Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari
Reja:
1.Datchiklar
2.Datchiklar va ularning ishlash prinsipi
3.Ularning xarakteristikalari
Maʼlumki, hozirga kelib biror-bir sohani texnikasiz tasavvur qilish qiyin. Har qanday soha, u ishlab chiqarish boʼladimi, kundalik turmush boʼladimi yoki maishiy xizmat boʼladimi, hammasi texnika xizmatidan foydalanishga majbur. Har qanday ishlab chiqarish maʼlum texnologik jarayon asosida boradi. Bu texnologik jarayonlarni ketma-ketligi, jarayon parametrlarini qiymati tajribalar asosida yoki ilmiy izlanishlar yordamida aniqlangan yoki joriy etilgan. Texnologik jarayonlar qanday sohada boʼlishidan qatʼiy nazar, maʼlum fizik parmetrlarga ega. Misol uchun oddiy boʼyoqni tayyorlash uchun ham uni tarkibini tashkil etuvchi elementlar miqdoriy oʼlchashi, boʼyoqni tayyorlashda zarur boʼlgan harorat, reaktsiya amalga oshiriladigan boʼlsa, reaktsiyani borish vaqti, jarayon bosimi. Undagi suv miqdori, sarf boʼlayotgan energiya va boshqalar texnologik jarayon parametrlari hisoblanadi. Sanab oʼtilgan fizik parametrlarni miqdorini baholash va oʼlchash uchun fizik datchiklardan foydalanish zarur boʼladi. Hozirda mavjud barcha texnologik jarayonlarni umumlashtirilganda quyidagi parametrlarni sanab oʼtish mumkin: harorat, bosim, sath, sarf, massa, namlik, shaffovlik, sirt tekkisligi, mustaxkamlik, tok oʼtkazuvchanlik, tebranish xarakteri, mahsulot tarkibi.
Bu sanab oʼtilgan parametrlarni aniqlash uchun biror qurilma yoki tizim zarur boʼladi. Hodisa yoki voqea boʼyicha birlamchi informatsiyani olish imkoniyati boʼlgan qurilmalarni datchik (habar beruvchi) deb ataladi. Аksariyat datchiklar qattiq jismlardan yaratilgan. Bu datchiklarning tuzilishi va ulardan foydalanishni oʼrgatuvchi, bu bizning kursimizdir.
Birinchi navbatda asosiy eʼtiborni texnologik jarayonni kuzatib borish qanday amalga oshirilishini tahlil qilamiz. Har qanday texnologik jarayonni borishida yuqorida aytib oʼtilgandek, aniq texnologik yoʼriqnoma (karta)dan foydalaniladi. Jarayon kartaga mos boʼlishi uchun uning parametrlarini solishtirib borish lozim. Solishtirishni amalga oshirish uchun uni datchik yordamida oʼlchash lozim. Masalan avtomobillarni taʼmirlash jarayonida boʼyash uchun kuzovning haroratini maʼlum oraliqda ushlab turish lozim. Аgar bu oraliq ushlab turilmasa, boʼyashda yaxshi natija olinmaydi. Oddiy beton quyishda ham sement miqdori bilan shagʼal miqdori proportsiyasi ushlab turilmasa, toʼgʼri natija olinmaydi. Kimyoviy reaktsiyalar maʼlum bosim ostida amalga oshiriladi. Sanab oʼtilgan hollarda haroratni oʼlchash uchun termodatchikdan, bosimni oʼlchash uchun bosim datchigidan, miqdorni aniqlash uchun ogʼirlikni oʼlchash datchigidan foydalanish zarur boʼladi.
Аgar texnolog yoki foydalanuvchi zaruriy datchiklardan foydalanishni bilmasa maqsadga erisha olmaydi.
Hozirgi zamon elektronika mutaxassisi datchiklardan foydalanishni, datchiklarni tuzilishini bila olmasa, yetarli darajadagi mutaxassis boʼlla olmaydi. Chunki aksariyat birlamchi datchiklarni asosini elektronika elementlari tashkil etadi.
Bizni kursimiz elektronika va mikroelektronika yoʼnalishi talabalarini oxirgi semestrida oʼqitilishiga sabab, kursni oʼrganishda shu davrgacha olingan barcha texnik bilimlarga tayaniladi. Oldin oʼrganilgan deyarli barcha fanlar tayanch bilim boʼlib xizmat qiladi. Demak kursni oʼrganishda quyidagilarda erishiladi:
- texnologik jarayonlardagi fizik hodisalarni borishini tushinish;
- fizik parametrlarni oʼlchash datchiklarini tuzilishini oʼrganish;
- fizik parametrlarni oʼlchov birliklarini mukammal oʼrganish;
- texnologik jarayonlarni borishida parametrlarni taqqoslay bilishni oʼrganish;
- datchiklarni ulanishini elektron sxemalarini oʼrganish;
- ikkilamchi oʼlchov qurilmalarini ishlash printsiplarini oʼrganish;
- mustaqil holatda baʼzi datchiklarni tashkil etishni bilish.
Hozirgi zamon texnologik jarayonlarda zamonaviy elektron qurilmalardan foydalanilmoqda. Ularda jarayonlarni borishi zamonaviy datchiklar yordamida nazorat qilinib boshqarilmoqda. Bu yerda oddiy suyuqlik sathining doimiy oʼlchab nazorat qilib boruvchi radiatsion datchikdan foydalanilayotganda, shu datchiklar yordamida odamsiz uchuvchi samolyotlarni boshqarilishini solishtirish yetarlidir.
Insoniyat hozirgi zamon elektron datchiklardan foydalanilgan holatda fan va texnikada juda katta imkoniyatlarga ega boʼlmoqdalar. Bunga bir misol qilinib, meditsinada keng foydalanilayotgan ulьtratovush datchiklarini va insonning ixtiyoriy organlarini suratga olib ixtiyoriy kesimda berayotgan magnitotomografiyani eslatish yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |