Agarda foydalanuvchi va dasturiy ta’minot hujjatlari mukammal tuzilgan bo‘lsa, u holda lohiha hujjatlarini tugatish umuman qiyin bo‘lmaydi.
Dasturiy hujjatlar texnik qismlarning katta bilimlariga ega bo‘lmagan va / yoki dasturning har bir qismi bilan shug‘illanishga vaqti yo‘q buyurtmachi yoki menedjer uchun mo‘ljallangan.
Shuning uchun loyiha hujjatlari umumiy tizim tahlilnomasini ko‘rsatish bilan chegeralanadi, shunday ekan, nafaqat talablar tahlilidan va foydalanuvchi hujjatlaridagi funksionallik bilan, balki dasturiy huggatlardagi umumiy tuzilma va ichki tuzilish bilan ham chegeralanadi. Tahlilnomalarda qismlardan voz kechiladi va foydalanuvchi hujjatlari yoki dasturiy hujjatlarning tegishli qismlaridan dalil keltiriladi.
Dasturiy hujjatlarda masalalar qo‘yilishi va olingan natijalarni qiyoslash, shuningdek moliyaviy xarajatlar va ishchi kuchi xarajatlarini ko‘rsatish muhimdir. Buyurtmachi va menedjer uchun bu muhim hal qiluvchi elementlardir.
Hujjatlashtirishning 3 ta asosiy turi mavjud: foydalanuvchi hujjatlari (ma’lumotnoma, onlayin-CD) dasturiy ta’minot foydalanuvchisi uchun dastur xizmatlarini tavsiflab beradi. Dasturiy (shuningdek, tizim hujjatlari deb nomlanuvchi) hujjatlar dasturiy ta’minotning ichki tuzilishini va texnik qismlarini dasturchi uchun tavsiflab beradi. Loyiha hujjatlari buyurtmachi va menejer uchun jamlovchi tahlilnomadir. Yaxshi hujjatlar shart bo‘lib, bu dasturiy ta’minot sifatining belgisidir.
7-bobga oid nazorat savollari
Hujjatning uchta bosh turi nimadan iborat va ular nimaga xizmat qiladi?
Foydalanuvchi hujjati qanday ma’lumotnomalardan iborat?
Dasturiy hujjat nimalardan tashkil topadi?
Loyiha hujjati nima?
O‘quv maqsadi
O‘quvchi dasturlashning turli tillarini, ularning tavsiflari va qo‘llanish sohalarini biladi, shuningdek bular bilan bog‘liq tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirdi.
Tarkibi
Assembler tillari;
Sharhlovchi dasturlar (Interpreter) ;
Kompilyatorlar (Compiler);
Sozlash dasturi (Debugger) ;
Mashinaga mo‘ljallangan tillar / muammoga qaratilgan tillar (misollar).
Fortran, Cobol, Assembler, Basic, Visual C – dasturlashning xilma xil turlari mavjud. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish uchun dasturchi dasturlashning ko‘pchilik tillaridan birining foydasiga masalani hal qilishi kerak. Ko‘pincha bu masala ikkita mezondan kelib chiqqan holda hal qilinadi: birinchidan qanday til vazifaning qo‘yilishi uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi, ikkinchidan, dasturchi qaysi tilni yaxshiroq biladi va qaerda uning tajribasi ko‘proq. Ko‘pincha ikkinchi mezon til tanlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, huddi ingliz tilini yaxshi bilgan odam shu tilda bajonidil gaplashgani singari oson kechadi.
Bu bobda dasturlashning eng muhim tillari tarixi va qo‘llanish sohalari ko‘rsatilgan , shuningdek ular bilan bevosita bog‘liq tushunchalar (atamalar) aniq belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |