimlash uchun xiz-
mat qiluvchi kanallar, ko‘llar va suv obyektlari, muzliklar, yer os-
ti suvlari.
suv xo‘jaligi obyektlari:
– gidrouzellar va suv omborlari, suv obyektlaridan suv
olish qurilmalari (qo‘llanmalar, nasos qurilmalari, foydalaniladi-


113
gan hududlar) suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi 
kanallar, ishlatilgan suvlarni tashlaydigan qurilmalar, ishlatilgan 
suvlarni tozalash uchun qurilmalar.
suv obyektlarining hamda suv va undan foydalanishni o‘rganish 
bo‘yicha majburiyatlarining taqsimlanishiga qarab davlat suv ka-
dastri quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
1. yer usti suvlari.
2. yer osti suvlari.
3. suvdan foydalanish.
suv obyektlarining miqdori va holatini hisobga olish obyekt-
larini o‘rganish darajasi va ahamiyatiga, o‘lchamlariga, holatlari-
ga qarab geodezik, kartografik va gidrogeologik uslublarda amal-
ga oshiriladi.
Davlat suv kadastrini yuritish gidrometeorologiya bosh 
boshqarmasi, geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. shunday ekan dav-
lat suv kadastrini yuritish sohasida ularning har bittasiga ma’lum 
vazifalarni bajarish yuklatilgan. Jumladan, gidrometeorologiya 
bosh boshqarmasiga bu yo‘nalishda quyidagi funksiyalar yukla-
tilgan:
a) geologiya davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirli-
gi bilan birgalikda davlat suv kadastrining umumiy tamoyillari 
va ilmiy-uslubiy asoslarini, davlat suv kadastrini yuritish tartibi-
ni davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini 
loyihalash va yaratishni ishlab chiqadi;
b) Davlat suv kadastrini yaratish va yuritish bo‘yicha barcha 
ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi va birlashtiradi;
d) geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq suv xo‘jaligi 
vazirligi bilan birgalikda davlat suv kadastrining idoralararo 
me’yoriy-texnik xo‘jaliklarini, shuningdek, davlat suv kadastri-
ning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini idoralararo loyiha 
xo‘jaliklarini ishlab chiqadi;
e) geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat suv kadastrini yuri-
tish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, davlat suv kadastrining 
chop etilgan maketlarini va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni 
ke lishadi;


114
f) geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi mutaxassislarini jalb etgan holda yer usti va yer osti suv-
lari va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumiy 
tahlilini, bog‘lash va umumlashtirishni bajaradi;
g) geologiya davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi bilan birgalikda suv kadastrining Davlat axborot byul-
letenini tayyorlaydi;
h) «yer usti suvlari» bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini ish-
lab chiqadi va yuritadi, ya’ni;
– bo‘lim bo‘yicha davlat suv kadastrini ishlab chiqish va 
tashkillashtirish (davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan 
axborotlar tizimi bilan birgalikda);
– yer usti suvlari klassifikatorini ishlab chiqish;
– axborotlarni kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;
– iste’molchilarning so‘rovlari bo‘yicha yer usti suvlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash, 
saqlash va berish;
– yer usti suv resurslari va xo‘jalik faoliyatlari natijasida ular-
ning o‘zgarishini joriy va istiqboliy baholash va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat 
qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
1. «yer osti suvlari» bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini ish-
lab chiqadi va yuritadi, shu jumladan: 
– bo‘lim bo‘yicha suv davlat kadastrini ishlab chiqish va ta-
komillashtirish (davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan 
axborotlar tizimi bilan birga);
– yer osti suvlari klassifikatorini ishlab chiqish;
– ma’lumotlarni kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;
– bo‘lim bo‘yicha davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan 
axborotlar tizimining funksional kichik tizimini loyihalash, si-
nash, qo‘llash va takomillashtirish.
2. iste’molchilarning talabi bo‘yicha yerosti suvlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va berish.
3. yer osti suv resurslari va ularni xo‘jalik faoliyati natijasida 
o‘zgarishini joriy va istiqbolli baholash.
4. «yer osti suvlari» bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrining 
nashrini chop etishga tayyorlash va chop etish.


115
Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respubli-
kasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga quyidagi funksiyalar yuk-
latilgan:
– «suvdan foydalanish» bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini 
ishlab chiqadi va yuritadi, jumladan:
– axborotlarni kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;
– bo‘lim bo‘yicha davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan 
axborotlar tizimining funksional kichik tizimini loyihalash va si-
nash, qo‘llash va takomillashtirish;
– suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. 
nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berish;
– suvdan foydalanishni joriy va istiqboliy baholash hamda suv 
xo‘jaligining hisobot balanslarini tuzish;
– suvdan foydalanish bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrining 
nashrini chop etishga tayyorlash va nashr qilish va boshqalar.
umuman yuqoridagilardan ko‘rinadiki, davlat suv kadastri 
asosan 3 ta davlat organlari tomonidan yuritiladi, lekin uning 
barcha ma’lumotlari gidrometeorologiya bosh boshqarmasida bir 
tizimga keltiriladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish