1. Ma’ruzaga kirish Key Point. Dastur shartlarga asoslangan holda hisoblash operatorlari orqali qaror qilishi mumkin. Yuqoridagi ma’ruzalarda keltirilgan yuzani topish masalasi uchun tuzilgan dasturda agar radiusga manfiy qiymat kiritilsa dastur nomutanosib natija chiqaradi. Aytaylik, agar manfiy qiymat kiritilsa dasturning ishlashini xohlamaymiz. Bunday vaziyatda nima qilish mumkin?
Barcha yuqori darajali dasturlash tillaridagi kabi C++ tilida ham bir qancha alternativ variantlar ichidan tanlash va shu orqali dastur yo`nalishini boshqarish mumkin bo`lgan tanlash operatorlari mavjud. Yuzani topish masalasi uchun tuzilgan dasturda yuzaning qiymatini kiritish, hisoblash va natijani chiqarish ko`rsatmalari kiritilgan satrlar o`rniga quyidagicha satrlarni qo`yish mumkin:
if(radius < 0)
{
cout << "Noto`g`ri qiymat kiritildi!"<< endl;
}
else
{
yuza = radius * radius * PI;
cout << "Aylana yuzasi" << radius << " radius bo`yicha"<< yuza << ” ga teng” << endl;
}
Shuningdek, tanlash operatorlari shartlarni qo`llashda mantiqiy ifodalardan ham foydalanadi. Mantiqiy ifoda – true (rost) yoki false (yolg`on) qiymatlarini qabul qilish orqali hisoblash operatori. Quyida mantiqiy turlar va u bilan bog`liq operatorlar bilan tanishib chiqamiz.
2. boolma’lumot turi Key Point. boolma’lumot turi o`zgaruvchini true (rost) yoki false (yolg`on) qiymatlari bilan e’lon qiladi. Doira radiusining qiymati 0 dan katta, 0 ga teng yoki 0 dan kichik ekanligini ikki xil qiymat orqali qanday aniqlash mumkin? C++ ikki xil qiymatdan foydalanish orqali yo`nalishga erishish uchun oltita taqqoslash operatorlarini taqdim etadi (4.1-jadvaj).
4.1-jadvaj. Taqqoslash operatorlari.
Ogohlantirish:Taqqoslash jarayonida ikki tomonning tengligini tekshirish uchun ikkita tenglik belgisi (==)dan foydalanish zarur. Bitta tenglik belgisi (=) ta’minlash operatori hisoblanadi.