6.5.3 Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi yordam shartnomalariga (Support-shartnomalari) nisbatan keng ko‘lamli va murakkabroq. Ushbu bobda bayon etilgan fikrlar takrorlanuvchi, takomillashtiruvchi va moslashtiruvchi xizmatlarga tegishli.
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari ishlatilayotgan dasturiy ta’minot
Xatosiz ishlashini yo‘ li bexatolikni ta’minlovchi xizmat
Texnika darajasida qolishni takomillashtiruvchi xizmat
Yangi operatsion tizimlariga yoki yangi apparat vositalariga moslashtirilgan bo‘lishini ta’minlashi kerak (moslashtirish xizmati)
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari qanchalik muhimligini quyidagi misolda tushuntirish mumkin:
O‘zbekmashinasozlik tashkiloti XYZ avtomabil ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlar tayyorlaydi. Taskiliy ma’lumotlarga elektron ishlov berishdan foydalaniladiki, uning yordamida nafaqat ishlab chiqarish, balki ishlab chiqarishning butun moddiy texnik ta’minoti (logistika) va hisob- kitoblari boshqariladi. UNIFIN dasturi yordamida mijozlar va ta’minotchilar bilan tuziladigan barcha shartnomalarga umumiy hisobchilikka va buhgalteriya hisobiga ishlov beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq islohatini o‘tkazadi va barcha soliq turlari va soliq miqdorlarini o‘zgartiradi. Ma’lum kunlardan boshlab barcha hisob-kitoblar faqat yangi soliq tizimi sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib UNIFIN dasturini yangi soliq tizimiga to‘g‘rilash kerak. Tashkilotning rasmiy talabiga AKT xizmat ta’minotchisi javob beradi: «Biz bilan texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzgan mijozlar avtomatik tarzda dasturning yangi versiyasini oladilar, shuning uchun yangi soliq tizimiga to‘g‘rilashni o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalariga ega bo‘lmagan mijozlar dasturni yangidan sotib olishlari kerak. Afsuski biz narxlarni oshirishimiz kerak. Sizdan shunga tushunib yondashishingizni so‘raymizki, biz avval o‘z mijozlarimizni texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ta’minlaymiz, qolgan mijozlar uchun hozirgi vaqtda talab yuqoriligi sababli ta’minlash muddati 6 oyni tashkil qiladi».
Bu tipik senariy. XYZ mashinasozlik tashkiloti ko‘p sohalarda foydalanilayotgan UNIFIN dasturiga bog‘liqdir. Dasturning benuqson ishlashi tashkilot uchun o‘ta muhimdir.
UZS dan CAR ga yuqorida eslatilgan to‘g`rilash oldindan rejalashtirilishi va amalga oshirilishi valyuta – moliyaviy islohotining belgilangan kundan oldinroq tugallanishi lozim bo‘lgan zarur tahrirlovchi yoki takomillashtiruvchi xizmatlariga namunadir.
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasining mavjudligi xizmatlar taklif qilayotgan AKT tashkilotga dasturning o‘z vaqtida moslashuvini amalga oshirish va uni mijozlar ixtiyoriga havola qilishi majburiyatini yuklaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasiz dasturning har bir o‘zgarishiga alohida buyurtma qilish kerakki, bu ma’lum hollarda katta va rejalashtirilmagan chiqimlarga olib kelishi mumkin. Belgilangan to‘lovni ko‘zda tutadigan texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi tufayli bu xarajatlarni rejalashtirsa bo‘ladi va ular alohida yuzaga kelmaydi.
Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasining “xizmatlar, huquq va majburiyatlar” bo‘limida quyidagilar boshqariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |