Installyatsiya bo‘yicha ma’lumotnoma dasturiy ta’minotni apparat vositalarida to‘g‘ri Installash uchun xizmat qiladi. Yaxshi sifatli dasturiy ta’minot bugun bevosita foydalanuvchining o‘zi tomonidan installyangan bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha buning uchun (qisman) avtomatik installyatsiya (installyatsiya ustasi) foydalaniladi, u apparat vositalari joylashuvini mustaqil tarzda aniqlab oladi va foydalanuvchini ekspluatatsiyaga kiritish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni interaktiv to‘ldirishga taklif qiladi (installyatsiya yo‘li, qismlar). Ushbu holda foydalanuvchi uchun hujjatlar doirasidagi installyatsiya bo‘yicha ma’lumotnoma eng kamida to‘ldirilishi lozim ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan, installyatsiya paytida paydo bo‘ladigan oynalar (Screenshots)ga ega bo‘lishi kerak.
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotnomada foydalanuvchi dasturiy tizim bilan tanishadi. Barcha xizmatlar va ularning ma’lumotlar fondiga ta’siri tushuntirib beriladi. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yaxshi ma’lumotnoma foydalanuvchiga oddiy, lekin kompleks (mufassal) misolda asosiy xizmatlar hajmi va dastur xizmati paytidagi tegishli harakat usulini tushuntirib beruvchi sistemaga kirishdan iborat.
Boshqarish bo‘yicha ma’lumotnomada dasturiy ta’minot tizimini bitta kompyutorda yoki tarmoqda boshqarish uchun xizmat qiladi. Unga tizimni boshlah yoki tugallash foydalanuvchilarni boshqarish va huquqlarni berish, shuningdek tegishli qarorlar bilan birga, tizimning to‘xtab qolish signalizatsiyasi kabi jarayonlar tegishli.
7.3 Dasturiy hujjatlar
Dasturiy – shuningdek tizim hujjatlari deb ataluvchi hujjatlar – dasturiy ta’minot tuzilishini va uningtuzilmasining tavsiflab beradi. U xatolarni qidirishda yordamlashadi va tizimni o‘zgartirish va kengaytirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qiladi. Dastur yoki tizim hujjatlari shunchalik to‘la va shunday qurulishi kerak-ki, aloqasi yo‘q, dasturni o‘zi dasturlamagan kishi ham uni tushuna va qayta tiklay olishi mumkin bo‘lsin.
Dasturiy hujjatlar dasturni ishlab chiqarishning eng boshlang‘ich bosqichida boshlangan bo‘lishi va doim dolzarb ahvolda tutilishi kerak. Quyidagi tarkib muhim hisoblanadi:
Masalaning qo‘yilishini tavsiflash (tizim tasnifi)
Amalga oshirish tavsifi
Foydalanuvchi ma’lumotlari tavsifi
Testli bayonlashtirish
Barcha dasturlar listingi
Dasturiy hujjatlaring muhim tarkibiy qismi, eng avvalo, tizim tasnifidir. U buyurtna haqida masala qo‘yilishidan kelib chiqadi va 2.3 bobda ko‘rsatilgan elementlardan tarkib topadi. Dasturiy hujjatlarninng bu qismi uchun hujjatlashtirishning 3.1 va 3.2 texnikalar (tuzilish diagrammari, diagrammalar, ma’lumotlar oqimining o‘tish tizmasi, ob’ekt munosabat turidagi modellar (ER - modellar) va boshqalar) foydalanishi mumkin.
Hujjatlarning har doim dolzarb holda tutilishi muhim, bu shu demakki, dastur tuzilishida yoki dasturning boshlang‘ich kodida o‘zgarishlar bo‘lganida, ular dasturiy hujjatlarda ham aks etgan bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan massiv ma’lumotlarni tavsiflashi, sinovlar natijalarini protokollash va barcha dasturlarni listinglari dasturiy hujjatning asosiy qismi deb hisoblanadi. Ular texnik xizmat ko‘rsatish va dastiriy tizimni modifikasiyalash imkonini baradi va osonlashtiradi.
Ma’lumotlar massivi ularning nomlarini, mundarijasini, yozuv tuzilishini, fayl yaratishni, shuningdek, imkon bolgan yozish va o‘qish amallarini ko‘rsatish orqali tavsiflanadi.
Boshlang‘ich dastur kodi izoh satri yordamida qancha yaxshi hujjatlashtirilgan bo‘lsa, shuncha dasturni tavsifi modul tahlili, parametr va interfeyslarni tavsifi chegaralangan bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda dastur hujjatlari qisqa, aniq va ko‘rgazmali bo‘lishi, va albatta u yaratilgan dasturiy ta’minot tizimi to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |