LOYIHALASH ORQALI TIZIMDA YARATILGAN IMKONIYATLAR VA YANGILIKLAR
2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahridagi umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi. Mazkur tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan
Yangi to‘lov tizim yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Shveysariyaning BPC Billet Group kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda g‘aznachilariga o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron to‘lov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday o‘rnatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yo‘l kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid ko‘nikmalar o‘rgatilmoqda. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga statsionar validatorlar o‘rnatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qo‘lida mobil validator bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |