Nazorat savollari
Pythonda satrlar va ular ustida amallar.
Pythonda satr yaratish.
Pythonda maxusu belgilar.
Pythonda satrlar bilan ishlash amallari.
Pythonda satrlarni formatlash.
Pythonda format() metodi.
8-ma’ruza. Ro’yxatlar, Kortejlar, To’plamlar va Diapazonlar. Ro’yxat yaratish. Ro’yxatlar ustida amallar.
Reja
Ro’yxatlar, kortejlar, to’palamlar va diapazonlar.
Ro’yxat yaratish
Ro’yxatlar ustida amallar
Ro’yxatlar, kortejlar, to’palamlar va diapazonlar
Ro’yxatlar, kortejlar, to’palamlar va diapazonlar – bu obyektlarning tartiblangan to’plamidir. To’plamning har bir elementi faqatgini ixtiyoriy turdagi obyektga havola saqlay olishi sabab o’zida cheklanmagan darajadagi imkoniyat taqdim qiladi.
To’plamdagi element pozitsiayasi indeks orqali aniqlanadi. Elementlarni tartiblash 0 dan boshlanadi.
Ro’yxatlar va kortejlar shunchaki elementlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Barcha ketma-ketliklar singari ular elementga indeks bo’yicha murojaat qilish, qirqim olish, konkatenasiya (+ operatori), takrorlash (* operatori), tegishlilikka (in operatori) yoki tegishli emaslikka (not in operatori) tekshirish amallarini qo’llaydi.
Ro’yxatlar o’zgaruvchan tiplar toifasiga kiradi. Biz elementni nagfaqat indeks bo’yicha chop qilishimiz, balki uni o’zartira oilishimiz ham mumkinligini anglatadi:
>>> arr = [1, 2, 3] # Ro’yxat yaratamiz
>>> arr [0] # indeks bo’yicha elementni amiqlaymiz
1
>>> arr [0] = 50 # indeks bo’yicha elementni o’zgartiramiz
>>> arr
[50, 2, 3]
Kortejlar o’zgarmas tiplar toifasiga mansub. Kortej elementlarini indeks bo’yicha aniqlash (olish, chop etish) mukin, biroq o’zgartirish mumkin emas:
>>> t = (1, 2, 3) # Kortej yaratamiz
>>> t [0] # Indeks bo’yicha elementni olamiz
1
>>> t[0] = 50 # Indeks bo’yicha elementni o’zgartirish mumkin emas
Traceback (most recent call last ) :
File "
", line 1, in
t[0] = 50 # Indeks bo’yicha elementni olamiz
TypeError: 'tuple ' obj ect does not support item assignment
To’plam o’zgaruvchan kabi bo’lishi ham mumkin, o’zgarmas kabi ham mumkin. Uning asosiy farqi o’zida unikal qiymatlarni saqlashidadir (bir hil qiymatlar avtomatik yo’qotiladi). Maslan:
>>> set([0, 1, 1, 2, 3, 3, 4])
{0, 1, 2, 3, 4}
Diapazonlar o’zida boshlang’ich va ohirgi qiymatlari hamda qadam kattaligi berilgan sonlar to’plamini aks ettiradi. Ular ning oldingi obyektlar to’plamidan muhim ustunligi tezkor xotiradan kam joy egallaydi. Masalan:
>>> r = range (0, 101, 10)
>>> for i in r: print (i, end = " ")
0 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100
Yuqoridagi turlarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |